1-mavzu: boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’rgatish metodikasi reja: Geometrik materiallarni o‘qitishning mohiyati


Download 1.28 Mb.
bet25/31
Sana19.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1626170
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
mo\'m umk

Nazorat savollari:
1.O‘nlikdan o‘tib qo‘shish va ayirishga oid masalalarga qanday masalalar kiradi?
2.Yuzlikdan o‘tib qo‘shish va ayirishga oid masalalarga qanday masalalar kiradi?
3.Muammoli masalalar turi va yechishga o‘rgatish metodini ayting.
4.Masalalarni tenglama va jadval tuzib yechishni tushuntiring.
MA’RUZA-8
MAVZU:MIQDORLAR O’RTASIDAGI MUNOSABATLARGA OID MASALALARNI YECHISHGA O’RGATISH METODIKASI
Reja:
1.Bir o‘zgaruvchili tenglamalar bilan yechiladigan murakab masalalarni yechishga o‘rgatish.
2. Daromad va buromadga doir iqtisodiy sodda masalalar. Masalalarni tenglama va jadval tuzib yechish.
Tayanch iboralar: daromad, buromad, iqtisodiy masalalar.


1.Bir o‘zgaruvchili tenglamalar bilan yechiladigan murakkab masalalarni yechishga o‘rgatish.
Matematika dasturida bolalarni ba’zi xil masalalarni tenglamalar tuzish bilan yechishga o‘rgatishni nazarda tutadi. Bolalar masalalarni algebraik yo‘l bilan yechishni o‘rganib olishlari uchun ular masaladagi berilgan va o‘zlanayotgan miqdorlarni ajratib olish; undan o‘zaro teng bo‘lgan ikkita asosiy miqdorni ajrata olish yoki undan bitta miqdorning o‘zaro teng ikkita qiymatini ajrata olish va bu qiymatlarni har xil ifodalar bilan yoza olish malakalariga ega bo‘lishlari kerak.
Masalan, bunday masala taklif qilinadi:
Vazada 11 ta olma bor edi. Тushlikda bir nechta olma eyildi. Shundan keyin 7 ta olma qoldi. Nechta olma yeyilgan?”.
Bor edi – 11 ta olma
Yeyildi – ?
Qoldi – 7 ta olma.
Masalani algebraik usul bilan yechishda o‘quvchining taxminiy mulohazalari: “Тushlikda eyilgan olmalar sonini x harfi bilan belgilayman. 12 ta olma bor edi, x ta olma eyildi, 7 ta olma qoldi, tenglamani yozaman: 11 - x = 7”.
Ko‘paytirish va bo‘lish amallarining noma’lum komponentlarini topishga doir masalalar asosan abstrakt shaklda beriladi. Masalan: “o‘ylangan sonni 3 ga ko‘paytirib, 18 hosil qilishadi. Qanday son o‘ylangan?” Uchinchi sinfda noma’lum komponentlarni topishga doir sodda masalalarni yechish malakasi mustahkamlanadi. Bunda o‘quvchilar ayirma yoki nisbat tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan sodda masalalar yechishning algebraik usuli bilan birinchi marta tanishadilar.
Murakkab masalalarni algebraik usul bilan yechish asosan uchunchi sinfdan boshlab kiritiladi. Uchinchi sinfda tenglamalar tuzish yo‘li bilan masalalarning bir necha xili yechiladi. o‘quvchilar quyidagi masalalarnitenglamalar tuzib yechishni o‘rganadilar.
1.”Agar o‘ylangan sonni 3 marta va 15 marta orttirilsa, 75 hosil bo‘ladi. Qanday son o‘ylangan?”
2.”Bola 3 ta qalam va 28 so‘m turadigan kitobga 40 so‘m to‘ladi. 1 ta qalam necha so‘m turadi?” va hokazo.
Sodda tenglamalarni yechish
Amal hadlaridan biri o‘zgaruvchi bo‘lgan x + 17 = 27; 20 + x = 29; x – 16 = 10 va 25 – x = 19 kabi tengliklar tenglama deyiladi. Тenglamani yechish uchun noma’lum hadning son qiymatini topish kerak. Buning uchun qo‘shish va ayirishni tekshirish qoidasidan foydalaniladi.
Masalalarni tenglama tuzib yeching.
a) Karim o‘zidagi quyonlarning 25 tasini sotgandan keyin o‘zida 40 ta quyon qoldi. Karimning quyonlari nechta bo‘lgan?
b) Sobirjonda 43 ta kanareyka bor edi. U bir nechta kanareykani sotgandan keyin o‘zida 20 ta kanoreyka qoldi? Nechta kanoreyka sotilgan?
d) Sobirjon yana bir nechta to‘ti sotib olgandan keyin qushlari 66 ta bo‘ldi. U nechta to‘ti sotib olgan?



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling