1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi


-mavzu. Eronning iqtisodiy-geografik o‘rni, tabiiy resurslari, aholisi va xo‘jaligi


Download 240.08 Kb.
bet23/34
Sana20.11.2023
Hajmi240.08 Kb.
#1787887
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi-fayllar.org

23-mavzu. Eronning iqtisodiy-geografik o‘rni, tabiiy resurslari, aholisi va xo‘jaligi.
Eron Islom Respublikasi Osiyoning Janubi-G‘arbida joylashgan mamlakat. Eron bilan shimoli-g‘arbdan chega­ralanuvchi Turkiyadan, sharqdagi Afg‘oniston va Pokistondan, g‘arbdagi Iroqdan maydon jihatidan ustun turadi. Agar Yevropa davlatlari bilan taqqoslasa, u holda Angliya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Shvesariyani birga qo‘shib olganda Eron xududiga teng bo‘ladi. Osiyo davlatlaridan faqat Xitoy va Hindiston maydondan kichik.

G‘arbdan Iroq (1458 km) va Turkiya bilan (499 km), shimolda Turkmaniston (992 km), Ozarbayjon (611 km) va Armaniston bilan (35 km), Sharqda Afg‘oniston (936 km) va Pokiston (909 km) bilan, janubda Fors ko‘rfazi va Ormuz bo‘g‘ozi suvlari bilan, shimolda Kaspiy dengizi suvlari bilan yuvilib turadi. Chegarasining umumiy uzunligi 5440 km, sohilbo‘yining uzunligi 2440 km (Kaspiy dengizi sohillarining uzunligi 740 km). Eron xududining umumiy maydoni 1.648.000 km ², shu jumladan quruqlik maydoni 1.636.000 km ². Mamlakat poytaxti – Tehron.


Eron rivojlanishning kapitalistik yo‘lini tanlagan rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Neftdan kelayotgan katta daromadga tayanib mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar o‘tkazildi. So‘nggi yillarda Eron xo‘jaligini rivojlantirishda katta yutuqlarga erishdi, endilikda qoloq mamlakatdan agrar-industrial mamlakatga aylandi.
Neft savdosidan tushayotgan katta miqdordagi chet el valyutasini Eron sanoatini rivojlantirishga sarflamoqda. Sanoatning yangi tarmoqlari tashkil qilindi, jumladan neftkimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik, aviatsiya, har­biy, metallurgiya sanoatlari rivojlandi. Eron rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam beruvchi mamlakatga aylandi.
Eron Janubi-G‘arbiy Osiyo­dagi Eron tog‘ligining katta qismini egalaydi. Eron tog‘ligining ⅔ qismi Eronda joylashgan. Eronning eng chekka shimoli-g‘arbida Armaniston tog‘ligining janubi-sharqiy qismi o‘tadi.
Eron tog‘ligining ichki qismi baland tekkisliklar, tog‘ zanjirlari va tog‘lararo botiqlarning almashinib kelishini o‘zida aks ettiradi. Eron tog‘ligi­ning katta qismi 1000-2000 m balandlikka ega. U tog‘ tizmaslari shimolda Elbrus tog‘ tizmasi, sharqda davomi bo‘lgan Turkman-Xurosan tog‘lari, janubda va janubi-g‘arbda Mekron va Zagros tog‘lari bilan o‘ralgan.
Ichki Eronning shimoliy qismini yer yuzida eng hayotsiz cho‘llardan biri Dashti-Kebir egallagan. U deyarli Tehron darvozasidan boshlanib g‘arbdan sharqqa 400 km ga cho‘zilib, kengligi 250 km ga yetadi. U bir qator sho‘rxok cho‘kmalaridan tashkil topgan. Ularning balandligi 600-800 m.
Eron sharqida qAQSHatqich va quruq cho‘l Dashti-Lut cho‘zilgan. Uning g‘arbiy qismi glinali va toshloqlardan, sharqiy qismi balandligi 200 m ga yetuvchi barxan qum cho‘lidan iborat. Qum bo‘ronlari vaqtida harakatlanuvchi qumlar karvonlarni o‘tishini qiyinlashtiradi, quduqlarni to‘ldiradi. Uning uzunligi 550 km, eni 200 km ga yetadi. Bu yerda tagi yassi bo‘lgan balandligi 200-250 m ni tashkil qilgan oqmas cho‘kmalar almashinib turadi. Barxan va qum qatorlari, taqir va sho‘rxok yerlar ustun turadi. Siyrak vohalar kuzatiladi.
Eron Janubi-G‘arbiy Osiyoning eng ko‘p millatli mamlakakatlaridan biri. Bu yerda 30 dan ortiq yirik va mayda xalqlar yashaydi, agar ellat va qabila guruhlarini olsak bu son yanada ko‘payadi.
Eron xalqining ko‘pchiligi eron guruhining hinduyevropa tillar oilasiga kiradi. Bu guruhga forslar (51%), gilonlar, mozondariylar(8%), kurdlar(7%), lurlar(2%), balujilar (2%), baxtiyorlar, tolishlar, tatlar, hazoriylar, jamshidlar, armanlar, afg‘onlar, tojiklar kiradi. Ikkinchi guruh tyurk guruhining oltoy tillar oilasiga kiruvchilar ozorlar (24%), turkmanlar (2%), qoshg‘aylar, kajarlar, afshorlar, shohsevanlar, qorapapahlar, nafarlar, hurosonlar, baharlular, eynalular kiradi. Uchinchi guruh semit guruhining semito-hamit tillar oilasiga arablar (3%) va ossuriylar kiradi. To‘rtinchi kartvel guruhining kavkaz tillar oilasiga gruzinlar kiradi.
Eronning ko‘p millatliligiga uning qadimiy va o‘rta asrlardagi hukm­ronlarining bosqinchilik siyosati, o‘z hukmronligiga ko‘pgina har xil tilli qabila va xalqlarni qo‘shib olishi, shuningdek shunday bosqinchiliklarni bir nechtasini o‘z boshidan o‘tkazishi sabab bo‘lgan.
Mamlakatning asosiy etnik birligi forslar (eronliklar). Eronning mar­kaziy va janubiy tumanlarida to‘plangan, eronliklar joylashgan tuman­lar­ning shimolida ularga etnik jihatidan yaqin gilonlar, mozandoriylar va tolishlar yashaydi, g‘arbda - kurdlar, lurlar va baxtiyorlar, sharqda - afg‘on, balujiylar, xazoriylar va tojiklar yashaydi. Ozorlar Ozarbayjon Respub­likasi bilan che­garadosh bo‘lgan Eronning shimoli-g‘arbida yashaydi. Ular­ga qardosh bo‘l­gan yarim ko‘chmanchi va o‘troq qabilalardan afshor­lar, shoxsevanlar, qorapapahlar ham shu yerda yashaydilar. Mamlakatning janubida qoshg‘aylar va ba’zi bir tyurk ko‘chmanchi qabilalar, shuningdek arablar yashaydi.
Eronning yagona davlat tili fors tili hisoblanadi (58%). Hamma rasmiy ishlar, maktab va oily o‘quv yurtlarida darslar fors tilida olib boriladi. Boshqa tarqalgan tillardan tyurk (26%), kurd (9%), turk (1%), arab (1%), lur (2%), baluj (1%), boshqa tillarda 2%.
Eronning davlat dini islom dini bo‘lib (99%), shundan shialar 89% va 10% sunniylar tashkil etadi, oz qismi (1%) zardushtiylar, yaxudiylar, xristanlar tashkil etadi. Shialik mamlakat dini deb 1502-yilda Safoviylar hukumatining asoschisi Ismoil I tomonidan e’lon qilingan. Eronda shialik­ka forslar, ozorlar, gilonlar, mozondariylar, lurlar, baxtiyorlar, qoshg‘aylar, shoxsevanlar, tolishlar, kurdlar va arablarning bir qismi e’tiqod qiladi. Sunniylikka afg‘onlar, balujiylar, kurdlar va arablarning bir qismi, turkmanlar, jamshidlar e’tiqod qiladi.
Eronning aholi soni 2007-yil ma’lumoti bo‘yicha 72 mln kishini tashkil etadi. 70- yillarda mamlakat aholisi 34 mln. kishini tashkil etganda olimlar bashorati bo‘yicha 2000-yili uning soni 60 mln. kishidan ortish kerakligini bildirishgan. Ko‘rib turibsizki oxirgi yillarda Eronning aholisi tez ko‘pay­moqda. Aholining tabiiy o‘sishi taxminan 0,72%ni tashkil etadi. Aholining o‘sishiga emigratsiya va imigratsiya unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi.
1933 yilda Eronning aholi soni 15 mln. kishi, 1956-yil – 18,9 mln. kishi, 1977-yil – 34 mln. kishi, 1995-yil – 64,6 mln. kishini tashkil qilgan. 23 yil mobaynida (1933 – 1956 y) mamlakatning aholi soni 3,9 mln. kishiga ko‘paydi, 1957 – 1977 y (20 yil) 15,1 mln. kishiga va oxirgi 18 yilda 1977 – 1995 y 30,6 mln kishiga ko‘paydi.
Tug‘ilish har 1000 kishiga-16,83 bola, o‘lim har 1000 kishiga-5,55 tani tashkil etadi, (bolalar o‘limi har 1000 ta bolaga – 41,58 tasi o‘ladi). O‘rtacha umr ko‘rish-erkaklarda-68,31 yosh, ayollarda – 71,07 yosh. Har bir ayolga o‘rtacha 1,82 tug‘ilgan bola to‘g‘ri keladi. iqtisodiy faol aholi 23.68 mln kishi, shundan qishloq xo‘jaligida – 33%, sanoatda – 25%, xizmat ko‘rsatishda – 42% aholi band, ishsizlik – 11,2%. Yosh tarkibi: 0-14 yoshgacha – 28%, 15-64 yoshgacha – 67,2%, 65 va undan yuqori – 4,8%.
Ikkinchi jahon urushiga qadar qishloq xo‘jaligida feodal va yarimfeodal munosabatlar hukmron bo‘lgan edi. Eron agrar mamlakat edi. Og‘ir sanoatda faqat neft qazib olish rivojlangan edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin kapitalistik munosabatlar tez rivojlandi. 60-yillarning birinchi yarmida Eron hukumati agrar islohot o‘tkazishga kirishdi va mamlakatning industriallashtirish yo‘lini tutdi. Sanoatda davlat sektori kengaytirildi (yirik metallurgiya va mashinasozlik korxonalari barpo qilindi). Eron iqtisodida neft sanoati muhim rol o‘ynaydi. Investisiya va ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijasida iqtisodiy rivojlanish sur’ati tezlashib Eron rivojlanayotgan mamlakatlar orasida oldingi o‘rinlarga chiqib oldi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga uning sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa sotsialistik mamlakatlar bilan iqtsodiy va texnikaviy hamokorligi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Eronda sanoatning o‘sishi natijasida qishloq xo‘jaligining xissasi ancha kamaydi. Qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodining muhim tarmog‘i hisoblanadi. 1962-yilda Eron hukumati tomonidan ishlab chiqilib, 1963-yil 26-yanvarda ijtimoiy- iqtisodiy islohatlar referendumi tasdiqlandi. U”oq inqilob” “yoki oltinchi baxman” inqilobi deb nomlanadi. Unda yer islohatlari, o‘rmon va yaylovlarni milliylashtirish, yer islohatlarini moliya­lashtirish uchun, davlat korxonalarini xususiylashtirish uchun sotish masalalariga tegishli edi.
To‘qimachilik, poyafzal, shisha sanoat tarmoqlarining ahvoli murakkabligicha qolmoqda. Bu tarmoqlarda Eron va xorij ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida keskin kurash ketmoqda. Asosan Xitoydan kirib keluvchi katta miqdordagi kontrabanda mahsulotlari salbiy ta’sir ko‘rsat­moqda. So‘nggi vaqtlarda Eron matbuotida yengil sanoat korxonalarining soliq to‘lovlarida imtiyozlarni ko‘rib chiqish mumkinligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi. Poyafzal, to‘qimachilik va trikotaj tarmoq korxo­nalari bundan holi bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan korxona egalari soliq imtiyozlaridan mahrum bo‘lishdan qo‘rqib, zudlik bilan ishlab chiqarish tarmoqlarini Erondan BAAda ko‘chirishmoqda.
Eronning to‘qimachilik sanoati mahsulotlari 30 yil ilgari Yevropa bozorlarida Eron eksportining asosiy mahsuloti hisoblanar edi, hozirgi vaqtda esa hattoki ichki bozor ehtiyojlarini to‘liq hajmda qondira olmayap­ti. Eron agentligi “Mouj” ning xabar berishicha tarmoq duch kelayotgan asosiy muammolar qatoriga joriy yilda korxonlar aylanma mablag‘larining qisqarishi, o‘tgan yili ishlab chiqarishning past hajmi, bir qator to‘qima­chilik korxonalarini yopilishi, qishki mavsumda yoqilg‘i muammosi va boshqalarga taalluqli.
Eronda agrar islohatlar hayotga tadbiq qilungunga qadar yirik yarim feodal pomeshchik yirik yer egaligi davlati edi. Shox va uning oilasiga, pomeshchiklarga, qabila boshliqlariga, oliy tabaqalilarga, ya’ni mamla­kat­ning 1% aholisini tashkil etuvchilarga qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar­ning 80%dan ortig‘i tegishli edi. Mayda yer egaligiga esa yerlarning 12%gina to‘g‘ri kelar edi.70% dehqonlar yerga ega emasdilar. Agrar islohatlarning maqsadi pomeshchik yer egaligini tugatish emas, faqat uni cheklash, aniqrogi yarim feodal asosidagi yirik yer egaligini tugatish edi. Yer islohatlari 2,9 mln dehqon oilalarga (15 mln kishi) kichik yer uchastkalari, o‘rtacha bir oilaga 2-2,4 gadan yer ajratib berdi.Agrar islohatlar Eron qishloqlarida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi. Qishloq xo‘jaligida texnika ta’minoti oshdi, mineral o‘g‘itlarni qo‘llash ko‘paydi. Agrar o‘zgarishlar ozmi-ko‘pmi siljishlarga olib keldi. 1970-yillarga kelib g‘alla importyoridan eksportyoriga aylandi. G‘alla, arpa, sholi, mevalar va sabzovotlar yetishtirish ko‘paydi. Ekin maydonlari kengaytirildi. 12 ta yangi to‘g‘onlarning ishga tushirilishi ishlov berila­digan yerlar maydonining kengayshiga olib keldi. 1975-76 yillarda 2860 qishloq xo‘jalik kooperativlar mavjud edi.
Ekin maydonlarining 40%ga yaqini sug‘orma yerlardir. Qishloq xo‘ja­ligi mahsulotlarining asosiy qismi shu yerlarda yetishtiriladi. Sug‘orish uchun suv turli manbaalardan olinadi: chuqur quduqlar, Qorachoy, Sefid­rud, Diz va Qorin daryolari, shuningdek an’anaviy yer osti korizlar suvi hisobiga sug‘oriladi. 1968-yil suv manbalarini milliylashtirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Suv ta’minotini yaxshilash uchun hukumat tomonidan bir qancha to‘gon va irrigatsiya inshootlari barpo qilindi.
Dehqonchilik. Dehkonchilikka yaroqli yerlar 17 mln.ga, shundan 11 mln.ga lalmi yerlardir. Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i - dehqonchilik (qishloq xo‘jalik mahsuloti qiymatining 60%) hisoblanadi. Noqulay tabiiy omillar, jumladan quruq iqlim va tog‘li relyef dehqonchilikda faqat 10% yerlardan foydalanishga imkonini beradi. Asosiy oziq-ovqat ekini bug‘doy (jami ekin maydonining 60%). Shuningdek arpa, sholi, dukkaklilar ham ekila­di. Sholi hosilining 80%i Kaspiy bo‘yi viloyatlari Gilon va Mozan­daronda yetishtiriladi. Dukkatli ekinlarning yarmidan ko‘progi mamlakat shimoli va Isfaxon ostonida yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan paxta, qandlavlagi, tamaki, shakarqamish,choy, kanop,kunjut yetishtiriladi. Bog‘­dor­chilikda o‘rik, shaftoli, anjir, pista, xurmo, bexi, anor, sitrus mevalar, banan, mango, yong‘oq va x.k.lar yetishtiriladi. Uzumchilik, sabzavotchilik va polizchilk bilan mamlakatning hamma qismida shug‘ullaniladi.
Chorvachilik. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishda milliy daromadining ⅓ qismi ekstensiv chorvadorlikka to‘g‘ri keladi. Chorvachilik bilan asosan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalar shug‘ullanadi. Bu ularning asosiy trikchilik manbaasidir. Chorvachilik butun yil davomida oyoq ostidagi ozuqa bilan ta’minlangan: qishda ular vodiy va dasht tekislik­lariga, yozda esa tog‘ yonbag‘irlariga haydaladi. Chorvachilikning asosiy rayonlari: mamlakatning shimoli-g‘arbi, markazi va janubi-sharqi. Mam­lakatning shimoliy rayonlarida qorabax, tekin, arab, turkman zotli otlar ko‘paytiriladi. Yirik shaharlar atrofida zamonaviy parrandachilik fabrika­lari va sut fermalari qurilgan. Baliqchilik bilan Kaspiy dengizi va Fors ko‘rfazi sohilbo‘yida shug‘ullaniladi. Kaspiy dengizidan osyotr baliqlari ko‘plab ovlanadi. Eron qora ikra eksport qiladi. Ummon va Fors ko‘rfa­zidan dur olib chiqiladi.
Davlat mulkiga aylantirilgan o‘rmonlar 18 mln.ga maydonni egal­laydi. Uning 10%igina xo‘jalik ahamiyatiga ega. Yiliga Elbursning shimo­liy yonbag‘rlarida o‘suvchi qimmatbaho kengbargli o‘rmonlardagi qattiq yog‘ochli taxtalar 1,8 mln m³ atrofida tayyorlanadi. O‘tmishda daraxtlarni tartibsiz kesib tashlanishi natijasida o‘rmon resurslari zahirasini kamayi­shiga olib keldi. Biroq o‘rmonlarni kesilishi u milliylashtirilgandan keyin ham davom etmoqda. Bu jarayon esa ba’zi markaziy rayonlarda cho‘l­lashishga olib kelmoqda.


Download 240.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling