1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Sintetik hisob registrlari


Download 343.36 Kb.
bet21/54
Sana16.04.2023
Hajmi343.36 Kb.
#1360140
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
Bog'liq
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

Sintetik hisob registrlarida xo‘jalik muomalalari umumlashtirilib, pul ifodasida sintetik schotlar bo‘yicha aks ettiriladi. Sintetik hisob registrlari yoziladigan yozuvning turiga ko‘ra xronologik, sistematik va uyg‘unlashgan bo‘lishi mumkin.
Analitik hisob registrlari xo‘jalik muomalalarini analitik schotlar bo‘yicha yozish uchun mo‘ljallangandir. Bu registrlarda yozuvlar sintetik registrlarga nisbatan batafsilroq yoziladi. Bu esa sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini batafsil kuzatish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun analitik hisob registrlarida xo‘jalik muomalasining mohiyatini tavsiflaydigan tushuntirish matni yozish uchun joy ajratilgan.
Analitik hisob registrlarining sintetik hisob registrlari bilan parallel, lekin alohida qo‘llanilishi, analitik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomalari tuzish yo‘li bilan hisob yozuvlarini umumlashtirish va tekshirish bo‘yicha texnik ishlarning ko‘payishiga olib keladi. Shuning uchun so‘ngi yillarda sintetik va analitik hisobni o‘zida birlashtiruvchi hisob registrlari keng qo‘llanilmoqda. Bunday registrlarning qo‘llanilishi hisob yozuvlarini qisqartiradi, alohida obektlar hisobni analitik yo‘nalishda yuritish va bir vaqtning o‘zida sintetik hisobning umumlashgan ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shunday qilib, analitik va sintetik hisob ko‘rsatkichlari bitta amalni bajarish natijasida olinadi va sintetik yozuvlar jamini tekshirishga zarurat qolmaydi. Bunday hisob registrlariga «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 6-jurnal-order va «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 7-jurnal-order misol bo‘ladi. Ularda nafaqat bir mol yetkazib beruvchi, hisobdor shaxs bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar dastlabki hujjatlarga asosan aks ettiriladi. Analitik va sintetik hisob yozuvlarini bitta hisob registrida bunday birlashtirilishi natijasida alohida analitik hisob kartochkalarini yuritishga ehtiyoj qolmaydi. Barcha analitik schotlar bo‘yicha yozuvlar jami bir vaqtning o‘zida sintetik schot bo‘yicha aks ettirilgan summa bilan ifodalanadi. Sintetik va analitik hisobni bitta registrda birlashtirish buxgalteriya hisobini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

Download 343.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling