1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi
Buxgalteriya hisobining schotlari
Download 343.36 Kb.
|
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI
3.4. Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzilishi: aktiv va passiv schotlar
Ma'lum bo‘ldiki, balans xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarini ma'lum sanaga, umumlashtirilgan tasnifiy guruhlar bo‘yicha tavsiflar ekan. Lekin, korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish va biznes-reja hamda shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish uchun har bir mablag‘ning mavjudligi va harakati, har bir korxona bilan hisob-kitoblar ahvoli, ayrim mablag‘ manbalarining o‘zgarishi va boshqalar to‘g‘risida kundalik ma’lumotlar kerak. Shuningdek, faqat natijalarnigina emas, balki xo‘jalik jarayonlarini ham tavsiflaydigan ma’lumotlar zarur. Bunday ma’lumotlarga xo‘jalik muomalalarini, ularning xususiyatlariga ko‘ra hisobga olgan holda aks ettirib borish yo‘li bilan ega bo‘lish mumkin. Xo‘jalik muomalalarini joriy tartibda aks ettirish va guruhlash uchun buxgalteriya hisobining schotlaridan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobining schotlari – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun zarur axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizimga keltirish usulidir. Guruhlash iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bir xil xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘lar manbalari va xo‘jalik muomalalari uchun alohida schot ochish bilan ta'minlanadi. Schot buxgalteriya hisobi obektlarini identifikatsiyalashga imkon yaratadigan maxsus belgi hisoblanadi. Shuning uchun har bir schotga, unda hisobga olinadigan obektga mos keladigan nom va xos raqam (kod) belgisi beriladi (1-ilovaga qarang). Schotlar xo‘jalik mablag‘lari, ularning vujudga kelish manbalari va xo‘jalik jarayonlarining har bir turi uchun buxgalteriya hisobi obektlarining turkumlanishiga muvofiq ochiladi. Masalan, «Bino, inshootlar va uzatgich moslamalar», «Mashina va uskunalar», «Xom-ashyo va Materiallar», «Patentlar, litsenziyalar va nou-xou», «Asosiy ishlab chiqarish», «Hisob-kitob schoti» va h.k. Buxgalteriya hisobining schotlari ikki tomonli jadval shakliga ega bo‘lib, chap tomoni – «debet», o‘ng tomoni – «kredit» deb ataladi. «Debet» va «kredit» atamalari lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi debet – “u qarzdor” va credit – «u ishonadi» degan ma'noni bildiradi. Mablag‘larning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ikki guruhga: 1) Tarkibi, joylanishi va ishlatilishi bo‘yicha; 2) Tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha bo‘linishidan kelib chiqqan holda schotlar ham, aktiv va passiv schotlarga bo‘linadi. Aktiv schotlarda xo‘jalik mablag‘larining mavjudligi va harakati (ko‘payishi, kamayishi) aks ettiriladi. Aktiv schotlarning qoldiqlari debet tomonida yoziladi. Aktiv schotlar balans aktividagi moddalarga asosan ochiladi: Download 343.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling