3.4-jadval
2-muomaladan keyingi balans
Aktiv
|
Summa,
so‘m
|
Passiv
|
Summa,
so‘m
|
Asosiy vositalar
|
1312600
|
Ustav kapitali
|
1448960
|
Materiallar (-8600)
|
15600
|
Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisoblashuvlar (-14500)
|
25390
|
Asosiy ishlab chiqarish (+8600)
|
52450
|
Budjet bilan hisob-kitoblar (+14500)
|
14500
|
Hisob-kitob schoti
|
134400
|
Mol yetkazib beruvchilar
|
26200
|
Balans
|
1515050
|
Balans
|
1515050
|
Endi ikkinchi tip o‘zgarish, ya'ni faqat passivdagi moddalarda sodir bo‘ladigan, o‘zgarishlar matematik modelini tuzamiz. Bunda avvalgi shartli belgilardan foydalanamiz va balans passivi moddalarining summasini p harfi bilan belgilaymiz. Bunda matematik model quyidagicha bo‘ladi:
, (2)
Ushbu model balans passividagi bir modda ko‘payganda boshqasi (u bilan bog‘liq bo‘lgan) huddi shu summaga kamayadi deb o‘qiladi. Bu vaqtda har bir aktiv va passivning alohida jami summasi o‘zgarmaydi va ularning o‘zaro tengligi buzilmaydi.
3. Muomala. “Zenit” zavodidan tekinga 500000 so‘mlik asosiy vosita (Televizor)qabul qilib olindi. Bu muomala natijasida balans aktivida ham, passivida ham o‘zgarish (ko‘payish) sodir bo‘lgan. Birinchidan, aktivdagi “Asosiy vositalar” moddasi 500000 so‘mga ko‘paygan (1312600Q 500000 q 1812600), ikkinchidan passiv tomonda “Rezyerv kapitali” moddasi paydo bo‘ladi (500000 so‘mga).
Do'stlaringiz bilan baham: |