1-mavzu: Energiyaning inson hayotidagi o‘rni. Energiya tizimi, sektori va xizmat ko‘rsatish
-mavzu: Quyosh energiyasi. Quyosh energiyasidan foydalanish tarixi
Download 292.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyosh energiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi
3-mavzu: Quyosh energiyasi. Quyosh energiyasidan foydalanish tarixi.
Quyosh energiyasini o‘lchash va hisoblash. Quyosh energiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi 3. 1 Quyosh nurlari har yili yerga kvt soatga teng energiya olib keladi. Bu energiyaning 60% yer atmosferasi , 25,5% okean va dengiz , 14,5% quruqlikni isitishga sarf boʻladi. Bundan 2,5% shamolning mexanik energiyasiga , 0,14% daryolar harakatining mexanik energiyasiga, 0,12% turli xil yoqilgʻi torf , oʻtin , neft , toshkoʻmir va yonuvchi slanetsning kimyoviy energiyasiga aylanadi. Yerning koʻndalang qismi yuzasi ekanligini eʼtiborga olsak, yerga tushadigan quyosh nurining energiyasi kVt, demak bir yilda yerga kVt soat quyosh energiyasi tushadi Bino tomiga oʻrnatilgan quyosh panellari Quyoshning nurlari yerga yiliga 15 milliard MVt soat shamol energiyasini, 33 milliard MVt soat suv energiyasini olib keladi. Oʻrmonlarda esa quyosh nurlari tufayli yiliga 220 milliard MVt soat energiya toʻplanadi. Bundan tashqari, quyosh energiyasi tufayli ming-ming yillar mobaynida yer bagʻrida ulkan energiya zahiralari jamgʻarilgan. Yer ostida yotgan toshkoʻmirda 3580 milliard MVt soat, torfda 480 milliard MVt soat, yonuvchi slanetslarda 700 milliard MVt soat, tabiiy gazda 80 milliard MVt soat energiya zahirasi mavjud. Bugungi kunda quyosh ulkan yadro reaktoriga oʻxshashligi maʼlum, unda yuqori bosim va haroratda yadro reaksiyasi sodir boʻladi. Bu reaksiya tufayli vodorod geliy yadrosiga aylanishi jarayonida esa quyosh reaktorining aktiv zonasidagi harorat 10 million darajadan ham ortib ketadi. Quyoshdagi bu reaksiya sekundiga 560 million tonna geliy ishlab chiqarib, 4 million tonna vodorod energiyasiga aylantiradi. Quyosh energiyasidan foydalanishga olis oʻtmishda ham urinib koʻrishgan. Qadimgi yunon olimi Arximed quyoshning nurini koʻzgular sistemasi orqali tushirib, rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani toʻgʻrisida tarixda yozib qoldirgan. 3.2 Quyosh energiyasidan chet mamlakatlarda keng miqyosda foydalaniladi. Shu jumladan Shimoliy Fransiyaning Odeys shahrida fizik-kimyogar Feleks Tremba boshchiligida quyosh elektrostansiyasi qurilgan boʻlib, uning quvvati 1100 kVt, hosil qiladigan harorat esa 3 800 C darajaga yetadi. 1816-yil islandiyalik Robert Stirling gelioqurilmadan foydalanib ishlaydigan quyosh dvigatelini yaratgan. 7 Quyosh va shamol energiyasidan xalq xoʻjaligida samarali foydalanish maqsadida 1954 yil YUNESKO Hindiston hamkorligida Dehlida xalqaro simpozium oʻtkazilgan. 1961-yil BMT Rimda quyosh, shamol va geotermal qurilmalar energetika qurilmalarini takomillashtirish va undan xalq xoʻjaligida foydalanishni yanada kuchaytirish boʻyicha navbatdagi xalqaro simpoziumni oʻtkazgan. 1972-yil Nigeriyada, 1973-yil Parijda „Quyosh inson xizmatida“ mavzusida xalqaro kongresslar oʻtkazilgan. Bu anjumanlarda quyosh energiyasidan uylarni qish faslida isitish va yozda mikroiqlim hosil qilish, quyosh energiyasini elektr energiyasiga va uni issiqlik va elektr energiyaga aylantirish, shamol energiyasini elektr va issiqlik energiyasiga aylantirish, quyosh energiyasini organik xomashyo energiyalariga aylantirish muammolarini yechish, ularning qurilmalarini ishlab chiqish masalalari koʻrib chiqildi. 3.3 Agar quyosh energiyasidan foydalanilsa, u an'anaviy energiya manbalarining atrof muhitga etkazadigan zararini kamaytiradi. Kelajak avlodlar ham toza va sog'lom dunyoda yashash huquqiga ega. Shuning uchun, odamlar ushbu ogohlik bilan harakat qilishlari kerak. Mamlakatimizda bugungi kunda elektr energiyasining deyarli yarmi tabiiy gazdan olinadi. Quyosh energiyasidan foydalangan holda mamlakatimizning energiyaga tashqi qaramligi kamayadi va kelajak avlodlar uchun yashashga yaroqli dunyo qoladi. Fotovoltaik tizimlar yoki quyosh panellari harakatlanuvchi qismlardan iborat bo'lmaganligi sababli, ularga xizmat ko'rsatish juda oson. Bajarilishi kerak bo'lgan yagona ish - bu panellarni toza saqlashdir. Buning uchun panellar ma'lum vaqt oralig'ida o'chirilishi kerak. Energiya saqlash tizimlarida batareyalarga texnik xizmat ko'rsatish va ularni tekshirish ham ma'lum vaqt oralig'ida amalga oshirilishi kerak. Umuman olganda, fotovoltaik tizimdan eng yuqori samaradorlikni olish uchun panellar janubga qarab joylashtirilishi va gorizontal ravishda 30 daraja burchak ostida o'rnatilishi kerak. Yozda quyoshdan ko'proq foyda olish uchun uni gorizontal ravishda 18 daraja burchak ostida joylashtirish kerak. Ushbu burchaklarni to'liq ta'minlash mumkin emasligiga qaramay, fotovoltaik modul tizimlari ozgina yo'qotish bilan etarli elektr energiyasini etkazib beradi. Vakolatli tashkilotlar fotovoltaik modul tizimlarining quvvat o'lchovlarini amalga oshiradilar va ularning tegishli standartlarga muvofiqligini baholaydilar. 3.4 Quyosh energiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi 8 Quyosh energiyasi xalqaro instituti O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 01.03.2013 y. NP-4512-sonli Farmonida aks ettirilgan. "Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida" gi qaroriga asosan tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.03.2013y. PF-1929-sonli "Quyosh energiyasi xalqaro institutini tashkil etish to`g`risida"gi farmoniga asosan institut ta’sischilari etib O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi (51%) va «Uzbekenergo» AJ (49%) tayinlansin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.03.2013y. PF-1929-sonli Farmoni hamda Xokim qaroriga asosan Qibray tumanida 50 Ga yer, Chirchiq daryosining chap qirg’og’ida (Roxat ko’lining tashqarisida, «Xo’kiz orol» massivi) QEXI sinov poligoni uchun ajratildi. O'zbekiston Respublikasining 2015-2018 yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturiga muvofiq poligonning infratuzilmasi qurilishi davom etmoqda. Yo’nalish: •Quyosh energiyasini o’zgartirish - quyosh energiyasining to'g'ridan-to'g'ri, termodinamik va issiqlik o’zgarishining jismoniy asoslarini ishlab chiqish va yuqori samarali quyosh tizimlarini rivojlantirish; •Quyosh energiyasini quyi issiqlik darajasiga aylantirish va ikkinchisini turar joy va kommunal-maishiy ob'ektlar, ijtimoiy va ishlab chiqarish binolari uchun issiq suv ta'minoti va issiqlik ta'minoti tizimlarida, turar-joy va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida qo'llash; •fotoelektrik va termodinamik konvertorlarni (shu jumladan yirik stansiyalar) va quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish va ularni elektr tarmog'iga ulash masalalari; •geliomateriallar fani; •Elektr energiya ishlab chiqarish uchun suv oqimidan hamda shamol energiyasidan foydalanish; • elektr energiyasini ishlab chiqarish va issiqlik ta'minoti uchun geotermal energiyadan foydalanish; • biogaz, bioyoqilg’i va o'g'itlar uchun biomassadan foydalanish. Download 292.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling