3.5-jadval
3-muomaladan keyingi balans
Aktiv
|
Summa,
so‘m
|
Passiv
|
Summa,
so‘m
|
Asosiy vositalar (+500000)
|
1812600
|
Ustav kapitali
|
1448960
|
Materiallar (-8600)
|
15600
|
Rezyerv kapitali (+500000)
|
500000
|
Asosiy ishlab chiqarish (+8600)
|
52450
|
Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisoblashuvlar (-14500)
|
25390
|
Budjet bilan hisob-kitoblar (+14500)
|
14500
|
Hisob-kitob schoti
|
134400
|
Mol yetkazib beruvchilar
|
26200
|
Balans
|
2 015050
|
Balans
|
2 015050
|
Shunday qilib, bu xo‘jalik muomalasi natijasida balans aktivi va passivi bir xil summaga ko‘payib, lekin balans tengligi buzilmagan.
Uchinchi tip o‘zgarish uchun yani o‘zgarish balansning aktividagi moddalarda ham, passividagi moddalarda ham ko‘payish tomonga sodir bo‘lganda quyidagicha matematik model tuziladi:
, (3)
Bu model balans aktivi va passivining moddalari bir xil summalarga ko‘payganda, shu summalarga aktiv passiv summalari yig‘indisi ham ko‘payadi, aktiv va passiv tengligi esa buzilmaydi deb o‘qiladi.
4-Muomala. Mol yetkazib beruvchilarga hisob-kitob schotidan 13900 so‘m qarz puli o‘tkazildi. Bu muomala natijasida hisob-kitob schotidagi qoldiq 13900 so‘mga kamaydi (134400-13900 q 120500) va bir vaqtning o‘zida mol yetkazib beruvchilarga bo‘lgan qarz ham shu summaga kamaydi (26200 - 13900 q 12300).
Bu muomala balansning aktivida ham, passivida ham bir xil summaga kamayishga olib keldi. Lekin balans tengligi buzilmadi.
Yuqoridagi barcha muomalalarni aks ettirganimizdan so‘ng korxona balansi quyidagi ko‘rinishga keladi(3.6-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |