1-Mavzu: Davlat standartlari. O’z. D 301-97 304-97. Formatlar


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1591439
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu chiziq,shrif,formatr,masshtab

Formatlar 
Formatlar. Xalq xo‘jaligida bajariladigan barcha chizmalar, ish qog‘ozlari va 
konstruktorlik hujjatlar aniq o‘lchamga ega bo‘lgan standartlashtirilgan qog‘ozlar 
(formatlar)ga bajariladi. Bu formatlar GOST 2.301-68 (ST SEV 1181-78). Davlat 
standartiga muvofiq belgilangan. Asosiy format A0 bo‘lib, uning o‘lchamlari 
1189

841 mm, yuzasi esa 1 m
2
ga teng. Shu o‘lchamdagi formatni ensiz tomoniga 
parallel qilib ikki buklash natijasida navbatdagi A1, A2, A3, A4 formatlar hosil 
qilinadi (1.11-rasm). Asosiy format o‘lchamlari 1-jadvalda keltirilgan. 


1.11-rasm 
1-jadval. Asosiy formatlarning o’lchamlari 
Formatning bеlgisi 
11 
12 
22 
24 
44 
List tomonlarining o`lchamlari, mm 
hisobida 
297x210 
297x420 
594x420 
594x841 
1189x841 
GOST 
9327-60 
ga 
ko`ra 
ishlatilayotgan qog`oz formatiga 
tеgishli bеlgisi 
А4 
А3 
А2 
А1 
А0 
1.12-rasm 
Formatga chizma chizishdan oldin qog‘oz girdidan, chap tomondan 20 mm, 
qolgan tomonlaridan esa 5 mm qoldirib, asosiy tutash chiziqda hoshiya (ramka) 
chiziladi (1.12-rasm). Chizmalarni chizishda asosan qog‘ozning o‘lchash katta 
tomoni, gorizontal joylashtiriladi. A4 format bo‘lsa, vertikal (tik) joylashtirirish 
mumkin. 
Chiziq turlari 
Chiziq turlari. Chizmaning sifatli chiqishi va to‘g‘ri bajarilishi, chizma 
chiziqlarining o‘z o‘rnida ishlatilishiga bog‘liq. Agar chiziqlar bir xil qilib 


bajarilsa, uni o‘qish juda qiyinlashadi. Shuning uchun GOST 2.303.-68 
(ST.SEV1178-78)da chiziq turlari belgilangan. Chizma qog‘ozining katta-
kichikligiga bog‘liq holda asosiy tutash chiziqning yo‘g‘onligi S (0,5 mm dan 1,4 
mm gacha) bo‘ladi. Qolgan chiziqlar esa asosiy tutash chiziq yo‘g‘onligiga 
nisbatan bajariladi. Chiziq turlari 2-jadvalda keltirilgan. 
2-jadval. Chiziq turlari. 
№ Nomi 
Chizilishi 
Chiziq 
qalinligi 
Qa-
lam 
Qo‘llaniladigan joyi 

Asosiy tutash chiziq 

(0,05

1,4) 
mm 
M,
TM 
1. Ko‘rinar kontur chiziqlar 
2. Ramka chiziqlari;
3. Kesim kontur chizig‘i 
4. Asosiy yozuvlar 

Tutash 
ingichka 
chiziq 
S/3

S/2 
2T 
O‘lcham va chiqarish chiziqlari; 
shtrix chiziqlari, chetga chiqarish 
chiziqlari 
ustiga 
joylashtirilgan 
kesim chizig‘i; tokcha va yozuvlar 
ostiga chiziladigan chiziqlar

To‘lqin chiziq 
S/3

S/2 
TM 
O‘tish 
chiziqlari; 
o‘tish 
va 
qirqimlarni chegaralovchi chiziqlar 

Shtix chiziq 
S/3

S/2 
TM 
Ko‘rinmas kontur va o‘tish chiziqlari 

Shtrix-punktir chiziq 
S/3

S/2 

O‘q va markaz chiziqlar, kesimdagi 
simmetriya o‘q chiziqlari 

Uzuq chiziq 
S

1,5S 
M, 
TM 
Kesim chiziqlari 

Ikki nuqtali shtrix-
punktir chiziq 
S/3

S/2 

Sinish chiziqlari yoyilmalar chizig‘i, 
harakatdagi 
buyumning 
oxirgi 
chegarasini ko‘rsatuvchi chiziq 
Masshtablar 
Masshtablar. Narsalarning chizmasini haqiqiy kattalikda chizish har doim 
ham imkoniyati bo‘lmaydi. Masalan, binolarning yoki mashina, samolyotlarni o‘z 
o‘lchami bo‘yicha chizishning hyech iloji yo‘q, uni albatta bir necha yuz marta 
kichraytirib, ayrim kichkina detallarni katalashtirib chizishga to‘g‘ri keladi. Demak 
har doim ham detallarni o‘z haqiqiy kattaligida (1:1 masshtabda) chizib bo‘lmas 
ekan, shuning uchun masshtab qo‘llaniladi. 
Masshtab deb, detalning haqiqiy o‘lchamiga nisbatan chizmasini katta, kichik 
yoki haqiqiy kattaligida chizishga aytiladi. 
Masshtablar GOST 2.302-68 (STSEV1180-78)ga muvofiq quyidagi jadvalda 
ko‘rsatilgan. 
Haqiqiy kattalikdagi masshtab 
1:1 
Kichiklashtirish masshtabi 
1:2; 1:2,5; 1:4; 1:5; 1:10; 1:15; 1:20; 1:25; 1:40; 1:50; 1:75; 
1:100; 1:200; 1:400; 1:500 va x.k 
Kattalashtirish masshtabi 
2:1; 2,5:1; 4:1; 5:1; 10:1; 20:1; 40:1; 50:1; 100:1 


Standart tomondan belgilanmagan masshtablarni qo‘llash mutlaqo mumkin 
emas. Masshtab chizmada alohida ko‘rinishlar, ayrim chizmalar uchun M1:4; 
M1:4; M2:1 va h.k. deb yozish mumkin. Asosiy yozuv grafasida masshtab qo‘yilsa 
chizma qog‘ozidagi barcha chizmaga tegishli hisoblanadi. Shuni esda tutish 
kerakki, chizma qanday masshtabda chizilmasin, chizmada detalning haqiqiy 
o‘lchamlar qo‘yiladi. 
Chizma shriftlar 
Chizma shriftlar. Barcha harf va raqamlarning bir xil yozilishi uchun umumiy 
qiyofa beradigan grafikaviy belgilar yig‘indisi shrift deyiladi. Har qanday chizmani 
bajarganda yozuv ishlatilmasa, chizma haqida to‘liq tushuncha hosil qilib 
bo‘lmaydi. Shuning uchun buyum chizmasiga uning nomi, materiali, o‘lchamlari, 
kim tomonidan bajarilganligi va boshqa ma’lumotlarni chiroyli bir xilda yozish 
kerak bo‘ladi. Sanoatning barcha tarmoqlarida va qurilish chizmalarida texnikaviy 
hujjatlarda yozuvlar, davlat standarti GOST 2.304-81 (ST.SEV851-78)ga muvofiq 
bajariladi. Standartda shriftning quyidagi turlari belgilangan: 
A turdagi: 
- qiyalatmay tik holatda yoziladigan shrift
- taxminan 75
0
qiyalatib yoziladigan shrift. 
B turdagi: 
- qiyalatmay tik holatda yoziladigan shrift; 
- taxminan 75

qiyalatib yoziladigan shrift. 
O‘quv chizmalarida qiya shrift ko‘proq qo‘llaniladi. Shriftlar balandligi h 
bilan belgilanib, A turdagi shrift yozish uchun bosh harf balandligi h, 14 bo‘lakka 
(h/14), B turdagi shrift yozish uchun esa h, 10 bo‘lakka (h/10) bo‘linadi(1.13-
rasm). 
Shrift o‘lchamlari bosh harfning balandligi bilan aytiladi, masalan 10-shrift 
deyilsa, bosh harfning balandligi h = 10 mm bo‘ladi. Davlat standartida chizma 
shriftning o‘lchamlari: 1,8; 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; 28; 40; qilib belgilangan. 
Bunda 1,8 shriftni qo‘llash tavsiya etilmaydi, faqat B turdagi shrift uchun qo‘llash 
mumkin. O‘lchami 2,5 bo‘lgan yozuvlar esa bosh harflarda yoziladi. 
1.13-rasm. 


Harflar qalinligi, katak qalinligi d = (1/10h) ga, oralaridagi masofa a ga, eni g 
ga teng. Yozma (kichik) harflar balandligi esa c ga teng (1.14-rasm). 
Yozuvlarni yozishda shu qog‘oz chizig‘idan foydalanib harflar uchun joy 
ajratish va shrift o‘lchamini tanlab olish kerak. Agar yozuv yirik bo‘lsa, ya’ni 
harflar balandligi 7 mm dan katta bo‘lsa, quyidagicha ish tutiladi: 
1) harf balandligiga mos qilib ikkita parallel chiziq o‘tkaziladi; 
2) hamma harflar qiyaligi, ularning orasi qog‘oz chizig‘i yordamida va so‘zlar 
orasidagi oraliqlari belgilanib chiqiladi: 
3) yasalgan to‘rtburchaklar ichiga tegishli harflarni yozib chiqiladi (1.15-
a,rasm). 
Yozuvlarning bu tartibdagi ko‘rsatilishi yirik yozuvlarga ham mayda 
yozuvlarga ham tegishlidir. Keyinchalik shrift yaxshi o‘rganilgandan so‘ng, mayda 
yozuvlarni yozishda har bir harf va raqamlar uchun to‘rtburchaklar yasab 
o‘tirmasdan, shu shrift uchun qabul qilingan qiyalikda bir necha ixtiyoriy parallel 
to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazib yozish mumkin. Shriftlar mukammal o‘rganilgandan 
keyin yordamchi shtrixlarni o‘tkazmaslik mumkin, biroq yozuvning balandligini 
belgilovchi parallel chiziqni albatta o‘tkazish zarur. Harf va raqamlar 
konstruksiyasini yaxshi o‘rgangandan keyin, ularning enini, orasini ko‘zda 
chamalab yozish mumkin. 
1.15-b,rasmda asosiy qiya shrift yozish namunasi keltirilgan. 1.16-rasmda esa 
lotin alfavitini, rim raqamlari va har xil belgilar ko‘rsatilgan. B turdagi shrift 
o‘lchamlari 3-jadvalda keltirilgan. 
1.14-rasm. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling