1-Mavzu. Biologiyani o’qitishda o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy, aqliy, iqtisodiy, gigienik, jinsiy va jismoniy tarbiyalash masalalari
Download 169.39 Kb. Pdf ko'rish
|
2 amaliy met
Ma’naviy-ahloqiy tarbiya. Insonning ma’naviyati uning ongida aks etgan
barcha ijobiy ruhiy, intellektual fazilatlar, axloq esa umuminsoniy va millatning milliy qadriyatlari asosida jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq-atvor meyorlari o’quv qo’llanmasi sanaladi. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda ma’naviy-axloqiy yetuklik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’limni isloh qilish yо‘nalishlaridan biri “milliy mustaqillik prinsiplari va halqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bо‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish” deb belgilangan. Ushbu vazifalarni biologiyani о‘qitish jarayonida hal etish uchun о‘qituvchi darsda umumiy osoyishtalik, shaxsning rivojlanishi uchun qulay psixologik muhit, о‘quvchilarda ongli intizomni vujudga keltirishi, tahsil olishdagi burch va ma’suliyatni tarkib toptirishi lozim. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri tabiatni о‘rganish jarayonida о‘quvchilarda tabiat, mehnat, insonlarga nisbatan e’tiborli munosabatda bо‘lish, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish, topshirilgan vazifalarni tо‘la- tо‘kis, sifatli bajarish, rasmiylashtirish, ongli intizom, burch va ma’suliyatni tarkib toptirish, insonning qadr-qimmatini hurmat qilishga о‘rgatish sanaladi. О‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda о‘quv faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash, ijobiy hatti-harakatlarni qо‘llab-quvvatlash, salbiy holatlarni muhokama qilish, о‘qituvchining shaxsiy namunasi va ijobiy hatti-harakatlarni kо‘rgazmali kо‘rsatish muhim rol о‘ynaydi. О‘quvchilarning organik olam va uning obektlarini о‘rganishda, о‘simliklar, hayvonlarning rivojlanishi, ularning xilma-xilligi, hayotini saqlab qolish va kо‘paytirish uchun qayg‘urishi, g‘amxо‘rlik qilishi, yordam berishi haqidagi ilmiy bilimlar, muayyan kо‘nikma va malakalarni tarkib toptirishga e’tiborini qaratishi zarur. Tabiat, inson va jamiyat о‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishda, Yerda hayotni saqlab qolishda biologik bilimlardan foydalanishning ahamiyati, insonning tabiatga nisbatan insonparvarlashtirilgan munosabatining roli kо‘rsatib о‘tiladi. Download 169.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling