1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Tarkibida glikozidlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar


Download 1.16 Mb.
bet20/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Tarkibida glikozidlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar
Turli faktorlar ta’sirida qand va qand bо‘lmagan qismlarga parchalanuvchi murakkab organik birikmalar glikozidlar deb ataladi. Qand bо‘lmagan qism aglikon (yunoncha sо‘z bо‘lib, qand emas degan ma’noni bildiradi), ba’zi glikozidlarda yana genin, sapogenin, emodin va boshqa nomlar bilan ataladi. Glikozidlar tarkibida bir (monozidlar), ikki (biozidlar), uch (triozidlar) va undan ortiq monosaxarid molekulasi bо‘lishi mumkin.
Glikozidlar о‘simliklar dunyosida keng tarqalgan bо‘lib, ular о‘simliklarning barcha organlari tо‘qimalarida, hujayra shirasida erigan holda uchraydi. О‘simliklar tarkibida bir nechta glikozidlar bо‘lishi (bitta о‘simlik tarkibida 20 dan ortiq ayrim-ayrim glikozidlar bо‘lishi) mumkin. Ba’zan bitta yoki bir xil kimyoviy tuzilishdagi bir guruh glikozidlar butun bir oilaga (yoki botanik bir-biriga yaqin bо‘lgan qardosh oilalarga) xos bо‘lib, ular shu oilaga kiradigan turlarda keng tarqaladi (masalan, amigdalin glikozid ra’noguldoshlar, tioglikozidlar esa karamguldoshlar (krestguldoshlar) oilalari turlarida).
Glikozidlar о‘simlik tо‘qimalarida bо‘ladigan moddalar almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. Glikozidlarga uglevodlarning zahira holda yig‘ilgan shakllardan biri deb ham qaraladi.
Xantal urug‘i, achchiq bodom urug‘i, qoqi ildizi, angishvonagul bargi, nashasimon kendir ildizpoyasi va ildizi, qizilmiya ildizi, jenshen ildizi, buyrak choy bargi, sigirquyruq guli, soxtakashtan urug‘ida glikozidlar uchraydi.
Glikozidlarning kimyoviy xossalari va analiz qilish usullari aglikonlarning tuzilishiga bog‘liq. Aglikonlarning kimyoviy tuzilishi turlicha bо‘lganligi uchun analiz usullari ham turlichadir. Glikozidlarning terapevtik ta’siri ham ularning aglikonlariga bog‘liqdir. Qand qismi aglikonlarni (demak, glikozid molekulasini) suvda erishini hamda hayvonlar organizmida shimilishini, ya’ni organizmga ta’sir qilishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, ba’zi monosaxaridlar ayrim aglikonlarni ta’sir kuchini oshirishi yoki aksincha pasaytirishi mumkin.
Tarkibida glikozid saqlovchi о‘simliklar shu glikozidlar aglikonining kimyoviy tuzilishiga qarab sinflarga bо‘linadi:

  • Tarkibida tioglikozidlar bо‘lgan (xantal urug‘i);

  • Tarkibida sianogen glikozidlar bо‘lgan (achchiq bodom urug‘i);

  • Tarkibida monoterpen (achchiq) glikozidlar bо‘lgan (qoqi ildizi);

  • Tarkibida steroid (yurak) glikozidlari bо‘lgan (angishvonagul bargi, nashasimon kendir ildizi va ildizpoyasi);

  • Tarkibida triterpin glikozidlar (saponinlar) bо‘lgan (qizilmiya, jenshen ildizi, buyrak choy bargi);

  • Tarkibida fenolglikozidlar bо‘lgan;

  • Tarkibida antraglikozidlar bо‘lgan;

  • Tarkibida flavon glikozidlar bо‘lgan va boshqalar.


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling