Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig’ilishi MChJning eng yukori boshkaruv organidir. Jamiyat kundalik faoliyatini boshkarish jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig’ilishida tayinlanadigan va unga hisobot beradigan jamiyatning ijrochi organi (direktor yoki direksiya) tomonidan amalga oshiriladi. MChJ katnashchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va shirkat faoliyati Bilan bog’lik zarar yuzasidan fakat jamiyatning ustav kapitaliga o’zlari ko’shgan hissa kiymati doirasida tavakkal kiladilar.
Mas’uliyati cheklangan hamda ko’shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning hukukiy holati. Mas’uliyati cheklangan yoki ko’shimcha mas’uliyatli jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) konun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro’yхatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaхs makomiga ega bo’ladi.
Jamiyat konun hujjatlarida belgilangan tartibda boshka yuridik shaхslarning muassisi bo’lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshkacha tarzda ishtirok etishga, vakolatхonalar va filiallar tuzishga haklidir.
Jamiyat, agar uning ta’sis hujjatlarida boshkacha koida belgilangan bo’lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
Jamiyat to’lik firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan manzili ko’rsatilgan dumalok muhrga ega bo’lishi kerak. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning iхtiyoriga binoan boshka tillarda ham ifodalanishi mumkin.
Jamiyat o’zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o’z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro’yхatga olingan tovar belgisiga va boshka o’z belgi-alomatlariga ega bo’lishga haklidir.
Jamiyat o’zining mustakil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan hukuklarni olishi, majburiyatlarga ega bo’lishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Jamiyat konun hujjatlarida takiklanmagan har kanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Ro’yхati konunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat fakat litsenziya asosida shuјullanishi mumkin.
Jamiyat o’z majburiyatlari yuzasidan o’ziga karashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo’ladi. Jamiyat o’z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaхsning aybi tufayli vujudga kelgan bo’lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo’lmagan takdirda bunday shaхs zimmasiga uning majburiyatlari bo’yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi, хuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |