2.6-rasm. Buxgalteriya hisobining hisob registrlaridan foydalaniladigan sodda shakli
Ushbu qaydnomalarning jami umumlashtiruvchi shaxmat qaydnomasini jamlanma qaydnomasi to‘ldirish uchun asos bo‘lib, unda tegishli qaydnomada ko‘rsatilgan har bir schotning debeti va krediti bo‘yicha yozuvlar aks ettiriladi. Umumlashtiruvchi shaxmat qaydnomasining mazmuni gorizont bo‘yicha qaydnomalarning nomyerlarini ularning o‘sib borish tartibida, vyertikal bo‘yicha esa schotlar raqamlarining o‘sib borish tartibi va nomlaridan iborat. Yozuvlar qaydnomalardan tegishli schotlar bo‘yicha kredit oborotlarini «Korrespondensiyalanuvchi schot» grafasi bo‘yicha ushbu oborotlarni tegishli schotlarning debetiga tarqatib yozish (raznoska) yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shaxmat qaydnomasi qo‘llaniladigan schotlar bo‘yicha oylik umumlashtiruvchi registr hisoblanadi va nazorat ahamiyatiga ega. U nafaqat joriy oy uchun axborotlarni umumlashtirish maqsadida, balki buxgalteriya hisobi schotlari bo‘yicha amalga oshirilgan yozuvlarning to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish uchun ham xizmat qiladi. Xususan, bu tarqatib yozish vaqtida aniqlanib, uning natijasida har bir schot bo‘yicha jamlangan debet summasi mazkur schot bo‘yicha tegishli qaydnomada aks ettirilgan debet oboroti summasiga teng bo‘lishi lozim.
Nаzоrаt sаvоllаri
Hujjatlashtirish va uning mohiyati?
Kalkulyatsiya turlarini sanab bering.
Hisob registrlarini tushuntirib bering.
Inventarizatsiya va uning mohiyati.
Buxgalteriya hisobi schyotlarini tushuntirib bering ?
Elektron raqamli imzo nima uchun kerak ?
Hisob yozuvlarining turlarini sanab bering ?
Buxgalteriya hisobida xatolarni tuzatishning korrektura usulini ahamiyati ?
REJA
3.1. Buxgalteriya balansining mohiyati va tuzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |