1-mavzu: Energiyaning inson hayotidagi o‘rni. Energiya tizimi, sektori va xizmat ko‘rsatish
-mavzu: Energiya to‘g‘risida asosiy tushunchalar. Qayta tiklanmaydigan va
Download 292.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Javoblar
2-mavzu: Energiya to‘g‘risida asosiy tushunchalar. Qayta tiklanmaydigan va
qayta tiklanuvchi energiya manbalari. Energiya manbalari va ekologiya. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asosiy jihatlari. Butun dunyoda energiya ishlab chqarish muammolari dolzarb masalalardan biri bo‘lib, bugungi kunda energetika sohasi bo‘yicha shug‘ullanayotgan olimlarning asosiy ilmiy tadqiqot ishlarining mazmuniga aylangan. XXI asr fan taraqqiyoti yuksalib texnik - texnologiyalarning rivojlanishi bilan birga insonlarni yashash tarzini yaxshilash, yani yetarli energiya, oziq-ovqat bilan ta’minlash asosiy masalalardan biridir. Ma’lumki, yerdagi qazilma boyliklarining energetik zaxirasi kamayib bormoqda. Hozirgi kunda yer yuzida aholi soni sakkiz milliarddan oshganligi energiyaga bo’lgan talabni oshiradi. Insoniyat foydalanayotgan energetika manbalarining quyidagi turlari mavjud: neft, ko'mir, gaz, atom, biomassalar, suv, quyosh, shamol, geotermal energiyalar Qayta tiklanmaydigan resurslarning tanqisligi va narx jihatdan qimmatligi sababli, ko‘pgina davlatlar qayta tiklanadigan resurslar orqali o‘zlarining energiya iste’molini ta’minlashga harakat qilishmoqda. Shu boisdan quyosh energiyasini rivojlantirish ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. 1982-yil boshida dunyo bo‘yicha 272 ta atom elektrostansiyasi ishga tushirilgan bo‘lgan va ular umumiy elektr energiyasining atigi 3 foizini ishlab chiqargan. 1990-yillarda kelib atom elektr stansiyalari (AES) soni 423 taga yetdi. 2000- yilda (AES) dunyoda ishlab chiqariladigan umumiy elektr energiyaning taxminan chorak qismini ishlab chiqargan. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hozirda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qayta tiklanmaydigan resurslar keyinchalik o‘z qiymatini yo‘qotadi. Bunga asosiy sabab ularning cheklanganligi, miqdor jihatdan kamayishi tufayli vaqt o‘tishi bilan qimmatlashuvi hamda ekologik jihatdan ancha xavfli ekanligidadir. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya olish yildan-yilga ommalashadi va bu o‘z navbatida ularning narxi tushishini ta’minlaydi. Biz buning amaldagi isbotini so‘nggi yillardagi energetika sohasidagi tendensiyalarda ham ko‘rishimiz mumkin. 6 Keyingi 30-40 yil ichida energetikada qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi ortib borishi kuzatiladi degan xulosani berish uchun barcha asoslar mavjud. Download 292.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling