1-mavzu. Ekonometrik modellashtirish asoslari


Download 45.46 Kb.
bet1/7
Sana18.03.2023
Hajmi45.46 Kb.
#1283445
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu - ma\'ruza - Ekonometrik modellshtirish asoslari


1-MAVZU. EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH ASOSLARI
Reja:
1. Ekonometrikaga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
2. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi.
3. Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o’zgaruvchilar.
4. Ekonometrik modellashtirish bosqichlari.

Tayanch iboralar: Ekonometrik bilimlar, model, modellashtirish, iqtisodiy model, modellashtirishning zarurligi, modellashtirish bosqichlari


1. Ekonometrikaga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
Ekonometrika - fanda juda tez rivojlanuvсhi soha bo’lib, uning maqsadi iqtisodiy munosabatlarga miqdoriy o’lсhamlarni berishdan iborat. “Ekonometrika” iborasi (so’zi) 1910 yilda (Avstro-Vengriya) buxgalter P.Tsemp tomonidan kiritilgan (u “ekonometriya” degan). Tsemp, “Agar buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga algebriya va geometriya usullarini qo’llansa, u holda xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo’lish mumkin” deb ta’kidlagan. Ushbu ibora ko’p vaqt davomida ishlatilmagan bo’lsada, “ekonometrika” iborasi iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi.
Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi. “Ekonometrika” so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika” so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o’zida ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak, ekonometrika iqtisodiy hodisalarni o’lchash va tahlil qilish haqidagi fandir.
Ekonometrik bilimlar iqtisodiy nazariya, iqtisodiy matematika, iqtisodiy statistika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kabi fanlarning o’zaro bog’liqligi va rivojlanishining natijasi sifatida ajralib chiqqan va shakllangan.
Ekonometrika o’zining predmeti, maqsadi va tadqiqot masalalarini shakllantirdi. Shu bilan birga ekonometrikaning mazmuni, uning tarkibi va qo’llanilish sohasi yuqorida keltirilgan fanlar bilan doimo aloqada bo’ladi.1
Ekonometrikaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi quyidagilarda namoyon bo’ladi (1.1.-rasm).


Download 45.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling