1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi
I. Uzoq muddatli aktivlar
Download 343.36 Kb.
|
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II Joriy aktivlar
- Balans aktivi bo‘yicha jami X 5200 6100
- 3.2. Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda ro‘y beradigan o‘zgarishlar va ularning tavsifi
- 3.2-jadval Boshlang‘ich balans
Balans aktivining I «Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital quyilmalar va sh.o‘. aks ettiriladi. Aktivning II “Joriy aktivlar” bo‘limida yuqori likvidli, ya'ni pulga aylantirilishi nisbatan oson xo‘jalik mablag‘lari guruhlangan. Bularga asosan, Materiallar, o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari, tugallanmagan ishlab chiqarish, debitor qarzlar, qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hamda pul mablag‘lari kiradi. Balansning passivida (o‘ng tomoni) o‘z mablag‘larining manbasi va majburiyatlar aks ettiriladi. Passivning I “O‘z mablag‘lari manbasi” bo‘limida xususiy kapital asosiy o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni 14-moddasiga muvofiq xususiy kapital ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydadan iborat. Balans passivining II «Majburiyatlar» bo‘limida korxona majburiyatlari ularning muddatiga ko‘ra: uzoq muddatli majburiyatlar va qisqa muddatli majburiyatlarga ajratilgan holda ko‘rsatiladi. Buxgalteriya balansining ushbu tuzulmasi barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun umumiy bo‘lib, ularning xususiyatlariga qarab balans moddalari farq qilishi mumkin. Masalan, savdo korxonalari uchun «Tovarlar», qishloq xo‘jalik korxonalari uchun «Tugallanmagan ishlab chiqarish», «O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari» kabi moddalar xosdir. Shunday qilib, bayon qilingan talablarga muvofiq tuzilgan buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi subektning ma'lum sanaga bo‘lgan moliyaviy ahvolini aks ettirishi lozim. 3.2. Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda ro‘y beradigan o‘zgarishlar va ularning tavsifi Xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan muomalalar ta’sirida korxona mablag‘larining tarkibida va ularning tashkil topish manbalarida, ayrim hollarda ularning ikkalasida ham o‘zgarishlar yuzaga keladi. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridagi ro‘y bergan o‘zgarishlar balansda ham tegishli o‘zgarishlarga olib keladi. Mablag‘lar qiymati o‘zgarmagan holda doiraviy aylanish jarayonida ularning buyum shakli o‘zgaradi, mablag‘lar tashkil topish manbalarining ham shakli o‘zgaradi, xo‘jalik mablag‘lari ko‘payadi yoki kamayadi. Lekin balansning asosiy xususiyati- xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirish ta’sirida balans moddalari summasi o‘zgarganda aktiv va passiv tengliginiig o‘zgarmasligi doimo saqlanadi Buni misolda tasdiqlashimiz uchun qishloq xo‘jalik korxonasining yil boshiga tuzilgan balansni keltiramiz (3.2-jadval) va uning xo‘jalik muomalalari ta’sirida o‘zgarishini quyidagi misollarda ko‘rib chiqamiz. 3.2-jadval Boshlang‘ich balans
1-muomala. Qiymati 8600 so‘mlik Material ombordan asosiy ishlab chiqarishga berildi va sarflandi. Bu muomala natijasida ombordagi Materiallar 8600 so‘mga kamaydi (24200 – 8600 = 15600). Shu vaqtning o‘zida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari 8600 so‘mga ko‘payadi (43850Q8600q52450). Bu muomaladan so‘ng balansning jami summasi o‘zgarmadi, faqat balans aktividagi moddalar orasida o‘zgarish sodir bo‘ldi. Birinchi tip balans o‘zgarishining ya'ni faqat aktivdagi moddalar orasida sodir bo‘lgan o‘zgarishning matematik modelini tuzamiz. Download 343.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling