1-mavzu: dinshunoslik faniga kirish
Download 0.89 Mb.
|
dinshunoslik majmua
Magiya (sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g‘ayritabiiy yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir.
Sexrgarlik harakatining shakllari turlicha bo‘lib, ular turmushning har xil sohalarida qo‘llanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiqarish magiyasi, dushmanni engish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. Mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan magik qarakatlar ibtidoiy odamlar hayotida alohida o‘rin egallagan, ya’ni ular tirikchilikka kerak bo‘lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog‘liq bo‘lgan magik harakatlarni bajarganlar. Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob’ekti va sub’ekti diniy jamoalardir, ular diniy e’tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang‘ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 1) diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a’zolari orasidagi o‘zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning birligi. Diniy jamoalarning tuzilishi an’analar va urf-odatlar, ququq yoki umumiy dasturlar, qoida, fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar asosida rasmiy va norasmiy guruxlarga: -"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va’zxonlar" ga, diniy va xo‘jalik, moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi. Muayyan sharoitlarda diniy jamoa ko‘shnichilik, qishloq va mahallachilik jamoasiga mos kelgan. Bunda dindorlik darajasi yuqori va chukur bo‘ladi. Jamiyatning taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy munosabatlar tarmokdanadi. Unda shaharning mavqei ortib borgan sari turli axloqiy va milliy guruxdardan tashkil topgan ishlab chiqarish jamoalari hosil bo‘lgan va ko‘payib borgan sari diniy jamoalar mustaqil tus olgan. Hozir ham shunday. Masalan, islomda dastlabki musulmon jamoasi 622 yili Madinada muhojirlar va ansorlardan iborat holda tashkil topgan. Ko‘p hollarda diniy birlik geografik joylashish jihatidan etnik birlikka mos kelgani uchun din etnik milliy birlik ma’nosini ham anglatgan. Islomdagi mavjud qonunlarga binoan 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro diniy jamoa a’zosi bo‘la oladi. Bunday jamoa kamida 100 mo‘mindan iborat bo‘lishi lozim, aks holda diniy guruh deb hisoblanmaydi. Diniy uyushmalar faoliyati o‘z a’zolarining yashayotgan joyi bilan cheklanadi. U ixtieriy va mustakil tashkilot bo‘lib, moddiy jihatdan ham o‘z-o‘zini ta’minlaydi. Diniy ishlarni boshqarish, diniy mol-mulk va pul mablag‘lari bilan bog‘liq vazifalarni bajarish, tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun diniy uyushma a’zolari o‘z orasidan ijroiya organini saylaydi. Diniy tashkilot bu dinga ishonuvchilarning va diniy jamoalarning uyushmasidir. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling