1-mavzu: Energiyaning inson hayotidagi o‘rni. Energiya tizimi, sektori va xizmat ko‘rsatish
-mavzu: Fotoelektrik qurilmalarning boshqa komponentalari. Avtonom
Download 292.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Javoblar
7-mavzu: Fotoelektrik qurilmalarning boshqa komponentalari. Avtonom
fotoelektrik qurilmalar. Umumiy elektr tarmog‘iga ulangan quyosh fotoelektrik qurilmalari. Quyosh fotoelektrik stansiyalar. Foydali ish koeffitsienti. Eynshteyn taklifiga ko’ra yorug’lik zarralardan tashkil topgan. Shu sababli metal elektronlari bilan o’zaro ta'sir jarayonida elektromagnit maydon hv energiya ulushlari tarzida yutiladi. Foton va elektron to’knashuvida uyin yakkama-yakka bo’ladi. Har foton bitta elektron tomonidan yutiladi va har bir elektronga fakat bitta foton to’g’ri keladi. Bu jarayon oldin keltirilgan zarralar to’qnashuvi qonuniga mos keladi va ular uchun saqlanish qonunlari yaxshi bajariladi. Oldingi energiyaning saqlanish qonuniga ko’ra hv+Е=hv1+Е1. Bu ifodani fotoeffekt uchun yozamiz, ya'ni hv-А=0+Kmax (2.4) (bu yerda Е=-А - chiqish ishi, hv1=0 chunki foton yutiladi, Е1=Kmax metal sirtidan chiqayotgan elektronlarning maksimal kinetik energiyasi, hv-tushayotgan yorug’likning nurlanish energiyasi). (2.4) ni qulay shaklda yozaylik: Kmax=еU0= hv-А. (2.5) (2.5) tenglamaga fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi deyiladi. Shunday qilib, yorug’likning to’lqin tabiatidan fotoeffekt qonunlarini tushuntirib berib bo’lmaydi.Yorug’likni hv-energiyaga teng bo’lgan fotonlar oqimidan iborat deb qarasak, hammasi joyiga tushadi, barcha qiyinchiliklar yo’qoladi.Boshqacha aytganda, fotoeffekt korpuskulyar hodisadir. Foton zarra metall sirtida yutiladi va barcha energiyasini bitta elektronga beradi va bu energiya elektronning metall bilan bo’lgan bog’lanish energiyasidan katta bo’lsa elektron metall sirtini tashlab chiqib ketadi. .Avtonom fotoelektrik qurilmar.bo‘yicha energiya olishning an’anaviy usullari bilan raqobatlasha olmaydi. Shuning uchun ularning amaliy qo‘llanilish sohasi elektr uzatmalarning markazlashgan chiziqlaridan elektr energiya keltirilishi murakkab avtonom dizel-generatorlar uchun yoqilg‘i keltirish esa iqtisodiyot tarafdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan joylarda joylashadigan kichik avtonom uskunalar hisoblanadi. Quyosh energiyasidan foydalanishga aniq misollar: haydaladigan yaylovlardagi cho‘ponlar uylarini, ko‘chmanchi asalarichilikda pasekali elektr jihozlarini energiya bilan ta’minlash, gidrometerorologik va 20 radiogeodezik stansiyalar apparaturasini qiyin etib boradigan joylarda (tog‘ va cho‘lli) elektr bilan ta’minlash, mini-sovutgichlarni vaksinalar, zardoblar va boshqa tibbiy moddalarni qishloq hududi va dala gospitallarida saqlash va tashish uchun, suvdagi navigatsion belgilar va quduqlardagi drajli belgilarni, dala sharoitlarida akkumulyatorlarni zaryadlash uchun elektr bilan ta’minlash. Bu hollarda birinchi o‘rinda quyosh fotoelektrik o‘zgartirgichlarning boshqa yaxshi xossalari bo‘ladi: ishonchliligi, avtonomligi, mobilligi, shovqinsizligi, ekologik tozaligi, xizmat ko‘rsatishga zarurat yo‘qligi, uzoq kafolatli xizmat muddati, tashishda ixchamligi va h.k. Ko‘rsatilgan maqsadlar uchun quyosh energiyasining eng istiqbolli maqsadlaridan biri – kremniy asosidagi quyoshli elementli ko‘chma yoki mobil fotoelektrik uskunalarni hosil qilish bo‘lib, u FIKI 15% va quvvati 2 dan 100 W gacha bo‘lgan quyosh sochma nurlanishini to‘g‘ri va tashkil etuvchanligini energiyasini o‘zgartiradi. Pastki quvvat chegarasi 8 V li keng ommaviy avtomobil akumulyatorlarini o‘zaro tutashish imkoniyati bilan bog‘liq bo‘lib, u kechki payt foydalanilganda energiyani akkumulyasiyalash uchun mo‘ljallangan yuqorigi qiymat yengil avtomobil yoki hayvonlar masalan, yo‘l bo‘lmagan sharoitlarda otlar yordamida tashilganda elektrik uskunalar og‘irligi bilan o‘lchanadi. Download 292.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling