1-Mavzu: Boshlang’ich ta’limda xalqaro baholash tizimlari fani va uning vazifalari hamda ahamiyati Reja


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#210428
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
lZi7vd9RThRkVH7him83EmuP0R6nBj C-1

TIMSS  - ham  jahon  mamlakatlari  ta’lim  tizimida  keng  tadbiq  etilmoqda. 

TIMSS dasturi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA 

(International  Association  for  the  Evaluation  of  Educational  Achievements) 

tomonidan  tashkil  etilgan  bo‘lib,  ushbu  tadqiqot  4  va  8  sinf  o‘quvchilari 

orasida matematika va ijtimoiy  fanlar bo‘yicha  ta’limning  sifati,  darajasi,  fanga 

bo‘lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. 

Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o‘xshab, o‘quvchilar,  maktab  ma’muriyati  va 

o‘qituvchilari  orasida  qo‘shimcha  so‘rovnomalar  o‘tkazadi  va  fan  sohasida 

to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o‘sha mamlakatda ishlab 

chiqilgan  ta’lim  standartlarini  va  ta’lim  samaradorligini  boshqa  davlatlar  bilan 

solishtirib ko‘rish imkonini beradi. 2015 yil TMSS tadqiqotlari natijalariga ko‘ra 

AQSH,  Singapur,  Gonkong,  Koreya  Respublikasi,  Yaponiya,  Rossiya,  Buyuk 

Britaniya  kabi  davlatlarning  ta’lim  tizimi  eng  yuqori  ko‘rsatkichlarni  egallagan. 

Shuni  e’tirof  etish  lozimki,  ayni  shu  davlatlarda  yuqori  texnogiyalarni 

o‘zlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish maqsadida 

aniq  fanlarni  yuqori  darajada  o‘zlashtirishga  alohida  e’tibor  qaratilib,  unda 

o‘quvchilar  tug‘ma  iste’dod  va  qobiliyatlardan  ko‘ra  o‘z  ustida  doimiy  ishlash 

hamda  aniq  fanlarni  o‘qitishda  guruh  yoki  sinfdagi  o‘quvchilar  sonining  16 

nafardan  oshmasligi  belgilangan.  Bunday  tajriba  AQSHda  ham  mavjud  bo‘lib, 

1999 yildan boshlab bitta o‘qituvchi 40 minutlik dars mashg‘uloti davomida 16 ta 




bolaga  bilim  va  tarbiya  bera  olish  imkoniyatiga  ega  ekanligii  inobatga  olgan 

holda prezident qarori bilan ta’lim  muassasalaridagi guruhlarda o‘quvchilar soni 

16 nafar etib belgilangan. 

Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni 

o‘rganish,  xalqaro  standartlar  talablarining  joriy etilishi  muhim  ahamiyatga  ega. 

Bu  borada  O‘zbekiston  Respublikasida  qo‘yilayotgan  amaliy  qadamlarga  xalq 

ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil 

etilishi  to‘g‘risida  hukumat  qarorining  qabul  qilinishi  Ta’lim  sohasidagi 

yutuqlarni  baholash  xalqaro  assotsiatsiyasidek  (IEA)  nufuzli  tashkilot  bilan 

hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin.  

Qariyb 60 yildan ko‘proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy 

o‘rganish  sohasida  yetakchi  tashkilot  bo‘lib  kelmoqda.  Mazkur  tashkilot  ta’lim 

tizimida  davlat siyosati  va amaliyotning ta’sirini chuqurroq o‘rganish  maqsadida 

ta’lim  sohasida  keng  miqyosli  tadqiqotlar  olib  boradi.  Bu  tadqiqotlar  ta’lim 

jarayonlari  va  natijalarini  ko‘rib  chiqib,  ta’lim  sifatiga  ta’sir  etuvchi  o‘zaro 

bog‘liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi.  

1958-yildan  buyon  ushbu  tashkilot  ta’lim  sohasiga  oid  ko‘plab  mavzular 

bo‘yicha o‘ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o‘tkazdi. Jumladan, matematika va 

tabiiy  fanlar  (TIMSS),  o‘qish  (PIRLS),  fuqarolik  va  fuqarolik  ta’limi  (ICCS), 

kompyuter  va  axborot  texnologiyalari  bo‘yicha  savodxonlik  (ICILS)  kabi 

yo‘nalishlarda  o‘quvchilarning  bilim  va  ko‘nikmalari,  umuman  olganda  ta’lim 

olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda.  

IEA  tashkiloti  tomonidan  olib  borilayotgan  tadqiqotlarning  aksariyati 

o‘quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir nechta fanlardan yoki fanlararo 

uyg‘unlik asosida baholashni o‘z ichiga oladi, bu esa dunyo bo‘yicha umumiy va 

har  bir  mamlakat  kesimida  ta’lim  jarayonlarini  chuqur  tahlil  qilishga  yordam 

beradi.  

O‘quvchilarning  erishgan  yutuqlarini  o‘rganishda  barcha  o‘quvchilardan 

emas,  balki  ushbu  qatlamning  vakillari  sifatida  tanlab  olingan  o‘quvchilardan 

obyektiv  testlarni  o‘tkazish  orqali  baholanadi.  Shuningdek,  maktab  direktorlari, 

o‘qituvchilar,  o‘quvchilar,  hattoki  ota-onalardan  so‘rovnomalar  o‘tkazilib, 

maktabdagi  ta’lim  sifatiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omillar,  jumladan,  maktab 

resurslari,  o‘quvchilarning  ta’lim  olishga  oid  qarashlari,  o‘qitish  usullari  hamda 

uy  sharoitida  o‘quvchilarning  bilim  olishi  qanchalik  darajada  qo‘llab-

quvvatlanayotganligiga doir qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. 

Ushbu  tadqiqotlar  yuqori  texnik  va  ilmiy  talablar  asosida  o‘tkaziladi. 

Shuningdek,  o‘rganilayotgan  holatlarning  xususiyatidan  kelib  chiqib,  amaliy 

tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi samarali usullardan ham foydalaniladi.  

Mamlakatimiz  innovatsion  taraqqiyot  yo‘lida  shiddat  bilan  rivojlanib 

borayotgan  bir  davrda  kelajagimiz  davomchilari  bo‘lgan  yoshlarning  ijodiy 

g‘oyalari  va  ijodkorligini  har  tomonlama  qo‘llab-quvvatlash,  ularning  bilim, 

ko‘nikma  va  malakalarini  shakllantirish  hamda  ilg‘or  xorijiy  tajribalar,  xalqaro 

mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro 

tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli 




yo‘nalishdagi  xalqaro  va  xorijiy  tashkilotlar,  ilmiy  tadqiqot  muassasalari  bilan 

yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. 

Ushbu  dasturning  ko‘p  yillar  davomida  muvaffaqiyatli  faoliyat  olib 

borayotganiga 2021-yilda 20 yil to‘ladi.  

PIRLS  –  PIRLS  (Progress  in  International  Reading  Literacy  Study  - 

xalqaro o’qish savodxonligini o’rganishdagi  yuksalish)  –  bu turli  mamlakatlarda 

boshlang’ich  sinfda  tahsil  oluvchi  o’quvchi-yoshlarning  matnni  o’qish  va 

tushunish  darajalari  sifatini  baholab  beruvchi  xalqaro  baholash  tizimidir. 

Boshqacha  qilib  aytganda,  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  o‘qib  tushunish 

ko‘nikmalarini  qay  darajada  rivojlanganligi  haqidagi  ma’lumotlarni  xalqaro 

miqyosda  taqqoslash  imkonini  beradigan,  o‘qish  va  o‘qitishni  yaxshilash  uchun 

ta’lim  sohasidagi  davlat  siyosatiga  oid  ma’lumotlarni  taqdim  etadigan  yirik 

xalqaro  baholash  dasturidir.  Ushbu  sinov  turi  har  5  yilda  bir  marta  o’tkazishga 

mo’ljallangan  bo’lib,  uning  oxirgi  2016  yilgi  tadqiqotlari  natijalariga  ko’ra, 

Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. 

Shuningdek, PIRLS, yosh o‘quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan 

tashqarida  ta’lim  olishning  katta  qismini  tashkil  etuvchi,  ya’ni  badiiy  tajriba 

orttirish,  ma’lumot  olish  va  undan  foydalanish  ko‘nikmalarini  baholash  kabi 

ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi.  

Yana shuni aytish  mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam 

tashlaydi  hamda  o‘zining  baholash  mezonlarini  zamonaviy  talablarga  muvofiq 

ravishda takomillashtirib  boradi.  Bunga  misol sifatida, 2021-yilda o‘tkaziladigan 

tadqiqotda o‘quvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim 

etishni  rejalashtirganini  aytish  o‘rinlidir.  Raqamli  formatga  o‘tish  bilan  birga, 

internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o‘qishni kompyuterda baholash 

kabi o‘zgarishlar ham ko‘zda tutilgan.  



 

O‘zbekiston  ilk  marotaba  ishtirok  etayotgan  ushbu  xalqaro  tadqiqotlar 

doirasida  tajriba-sinov  jarayonlari  2020-yilning  aprel-may  oylarida,  asosiy 

tadqiqotlar  esa  2021-yil  aprel-may  oylarida  o‘tkazilishi  belgilangan  bo‘lib,  lekin 

dunyo  bo‘ylab  keng  tarqalgan  koronavirus  pandemiyasining  salbiy  ta’siri  tufayli 

rejalashtirilgan  tadqiqotlarning  amalga  oshirilishi  vaqtincha  to‘xtatilgan  edi. 

          Hozirgi vaqtga qadar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), 

Ta’lim sohasidagi  yutuqlarni baholash  xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) kabi  xalqaro 

tashkilotlar  tomonidan  tadqiqotda  qatnashuvchi  mamlakatlar,  dasturning 

boshqaruv kengashi a’zolari, xalqaro ekspertlar kengashi va konsorsiumlar hamda 

mamlakatlardagi  Milliy  markazlar  ishtirokida  tadqiqotlarning  tashkil  etilish 

muddatlarini 

belgilash 

bo‘yicha 

muhokamalar 

olib 


borildi. 

           Muhokamalar  jarayonida  turli  xil  muqobil  yo‘llar  ko‘rib  chiqildi. 

Jumladan,  PISA  dasturi  bo‘yicha  kun  tartibida  ikkita  yo‘ldan  birini  tanlash 

masalasi  qo‘yildi.  Birinchisi,  ixchamlashtirgan,  yangi  kiritilgan  topshiriqlar 

hamda  kreativ  fikrlash  yo‘nalishidan  butunlay  voz  kechgan  holda  2020-yil 

oktyabr-noyabr  oylarida  tajriba  sinov  jarayonlari,  2021-yil  aprel-may  oylarida 

asosiy  tadqiqotlarni  o‘tkazish  bo‘lsa,  ikkinchisi,  barcha  yo‘nalishlarni  to‘liq 

qamrab  olgan  holda  tadqiqotni  bir  yil  muddatga  kechiktirish,  bunda  2021-yil 

aprel-may oylarida tajriba-sinov jarayonlari, 2022-yilning mos oylarida esa asosiy 



tadqiqotlarni 

tashkil 


etish 

takliflari 

atroflicha 

ko‘rib 


chiqildi. 

PIRLS  dasturi  bo‘yicha  esa  PISA  dasturidan  farqli  ravishda  ikki  muqobil 

yo‘llardan  birini  tanlash  taklif  etildi.  Ya’ni,  birinchisi,  2020-yilga  mo‘ljallangan 

tajriba-sinov  jarayonlaridan  voz  kechgan  holda  2021-yildagi  rejalashtirilgan 

asosiy  tadqiqotlarni  o‘z  vaqtida  tashkil  etish  bo‘lsa,  ikkinchi  yo‘lga  ko‘ra,  yangi 

o‘quv  yilining  boshlanishi  bo‘lishiga  qaramasdan,  2020-yil  oktyabr  oyida 

soddalashtirilgan  tarzda  tajriba-sinovlarini  o‘tkazish  hamda  2021-yildagi  asosiy 

tadqiqotlarni  ham  o‘z  vaqtida  aprel-may  oylarida  tashkil  etish  masalalari  ko‘rib 

chiqildi.  Bunda  tadqiqotda  qatnashuvchi  maktablar  va  sinflar  masalasiga  ham 

alohida to‘xtalib o‘tildi.           Atroflicha  muhokama  va  munozaralardan so‘ng, 

PISA  va  PIRLS  dasturlari  doirasida  tadqiqotlarning  o‘tkazilishi  yuzasidan 

quyidagi  muddatlarni  belgilash  bo‘yicha  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  qarorlar 

qabul qilindi: PISA dasturi doirasidagi tadqiqotlar bir yil muddatga kechiktiriladi. 

Bunda 2020-yilda mo‘ljallangan tajriba-sinovlar 2021-yilning aprel-may oylarida, 

2021-yilga  mo‘ljallangan  asosiy  tadqiqot  esa  2022-yilning  aprel-may  oylarida 

o‘tkazilishi rejalashtirildi. Shuningdek, tadqiqotning 3 yillik davriyligini inobatga 

olgan  holda,  2024-yilga  mo‘ljallangan  tadqiqotlar  ham  o‘z  navbatida  2025-yilga 

ko‘chirildi. 

        PIRLS dasturi doirasidagi asosiy tadqiqot kechiktirilmadi va o‘z muddatida, 

ya’ni  2021-yil  aprel  oyida  o‘tkazilishi  bo‘yicha  rejalar  o‘z  kuchida  qoldirildi. 

Bunda,  2020-yil  aprel  oyiga  rejalashtirilgan  tajriba-sinov  jarayonlari,  karantin 

sharoiti  barqarorlashgan  taqdirda,  2020-yilning  oktyabr  oyida  ko‘chirilishi 

rejalashtirildi.  Shuni  ta’kidlash  lozimki,  PIRLS  dasturi  talablariga  muvofiq, 

sinovlar  tanlab  olingan  maktablarning  4-sinflari  o‘rtasida  o‘quv  yilining  oxirgi 

oylarida  o‘tkazilishi  ko‘zda  tutilgan.  Lekin,  kutilmagan  pandemiya  tufayli, 

tajriba-sinovlari  istisno  tariqasida  yangi  o‘quv  yilining  ilk  oylarida  o‘tkazilishi 

mo‘ljallanmoqda.  Bunda  avval  tanlab  olingan  maktablar  ro‘yxatiga  o‘zgartirish 

kiritilmaydi.  Yangi  rejalashtirilayotgan  tajriba-sinov  muddatiga  ko‘ra,  tanlab 

olingan maktablarning 4-sinf o‘quvchilari 5-sinfni boshlagan bo‘ladilar.

 

2.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2019-yil  29-apreldagi 



«O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  tizimini  2030-yilgacha  rivojlantirish 

konsepsiyasini  tasdiqlash  to‘g‘risida»gi  5712-son  Farmonida  2030-yilga  kelib 

PISA  xalqaro  dasturi  reytingida  jahonning  birinchi  30  ta  ilg‘or  mamlakatlari 

qatoriga  kirishiga  erishish  hamda  xalq  ta’limi  tizimida  ta’lim  sifatini  baholash 

sohasidagi  xalqaro  tadqiqotlarni  tashkil  etish  asosida  o‘quvchilarning  o‘qish, 

matematika  va  tabiiy  yo‘nalishdagi  fanlardan  savodxonlik  darajasini  baholashga 

yo‘naltirilgan  ta’lim  sifatini  baholashning  milliy  tizimini  yaratish  vazifalari 

belgilangan. 

Shuningdek,  konsepsiya  doirasida  o‘quvchilarning  tanqidiy  va  ijodiy 

fikrlash,  axborotni  mustaqil  izlash,  tahlil  qilish  kompetensiyalari  va 

malakalarining  rivojlanishiga  alohida  urg‘u  berishni  hisobga  olgan  holda, 

zamonaviy  innovatsion  iqtisodiyot  talablariga  javob  beradigan  umumta’lim 

dasturlari  va  yangi  davlat  ta’lim  standartlarini  joriy  etish,  o‘quvchilarning  bilim 

darajasini  baholashda  xalqaro  PISA,  TIMSS,  PIRLS  va  boshqa  dasturlarda 

doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. 



Ushbu  vazifalarni  amalga  oshirish  yo‘lida  PIRLS  tadqiqotida 

muvaffaqiyatli ishtirok etish o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shunday ekan, ta’lim sifatini 

baholash sohasidagi yangi xalqaro tadqiqot haqida  xalq ta’limi tizimi xodimlari, 

o‘qituvchilar  hamda  ushbu  sohaga  qiziquvchilar  uchun  ma’lumotlar  yetkazib 

berish  maqsadida  «Xalqaro  tadqiqotlarda  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining 

o‘qish  savodxonligini  baholash»  nomli  metodik  qo‘llanma  ishlab  chiqildi. 

Mazkur  qo‘llanmada  PIRLS  tadqiqoti,  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  nazorat-

sinov materiallarining ishlab chiqilishi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu 

bilan  birga,  PIRLS  tadqiqotining  topshiriqlaridan,  ya’ni  matnlar  va  savollaridan 

bir nechta namunalar hamda ularning baholash mezonlari keltirilgan. 

 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling