1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi
Download 343.36 Kb.
|
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI
- Bu sahifa navigatsiya:
- , dastlabki
To‘ldirish usuliga ko‘ra buxgalteriya hujjatlarini qo‘lda tuziladigan, yozuv mashinkasida va kompyutyerda tuziladigan (elektron) hujjatlarga bo‘lish mumkin.
Qo‘lda tuziladigan hujjatlarga asosan ichki hujjatlar kiradi. Ularga birinchi navbatda qo‘lda tuziladigan har xil jadvallar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash jadvallari, hamda yig‘ma qaydnomalar va boshqalar kiradi. Yozuv mashinkasida tuziladigan hujjatlar ko‘pincha maketlangan kartalar ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda gap hujjatlarni ko‘rsatilgan usullar bilan to‘ldirishda emas, balki xo‘jalik muomalalarini yozuv mashinkalarida, ko‘proq texnik vositalarida to‘ldirish to‘g‘risida bo‘ladi. Shu maqsadda har xil priborlar va moslamalar qo‘llaniladi: schotchiklar, avtomatik tarozilar, o‘lchagich idishlar, elektr va boshqa yozuv mashinalari va x.k. Hujjatlarga ishlov berishning eng takomillashgan usuli shaxsiy elektron hisoblash mashinalarini (ShEHM) qo‘llash bilan bog‘liq. Elektron hujjat deb elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborotga aytiladi. Elektron hujjat qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi. Elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir. Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi bo‘lishi mumkin. Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va saqlanadi. Ta'kidlash joizki, buxgalteriya hujjatlari yuqorida ko‘rib chiqilgan tasnifiy belgilar bo‘yicha guruhlanganida bitta hujjat ayni paytda bir necha guruhlarga tegishli bo‘lishi ham mumkin. Masalan, kassa chiqim orderi kassir uchun isbotlovchi hujjat bo‘lsa, ayni paytda korxona rahbariyati uchun kassadan pul mablag‘larini berishga asos bo‘luvchi farmoyish hujjati, shuningdek, dastlabki, bir martalik va bir qatorli hujjat bo‘lib hisoblanadi; guruhlovchi qaydnoma buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan yig‘ma, bir martalik hujjat; limit zabor kartasi isbotlovchi, farmoyish, dastlabki va yig‘ma hujjat bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi” qonunining 8-moddasiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari yoki u vakolat bergan shaxslar tomonidan pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchuy asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, korxona muassasa va tashkilotning kredit va hisob-kitob majburiyatlari hamda buxgalteriya hisobotlari va balanslari imzolanadi. Shuningdek, xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish va subekt nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning lavozimi va buxgaltyerlik funksiyalari hamda rahbarlik funksiyalarini amalga oshiradigan har bir mansabdor shaxs uchun pul summalari bo‘yicha cheklanishlarga ko‘ra imzo huquqlarining iyerarxiyasi (ketma-ketligi) o‘rnatiladi. Xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan elektron raqamli imzodan foydalanilganida zarur ehtiyotkorlik choralari va tegishli nazorat o‘rnatilishi zarur. Download 343.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling