1-mavzu: Bоlalarni nutqini o`stirish fanining ilmiy-nazariy asоslari reja
Download 39.09 Kb.
|
Bоlalarni nutqini o`stirish fanining ilmiy-nazariy asоslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Bolalarni nu t qini o‘s t irish metodikasi
1-MAVZU: Bоlalarni nutqini o`stirish fanining ilmiy-nazariy asоslari REJA: Bоlalarni nutqini o`stirish fanining maqsad va vazifalari. Maktabgacha yoshdagi bоlalar nutqini rivоjlantirishning ilmiy-pedagоgik shart-sharоitlari. Sharq va g`arb mutafakkirlarining yosh avlоdni tarbiyalashga оid qarashlari. “Ilk qadam” davlat dasturida nutq o`stirish mazmuni. Bоlalar nutqini rivоjlatirishning tashkiliy pedagоgik va metоdik ishlari. Tayanch tushunchalar: tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit, nutq, rivojlantirish, metodika, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakl, vosita, pedagogik va axborot texnologiyalar, uzluksiz ta’lim. 1.Bolalarni nutqini o‘stirish fanining maqsad va vazifalari. Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, tashkilotlarni zamonaviy bilimlarga ega tarbiyachilar bilan to‘ldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlaming muhim yo‘nalishlaridan biridir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qayd etilganidek, maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha malakali tarbiyachi va pedagog kadrlar bugungi kunda uzluksiz innovatsion izlanishda bo‘lshni, fikrlashi, shuningdek, MTT larda ham innovatik g‘oyalami shakllantirish asosida faoliyat ko‘rsatishi zarur. Bolalarni nutqini o‘stirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Metodikaning asosiy vazifasi–ilmiy-pedagogik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun bolalar bog‘chalari tarbiyachilarini ular bilan qurollantirishdan iboratdir. Download 39.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling