Buxgalteriya hisobini yuritishdan maqsad nima? Buxgalteriya hisobini yuritishdan asosiy maqsad bu – moliyaviy hisobotni to’liq va ishonchli shakllantirishdir. Moliyaviy hisobot korxonaning moddiy ahvoli haqida ma’lumotlarni aks ettiradi. Moliyaviy hisobot shakllari: - Buxgalteriya balansi (aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlar);
- Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (daromad va xarajatlar).
- Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot;
- Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot.
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari deb quyidagilarni belgilash mumkin:
- korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatib borish;
- kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdor ko‘rsatkichlarda ifodalash;
- korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan jarayonlarni hujjatlarda aks ettirish;
- korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz nazorat olib borish va unga ta’sir etish;
- buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
- samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
- moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |