1-mavzu: elektr zanjirlari va ularni elementlari


O`zgarmas tok mashinalari


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/58
Sana17.08.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1667761
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Bog'liq
elektrotexnika va elektronika [uzsmart.uz]

 
O`zgarmas tok mashinalari. O`zgarmas tok mashinalari ham generator ham dvigatel bo`lib 
ishlay oladi. 
4-rasm. O`zgarmas tok mashinalari tuzlishini tushuntiruvchi chizma. 
1-induktor (stator); 2-yakor (rotor); 3-kollektor. 


62 
Tok yakordan tashqi zanjirga, yoki tashqi zanjirdan yakorga bir yo`nalishda oqishi uchun 
o`zgarmas tok mashinalarida kollektordan foydalaniladi. Elektr toki kollektorga va kollektordan 
shetkalar orqali oqadi. 
Qo`zg`atish cho`lg`amini tok bilan ta`minlash bo`yicha o`zgarmas tok mashinalari 
quyidagilarga bo`linadi (5-rasm). 
1. 
– Mustaqil qo`zgatiluvchi, bunda qo`zg`atish cho`lg`ami tashqi tok manbaidan tok 
oladi; 
2. 
– Parallel qo`zg`atilish; 
3. 
– Ketma-ket qo`zg`atilish; 
4. 
– Aralash qo`zg`atilish. 
5-rasm. Mustaqil (a), parallel (b), ketma-ket (v), aralash (g) qo`zg`atishli o`zgarmas tok 
mashinasi sxemalari. 
O`zgarmas tok generatorlari mustaqil tok manbasi kerak bo`lgan hollarda ishlatiladi. 
Masalan, elektromagnitlarda, elektromagnit muftalarda, elektrodvigatellarda, elektroliz 
vannalarda, payvandlash quvurlarida va shunga o`xshashlarda.
Elektr yuritma asoslari. Elektr yuritma ishchi mashina ustida aylantiruvchi magnit hosil 
qilish uchun hizmat qiladi. 
Elektr yuritmani elektr qismi bir yoki bir necha elektrodvigatellardan va elektr 
qurilmalaridan iborat. Elektr yuritmani mexanika qismi va reduktorli uzatma, harakat 
o`zgartirgichlari va boshqalardan iborat bo`lib, u elektrodvigatel o`qidan ishchi mashinaga 
aylantiruvchi momentni uzatish uchun ishlatiladi. 
Elektr yuritmalar uch guruhga bo`linadi: yakka dvigatelli, guruhli va ko`p dvigatelli. Yakka 
dvigatelli elektr yuritmada har bir ishchi mashina o`z elektrodvigateliga ega. Guruhli elektr 
yuritmada bir guruh ishchi mashinalar bitta elektrodvigateldan harakat oladi. Ko`p dvigatelli 
elektr yuritmada agregatni har bir ishchi mashinasi yoki organi o`z elektrodvigateliga ega. Ishlab 
chiqarishni maxanizasiyalash va avtomatlashtirish ko`p dvigatelli elektr yuritmalarni keng 
qo`llanilishiga olib kelmoqda. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling