1-mavzu: Diplomatika ilmiy, nazariy va amaliy fan sohasi sifatida. Diplomatika o‘quv fanining maqsadi, vazifalari metodologik asoslari. Reja


Download 386.35 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi386.35 Kb.
#192412
Bog'liq
1 mavzu(1)



FAN DASTURIGA MUVOFIQ MA’RUZA MATNI 

1-mavzu: Diplomatika ilmiy, nazariy va amaliy fan sohasi sifatida. 

Diplomatika o‘quv fanining maqsadi, vazifalari metodologik asoslari.  

Reja: 

1.  Diplomatika ilmiy, nazariy va amaliy fan sohasi sifatida 

2.  Diplomatika o‘quv fanining maqsadi, vazifalari metodologik asoslari. 

3.  Diplomatika fanining tarixni o’rganishdagi o’rni 

Ushbu fan Markaziy Osiyo xududida  hujjatshunoslikning vujudga kelishi va 

rivojlanishi davlatchilik  tarixi bilan, kichik va katta davlat tashkilotlarining barpo 

qilinishi  bilan  bog‘liq.  Markaziy  Osiyoda  yozuv  paydo  bo‘lishi  bilan  muhim 

voqea-hodisalarni qandaydir qattiq narsalarga – devor, tosh, sopol buyumlar, metal 

taxtacha,  yog‘och  va  yog‘och  taxtachalarga  qayd  qilib  borish  an’analari  paydo 

bo‘ldi.  Shunday  qilib,  muhim  voqealar  hujjatlashtirilib  borilgan  va  hujjatlarni 

saqlash an’anasi paydo bo‘lgan.  

  Zarafshon  daryosining  yuqori  qismida  so‘g‘d  hujjatlarining  ulkan  arxivi  

topilgan.  Tarix  fanida  bu  arxiv  “Mug‘  tog‘i  sug‘d  hujjatlari”  nomi  bilan  ataladi. 

Arablar  bosqinidan  keyin  devonxona  ish  yuritish  va  arxivlashtirish  ishlari  yanada 

rivojlandi va kengaydi. Ayniqsa, ma’muriy-xo‘jalik tizimi rivojlangan somoniylar 

davlatidagi davlat boshqaruvini alohida ko‘rsatish mumkin. 

  O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlarda devonxona 

ish yuritishi va hujjatchiliki keng tarqalgan.  

Diplomatika-yordamchi  tarixiy  fan  bo’lib,  tarixiy  aktlar  asosan  yuridik 

hujjatlarni  o’rganadi.  Mazkur  fanning  asosiy  vazifasi  muhim  hujjatlarni  bugungi 

kunga qadar saqlaydi. 

Kursimizning  maqsad  va 

vazifasi 

Markaziy 

Osiyoda 

hujjatshunoslikning 

shakllanishi  va  yo‘lga 

qo‘yilishi, 

hujjat 

yuritishi 

tarixini 

o‘rganishdir. 

 Hujjatshunoslik 

 

bu 



yangi 

davrda 


paydo 

bo‘lgan 


emas. 

Hujjatshunoslik 

bilan 

shug’ullanish    qadimgi 




davrdan boshlab shakllangan. Markaziy Osiyo mintaqasi miloddan avvalgi I ming 

yillikning  birinchi  choragidan,  ya’ni  ilk  temir  davridan  boshlab  xududiy 

davlatchilik  jarayonlariga  kirib  kelgan.  Manbalarda  Xvarasmiya,  Sug‘uda,  Mauri 

(Marg‘iyona),  Baxdi  (Baqtriya),  Sakastana  (Seiston),  Xarxusha  (Oraxosiya)  kabi 

davlat  uyushmalari  haqidagi  ma’lumotlar  xronologik  jihatdan  mil  av.  VII-VI 

asrlarga  taalluqli  siyosiy  tuzilmalar  to‘g‘risida  tasavvur  beradi.  Jahon  miqiyosida 

davlatchilik  va  davlat  hujjatchiligi  tarixi  mil.av.  IV  ming  yillik  oxiri  –  III  ming 

yillik  birinchi  choragidan  boshlab  kuzatiladi.  Lekin  u  davr  hujjatchiligida  amal 

qilgan  yozuv  tasvir  ifodali  ierogliflardang  iborat  edi.  Mesopotamiya  xududlarida 

esa  dastlabki  bo‘g‘inli  panasimon  ieroglif  tizimi  yaratilgan  edi.  Markaziy  Osiyo 

davlatchilik  mahkamaviy  ish  yuritishi  haqida  gap  ketganda,  bu  amaliyot  yozuv 

madaniyatining  yuqori  saviyasini  belgilovchi  alifboli  yozuv  tizimlaridan 

foydalanilgan  va  bu  davr  miloddan  avvalgi  birinchi  ming  yillikning  o‘rtalaridan 

boshlangan. 

Ma’lumki,  Ahmoniylar  saltanati  O‘rta  Osiyo  va  O‘rta  Sharq  mintaqasining 

katta qismini ham o‘z tasarrufiga olgan Bu mintaqada Ahmoniylar davlatida amal 

qilgan  oromiy  yozuvli  hujjatchilik  saqlanib  qolmagan.  Biroq  saltanat  doirasiga 

kirgan  Parfiya,  Xorazm,  So‘g‘d  va  Baqtriya  o‘lkalarida  tez  orada  oromiy  yozuvi 

asosida mahalliy tillarga muvofiqlashgan yangi alifbolar paydo bo‘lgan. Ayni shu 

alifbo  tizimlarida  yozilgan  davlat  hujjatlarini  arxivlashtirish  jarayoni  miloddan 

avvalgi  so‘nggi  asrlarda  va  milodning  I  asridan  boshlab  ko‘zga  tashlanadi. 

Jumladan,  Parfiya,  Kushon,  Xorazm,  So‘g‘d  arxivlari  fikrimizning  dalili  bo‘la 

oladi. 

Ahmoniylar  salatanatida  amal  qilgan  oromiy  yozuvli  va  oromiy  tilli 

hujjatchilik  arxivlari  saltanatning  g‘arbiy  qismiga  taalluqli  bo‘lib,  bizning 

mavzuimizdan tashqaridadir (bular  Elefantin arxivi mil.avvalgi V asr, Suza arxivi 

mil av. VI asr, Persopol arxivi mil.av. V asr va boshqalar).

1

 



Ahmoniylar davlatidagi davlat hujjatlarini arxivlashtirish an’analari Markaziy 

Osiyoga ham  o‘z  ta’sirini  o‘tkazgan. Jumladan, Afg‘oniston shimolidagi Ravatak 

qishlog‘idan kushonlar davriga  oid katta arxiv topilgan U  yerdan 80  yillarda 100 

dan  ortiq  baqtriya  hujjatalri  topilgan,  ular  teri,  mato  va  taxtachalarga  yozilgan. 

1948  yilda  M.E.Masson  rahbarligidagi  Janubiy  Turmaniston  arxeologik 

ekspedisiyasi vakillari Yangi Nisodan bir necha oromiy yozuvli sopol bo‘laklarini 

topishgan  Eski  Nisodagi  vino  omboridan  yozuvlar  bitilgan  sopol  bo‘laklari 

topilgan. Fanga Eski Niso arxivi nomi bilan kirgan parfiya arxiv hujjatlari qadimgi 

tariximizni  o‘rganishda  muhim  manba  bo‘lib  xizmat  qiladi.    O‘rta  Osiyodan 

                                                             

1

 M.A.Dandamaev, V.A.Lukonin. Kultura i ekonomika Drevnego Irana. M., 1980; I.M.Dyakonov. Lyudi goroda 



Ura. M., 1990. 


topilgan Tuproqqal’a arxivi  va So‘g‘d hujjatlari arxivi  tariximizdagi  oq dog‘larni 

to‘ldirishda muhim hujjat hisoblanadi.    

  Zarafshon  daryosining  yuqori  qismida  so‘g‘d  hujjatlarining  ulkan  arxivi  

topilgan.  Tarix  fanida  bu  arxiv  “Mug‘  tog‘i  sug‘d  hujjatlari”  nomi  bilan  ataladi. 

Arablar  bosqinidan  keyin  devonxona  ish  yuritish  va  arxivlashtirish  ishlari  yanada 

rivojlandi va kengaydi. Ayniqsa, ma’muriy-xo‘jalik tizimi rivojlangan somoniylar 

davlatidagi davlat boshqaruvini alohida ko‘rsatish mumkin. 

Tarixdan  ma’lumki,  Buxoroda  IX-X  asrlarda  Abu  Ali  Ibn  Sino  foydalangan 

arxiv  –  kutubxona  bo‘lgan.  Markaziy  Osiyoda    arxivlar  XI-XII  asrlarda  Xorazm 

davlatida,  keyinchalik  Oltin  O‘rda,  Temuriylar,  Shayboniylar,  Ashtarxoniylar 

davrida ham mavjud edi. 

  O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlarda devonxona 

ish  yuritishi  va  arxivlashtirish  ishi  keng  tarqalgan.  Jo‘ybor  shayxlari  arxivi, 

“Buxoro  amiri  Qushbegi”  arxivi,  Xiva  xonligining  Qozilik  arxivi,  Turkiston 

general-gubernatorligi arxivi va boshqa arxivlar qamrab olinadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi o‘zbek xalqining qo‘lyozma 

hujjatlari  saqlanadigan  eng  katta,xiv  xazinasidir.  Bu  yerda  saqlanayotgan  eng 

qadimgi  hujjatlar  vaqfnomalar  bo‘lib,  ular  Chingizxon  bosqingi  davridan 

boshlanadi. Bu arxivdagi hujjatlar XIII asrdan hozirgi kunlargacha bo‘lgan yillarni 

o‘z ichiga oladi. 

Qadimgi  davlatlarning, xonliklarning XIX asrgacha bo‘lgan hujjatli manbalri 

bizgacha to‘liq saqlanmagan. O‘zaro feodal urushlar, vayronagarchiliklar oqibatida 

arxiv  hujjatlari  yo‘q  bo‘lib  ketgan.  Qo‘qon  va  Xiva  xonlari  arxivlari,  Buxoro 

amirligining  qushbegi  hujjatlari  saqlanib  qolgan.  Chor  Rossiyasining  Markaziy 

Osiyoni bosib olgandan keyingi davr arxivlari to‘la saqlanib qolgan. 

Xulosa  shulkim,  mazkur  “arxivshunoslik”  kursida  biz  Markaziy  Osiyoda 

paydo  bo‘lgan  davlatlar  va  ularda  arxiv  ishining  yo‘lga  qo‘yilishi  masalasi  bilan 

tanishamiz va tarix fanini o‘rganishda ulardan foydalanish usullarini o‘rganamiz. 



 

 

Download 386.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling