1-mavzu. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar. Populyatsiyalar ekologiyasi

Umumiy ekologiya to’rt bo’limga bo’lib o’rganiladi: autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera

Download 0.97 Mb.
bet3/5
Sana15.02.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1202624
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu slayd

Umumiy ekologiya to’rt bo’limga bo’lib o’rganiladi: autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera.

1. Autekologiya ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o’zaro munosabatini, turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini o’rganadi. 2. Populyatsiyalar ekologiyasi populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasi, ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi. 3. Sinekologiya biogeotsenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simlik va hayvon turlarining o’zaro aloqasini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini o’rganadi. 4. Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi ta’limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya’ni Yer qobig’idagi mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi.

Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o’ta kengayib ketdi. Fanga “inson ekologiya”si degan atama ham kirib keldi. Insonni tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil amerikalik olimlar Borjes va Park tomonidan kiritildi. Dastlab inson ekologiyasi tibbiy soha bo’limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, me’moriy, iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o’rganildi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling