1-Mavzu: Davlat standartlari. O’z. D 301-97 304-97. Formatlar
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu chiziq,shrif,formatr,masshtab
Formatlar
Formatlar. Xalq xo‘jaligida bajariladigan barcha chizmalar, ish qog‘ozlari va konstruktorlik hujjatlar aniq o‘lchamga ega bo‘lgan standartlashtirilgan qog‘ozlar (formatlar)ga bajariladi. Bu formatlar GOST 2.301-68 (ST SEV 1181-78). Davlat standartiga muvofiq belgilangan. Asosiy format A0 bo‘lib, uning o‘lchamlari 1189 841 mm, yuzasi esa 1 m 2 ga teng. Shu o‘lchamdagi formatni ensiz tomoniga parallel qilib ikki buklash natijasida navbatdagi A1, A2, A3, A4 formatlar hosil qilinadi (1.11-rasm). Asosiy format o‘lchamlari 1-jadvalda keltirilgan. 1.11-rasm 1-jadval. Asosiy formatlarning o’lchamlari Formatning bеlgisi 11 12 22 24 44 List tomonlarining o`lchamlari, mm hisobida 297x210 297x420 594x420 594x841 1189x841 GOST 9327-60 ga ko`ra ishlatilayotgan qog`oz formatiga tеgishli bеlgisi А4 А3 А2 А1 А0 1.12-rasm Formatga chizma chizishdan oldin qog‘oz girdidan, chap tomondan 20 mm, qolgan tomonlaridan esa 5 mm qoldirib, asosiy tutash chiziqda hoshiya (ramka) chiziladi (1.12-rasm). Chizmalarni chizishda asosan qog‘ozning o‘lchash katta tomoni, gorizontal joylashtiriladi. A4 format bo‘lsa, vertikal (tik) joylashtirirish mumkin. Chiziq turlari Chiziq turlari. Chizmaning sifatli chiqishi va to‘g‘ri bajarilishi, chizma chiziqlarining o‘z o‘rnida ishlatilishiga bog‘liq. Agar chiziqlar bir xil qilib bajarilsa, uni o‘qish juda qiyinlashadi. Shuning uchun GOST 2.303.-68 (ST.SEV1178-78)da chiziq turlari belgilangan. Chizma qog‘ozining katta- kichikligiga bog‘liq holda asosiy tutash chiziqning yo‘g‘onligi S (0,5 mm dan 1,4 mm gacha) bo‘ladi. Qolgan chiziqlar esa asosiy tutash chiziq yo‘g‘onligiga nisbatan bajariladi. Chiziq turlari 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval. Chiziq turlari. № Nomi Chizilishi Chiziq qalinligi Qa- lam Qo‘llaniladigan joyi 1 Asosiy tutash chiziq S (0,05 1,4) mm M, TM 1. Ko‘rinar kontur chiziqlar 2. Ramka chiziqlari; 3. Kesim kontur chizig‘i 4. Asosiy yozuvlar 2 Tutash ingichka chiziq S/3 S/2 2T O‘lcham va chiqarish chiziqlari; shtrix chiziqlari, chetga chiqarish chiziqlari ustiga joylashtirilgan kesim chizig‘i; tokcha va yozuvlar ostiga chiziladigan chiziqlar 3 To‘lqin chiziq S/3 S/2 TM O‘tish chiziqlari; o‘tish va qirqimlarni chegaralovchi chiziqlar 4 Shtix chiziq S/3 S/2 TM Ko‘rinmas kontur va o‘tish chiziqlari 5 Shtrix-punktir chiziq S/3 S/2 T O‘q va markaz chiziqlar, kesimdagi simmetriya o‘q chiziqlari 6 Uzuq chiziq S 1,5S M, TM Kesim chiziqlari 7 Ikki nuqtali shtrix- punktir chiziq S/3 S/2 T Sinish chiziqlari yoyilmalar chizig‘i, harakatdagi buyumning oxirgi chegarasini ko‘rsatuvchi chiziq Masshtablar Masshtablar. Narsalarning chizmasini haqiqiy kattalikda chizish har doim ham imkoniyati bo‘lmaydi. Masalan, binolarning yoki mashina, samolyotlarni o‘z o‘lchami bo‘yicha chizishning hyech iloji yo‘q, uni albatta bir necha yuz marta kichraytirib, ayrim kichkina detallarni katalashtirib chizishga to‘g‘ri keladi. Demak har doim ham detallarni o‘z haqiqiy kattaligida (1:1 masshtabda) chizib bo‘lmas ekan, shuning uchun masshtab qo‘llaniladi. Masshtab deb, detalning haqiqiy o‘lchamiga nisbatan chizmasini katta, kichik yoki haqiqiy kattaligida chizishga aytiladi. Masshtablar GOST 2.302-68 (STSEV1180-78)ga muvofiq quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan. Haqiqiy kattalikdagi masshtab 1:1 Kichiklashtirish masshtabi 1:2; 1:2,5; 1:4; 1:5; 1:10; 1:15; 1:20; 1:25; 1:40; 1:50; 1:75; 1:100; 1:200; 1:400; 1:500 va x.k Kattalashtirish masshtabi 2:1; 2,5:1; 4:1; 5:1; 10:1; 20:1; 40:1; 50:1; 100:1 Standart tomondan belgilanmagan masshtablarni qo‘llash mutlaqo mumkin emas. Masshtab chizmada alohida ko‘rinishlar, ayrim chizmalar uchun M1:4; M1:4; M2:1 va h.k. deb yozish mumkin. Asosiy yozuv grafasida masshtab qo‘yilsa chizma qog‘ozidagi barcha chizmaga tegishli hisoblanadi. Shuni esda tutish kerakki, chizma qanday masshtabda chizilmasin, chizmada detalning haqiqiy o‘lchamlar qo‘yiladi. Chizma shriftlar Chizma shriftlar. Barcha harf va raqamlarning bir xil yozilishi uchun umumiy qiyofa beradigan grafikaviy belgilar yig‘indisi shrift deyiladi. Har qanday chizmani bajarganda yozuv ishlatilmasa, chizma haqida to‘liq tushuncha hosil qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun buyum chizmasiga uning nomi, materiali, o‘lchamlari, kim tomonidan bajarilganligi va boshqa ma’lumotlarni chiroyli bir xilda yozish kerak bo‘ladi. Sanoatning barcha tarmoqlarida va qurilish chizmalarida texnikaviy hujjatlarda yozuvlar, davlat standarti GOST 2.304-81 (ST.SEV851-78)ga muvofiq bajariladi. Standartda shriftning quyidagi turlari belgilangan: A turdagi: - qiyalatmay tik holatda yoziladigan shrift; - taxminan 75 0 qiyalatib yoziladigan shrift. B turdagi: - qiyalatmay tik holatda yoziladigan shrift; - taxminan 75 0 qiyalatib yoziladigan shrift. O‘quv chizmalarida qiya shrift ko‘proq qo‘llaniladi. Shriftlar balandligi h bilan belgilanib, A turdagi shrift yozish uchun bosh harf balandligi h, 14 bo‘lakka (h/14), B turdagi shrift yozish uchun esa h, 10 bo‘lakka (h/10) bo‘linadi(1.13- rasm). Shrift o‘lchamlari bosh harfning balandligi bilan aytiladi, masalan 10-shrift deyilsa, bosh harfning balandligi h = 10 mm bo‘ladi. Davlat standartida chizma shriftning o‘lchamlari: 1,8; 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; 28; 40; qilib belgilangan. Bunda 1,8 shriftni qo‘llash tavsiya etilmaydi, faqat B turdagi shrift uchun qo‘llash mumkin. O‘lchami 2,5 bo‘lgan yozuvlar esa bosh harflarda yoziladi. 1.13-rasm. Harflar qalinligi, katak qalinligi d = (1/10h) ga, oralaridagi masofa a ga, eni g ga teng. Yozma (kichik) harflar balandligi esa c ga teng (1.14-rasm). Yozuvlarni yozishda shu qog‘oz chizig‘idan foydalanib harflar uchun joy ajratish va shrift o‘lchamini tanlab olish kerak. Agar yozuv yirik bo‘lsa, ya’ni harflar balandligi 7 mm dan katta bo‘lsa, quyidagicha ish tutiladi: 1) harf balandligiga mos qilib ikkita parallel chiziq o‘tkaziladi; 2) hamma harflar qiyaligi, ularning orasi qog‘oz chizig‘i yordamida va so‘zlar orasidagi oraliqlari belgilanib chiqiladi: 3) yasalgan to‘rtburchaklar ichiga tegishli harflarni yozib chiqiladi (1.15- a,rasm). Yozuvlarning bu tartibdagi ko‘rsatilishi yirik yozuvlarga ham mayda yozuvlarga ham tegishlidir. Keyinchalik shrift yaxshi o‘rganilgandan so‘ng, mayda yozuvlarni yozishda har bir harf va raqamlar uchun to‘rtburchaklar yasab o‘tirmasdan, shu shrift uchun qabul qilingan qiyalikda bir necha ixtiyoriy parallel to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazib yozish mumkin. Shriftlar mukammal o‘rganilgandan keyin yordamchi shtrixlarni o‘tkazmaslik mumkin, biroq yozuvning balandligini belgilovchi parallel chiziqni albatta o‘tkazish zarur. Harf va raqamlar konstruksiyasini yaxshi o‘rgangandan keyin, ularning enini, orasini ko‘zda chamalab yozish mumkin. 1.15-b,rasmda asosiy qiya shrift yozish namunasi keltirilgan. 1.16-rasmda esa lotin alfavitini, rim raqamlari va har xil belgilar ko‘rsatilgan. B turdagi shrift o‘lchamlari 3-jadvalda keltirilgan. 1.14-rasm. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling