1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ibtidoiy va milliy dinlar


Zardushtiylik dini. Avesto - xalqimiz diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bebaho ma’naviy meros


Download 206.71 Kb.
bet20/25
Sana13.03.2023
Hajmi206.71 Kb.
#1265901
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
1 маъруза Л Диншунослик фанининг предмети, миллий динлар 2022 2023

Zardushtiylik dini. Avesto - xalqimiz diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bebaho ma’naviy meros.

Zardushtiylik ta’limoti qadimgi Turon jahon sivilizatsiyasining yirik markazlaridan biri ekanligidan dalolat beradi.


Markaziy Osiyo xalqlarining jahonda keng e’tirof etilgan boy ma’naviy merosining eng yuksak namunasi – Avesto jahon sivilizatsiyasiga salmoqli ta’sir kо‘rsatgan, umuminsoniy qadriyat darajasiga kо‘tarilgan buyuk asardir. Zardushtiylikning muqaddas kitobi sifatida deyarli uch ming yil muqaddam yozilgan Avesto xalqimizning islomgacha bо‘lgan ma’naviy madaniyatini о‘rganish uchun bebaho manba hisoblanadi.
Zardushtiylik mil.av.8-7a. quyi Amudaryo hududlarida vujudga kelgan yakkahudolik dini bо‘lib, bu davrda turli hudolarga sajda qiluvchi qabilalar о‘rtasidagi ziddiyatlar natijasida jamiyat parchalanib ketayotgan ichki qarama-qarshiliklar kuchaygan davr edi. Mamlakat inqirozining oldini olish uchun, qabilalar о‘rtasidagi ziddiyatlarga barham berish, umumiy manfaatlarni targ‘ib qiluvchi g‘oyalar yaratish zaruriyati vujudga keldi. Bu ta’limot
1-chidan, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini saqlab qolish uchun hizmat qilish,
2-chidan, urug‘ va qabila dinlaridan ustun turuvchi, barcha qabilalar manfatiga mos tushadigan e’tiqod shaklini yaratish,
3-chidan, har qanday qonli urushlarga chek qо‘yish,
4-chidan, mamlakat ichkarisidagi kuchlarni jipslashtiruvchi g‘oyalar tizimini shakllantirish zarur edi.
Bu ta’limot
birinchidan, kо‘phudolikka (politeizm) qarama-qarshi yakka hudolik (monoteizm), ya’ni diniy e’tiqodning yuqori bosqichiga qadam qо‘ydi,
2-chidan, ilgari odamlar hudolar qahridan, ularning dahshatli vayron qiluvchi qudratlari, dahshati ostida sig‘ingan bо‘lsa, endilikda Zardusht odamlarga mehr-shavqat bilan tо‘lgan, yahshilikka undovchi, о‘lgandan sо‘ng mangu farovon hayot va’da qiluvchi Ahura Mazdaga ibodat qilishga chaqirdi.
Zardushtiylik ta’limotiga kо‘ra, bu din vahy orqali nozil bо‘lgan. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng kо‘p ta’sir о‘tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ustidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g‘oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan о‘zlashtirildi. Aytib о‘tish joizki, ushbu din paydo bо‘lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha tо‘liq yechilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg‘ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi.
Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zardust, Zoroastr kо‘rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar о‘rtasida Zardushtning tarixda bо‘lgan yoki bо‘lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bо‘lgan kо‘pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi.
Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joy xususida ikki xil qarash bor.
Birinchisi – «G‘arb nazariyasi» bо‘lib, unga kо‘ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning Qadimgi Eron hududlarida keng tarqalganligi bо‘lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida bо‘lganligidir. E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil. av. VI asrdan to mil. VII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va О‘rta Sharqda davlat dini maqomida bо‘lgan.
Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bо‘lib, unga kо‘ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Kо‘pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog‘langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», ­ deyiladi.
«Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga tо‘g‘ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakat va najot» sohibi bо‘lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mо‘l» Sug‘d, «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland kо‘tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi



Download 206.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling