1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli


Download 343.36 Kb.
bet30/54
Sana16.04.2023
Hajmi343.36 Kb.
#1360140
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

Buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli. Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishning oddiy texnologik jarayoniga ega va xo‘jalik muomalalari kam miqdorda sodir bo‘ladigan kichik biznes subektlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vaziriligi №20 «Kichik tadbirkorlik subektlari tomonidan hisobni soddalashtirib yuritish va hisobotlarni tuzish tartibi to‘g‘risida» Buxgalteriya hisobi milliy standartini (BHMS) qabul qilingan.
Buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklini tashkil etish har bir kichik biznes subekti tomonidan, «Xo‘jalik yurituvchi subektlar moliya xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schotlar rejasi» (№21 BHMSning 1-ilovasi) asosida ishlab chiqiladigan soddalashtirilgan (ishchi) schotlar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunday schotlar rejasi xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalarini buxgaltyerlik hisob registrlarida asosiy schotlar bo‘yicha olib borishni ta'minlaydi va shu asosda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi ustidan nazorat qilinadi.
Soddalashtirilgan (ishchi) schotlar rejasidagi ayrim schotlar, o‘z vazifalari bilan birga bu rejaga kiritilmagan schotlarning funksiyalarini ham bajarishi nazarda tutilgan.
Soddalashtirilgan (ishchi) schotlar rejasida taklif qilingan schotlar guruhi fermer xo‘jaligining moliyaviy holati to‘g‘risidagi buxgalteriya balansini tuzish qoidalariga muvofiq, uning mablag‘lari va mablag‘lar manbalarining miqdori hamda xo‘jalik faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda tuziladi
Kichik tadbirkorlik subektlari mulkchilik shakllari va qaysi tarmoqqa tegishligiga qarab bir-biridan farq qiladilar. Shuning uchun ular o‘zlarining ishchi schotlar rejasini tuzishda tavsiya qilinayotgan schotlar rejasidan namuna sifatida foydalanishlari mumkin.
Kichik tadbirkorlik subekti davlat ro‘yxatidan o‘tib, bankda schot ochib; soliq, sug‘urta, nafaqa fondi, bandlik xizmati va boshqa tegishli davlat organlari va nodavlat tashkilotlaridan ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng faoliyat boshlaydi. Bunda avvalo mavjud mablag‘lari va mablag‘lar manbalarini umumlashtirib dastlabki balans tuziladi.
Soddalashtirilgan buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shakli, agar kichik tadbirkorlik subektlarida mahsulot ishlab chiqarish yoki ish bajarish bilan shug‘ullanilmasa tashkil etiladi. Bunda quyidagi hisob qaydnoma foydalaniladi:
a) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish qaydnomasi;
b) moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish qaydnomasi;
v) kapital quyilmalarni hisobga olish qaydnomasi;
g) tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish qaydnomasi;
d) boquvdagi va o‘stirishdagi hayvonlarni hisobga olish qaydnomasi;
e) xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;
j) boshqa debitorlik qarzlarni hisobga olish qaydnomasi;
z) pul mablag‘larini hisobga olish qaydnomasi;
i) mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;
k) hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;
l) mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;
m) boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi;
n) xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi;
o) hisobot davri xarajat(sarf)larini hisobga olish qaydnomasi;
p) dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi;
r) chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi;
s) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga olish qaydnomasi;
t) sof foyda (zarar) ni hisoblash qaydnomasi;
u) xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasi.
Yuqorida sanab o‘tilgan qaydnomalarning har biri, qoidaga ko‘ra buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schotlarning bittasi bo‘yicha muomalalarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobning soddalashtirilgan shaklini qo‘llash sharoitida, xo‘jalik muomalasi shaxmat yozuvi ko‘rinishida bir marta yoziladigan jurnal-orderdan farqli bo‘lib, har bir xo‘jalik muomalasi ikkita usul bilan rasmiylashtiriladi: bitta qaydnomada – schotning debeti bo‘yicha yozuv, kreditlanuvchi schotni ko‘rsatgan holda («korrespondensiyalanuvchi schot» grafasida), boshqasida esa korrespondensiyalanuvchi schotning krediti bo‘yicha bir vaqtning o‘zida debetlanuvchi schotni ko‘rsatilgan holda.
Har bir schotning debeti bo‘yicha aniqlangan jami summalar qo‘shiladi. Aniqlangan natija schotlarning krediti bo‘yicha umumiy oborotlar summasiga teng bo‘lishi lozim. Har bir schot bo‘yicha debet va kredit oborotlari oborot qaydnomasiga o‘tkazilib, unda har bir schot bo‘yicha hisobot davridan keyingi oyning birinchi sanasiga qoldiq chiqariladi (2.6-rasm).



Download 343.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling