C # tilining tayanch turlari Quyidagi jadvalda C# tilining tayanch turlari, ularning baytlardagi o‘lchamlari va qiymatlarining chegaralari keltirilgan.
Mantiqiy tur qiymatlari ustida mantiqiy ko‘paytirish, qo‘shish va inkor amallarini qo‘llash orqali murakkab mantiqiy ifodalarni qurish mumkin. Butun son turlari. Butun son qiymatlarni qabul qiladigan o‘zgaruvchilar int (butun), short (qisqa) va long (uzun) va shu kabi kalit so‘zlar bilan aniqlanadi. O‘zgaruvchi qiymatlari ishorali bo‘lishi yoki unsigned kalit so‘zi bilan ishorasiz son sifatida qaralishi mumkin. Suzuvchi nuqtali son turi. Kasrli sonlarni ifodalashda suzuvchi nuqtali son turi ishlatiladi va u float kalit so‘zi bilan e’lon qilinadi. Bu turdagi o‘zgaruvchi uchun xotirada 4 bayt joy ajratiladi va (ishora, tartib mantissa) qolipida sonni saqlaydi. Agar kasrli son juda katta (kichik) qiymatlarni qabul qiladigan bo‘lsa, u xotiradi 8 baytda ikkilangan aniqlik ko‘rinishida saqlanadi va double kalit so‘zi bilan e’lon qilinadi. Belgili tur. O`z nomidan ma`lumki belgili tiplar biron bir belgidan tuzilgan bo`lishi mumkin. Bunda 65535 belgi uchun joy ajratiladi alfavitdan foydalanishda matematik simvolikada shunday belgilardan foydalaniladi. Satrli tip. Satrli tip yoki oddiygina qator string to`plamlarni saqlash va qayta ishlashda bir butun belgilarni ajratishda foydalaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |