1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet31/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Jarqo’rg’on minorasi — hozirgi Jarqo’rg’on tumani markaziga yaqin yerda bundan 860 yil burun bunyod etilgan ajoyib minora qad ko’tarib turibdi. Bir vaqtlar bu minora masjid bo’lib xizmat qilgan. Bizgacha minoraning harobasigina etib kelgan. Hozir minora ta’mirlanib asl holiga keltirildi. Minora o’rta asrga xos Sharqiy me’morchiligida munosib o’rin egallaydi. Baland minoraning qubbasi shaxdrga fayz baxsh etadi. O’sha vaqtlarda so’filar shu minora tepasidan turib azon aytganlar. Minoradan atrofga har xil voqealar to’g’risida darak berishda ham foydalanganlar. Minora XII asrda qayta tiklangan. Minora bezaklari g’ishtdan ishlangan. U pastdan yuqoriga tomon ingichkalantirib qurilganki, bu osmono’par minorani tomosha qilish kishiga zavq baxsh etadi. Minora ichiga sakkiz qirrali qilib supacha o’rnatilgan. Minora tashqarisiga ishlangan o’n olti dumaloq kolonna esa xuddi minoraga o’ralgan lentaga o’xshab turibdi. Minoraning pastki qismidagi ettita qirrasiga g’ishtni o’yib yozuv yozilgan bo’lib, sakkizinchi qirra bilan to’qqizinchi qirra oralig’idagi yo’l orqali minoraning ichidagi aylanma zinapoyalariga chiqiladi. Minoraning saqlanib qolgan yozuvlaridan birida shu minorani yaratgan me’morning ismi va bunyod etilgan yo’li ko’rsatilgan. Me’morning ismi Ali bo’lib, hozirgi Turkmanistonning Seraxs shahrida istiqomat qilgan Muhammadning o’g’li ekan. Minora hijriy 502 yilda, ya’ni 1108—1109 yillarda bunyod etilgan. Minoraning yuqori qismi vayron bo’lib ketgan. Qolgan qismining balandligi 30 metr chamasi keladi. Tadqiqotchilarning taxminiga qaraganda, minoraning balandligi 40 metrdan ortiq bo’lgan. Uning aylanasi 17 metrcha keladi.
Zarautsoy qo’riqxonasi — Termizdan yuz kilometr narida KO’hitog’ oralig’ida Zarautsoy nomli manzarali joy bor. yer osti suvlari, yomg’ir va shamol natijasida qoyalarda juda ko’p shalolalar, g’orlar paydo bo’lgan. 1932 yilda ovchi va o’lkashunos I. F. Lomaev tog’li qishloq aholisidan zaraut — kamar nomi bilan mashhur bo’lgan «Qizil suratli g’orlar» to’g’risidagi afsonani eshitib qoladi va bu sirli rasmlar hiqidagi ma’lumotni Surxondaryo viloyati o’lkashunoslik muzeyiga ma’lum qiladi. Toshlarga tushirilgan rasmlar olimlar e’tiborini o’ziga tortadi. Arxeologlar va rassomlar barcha g’orlarni o’rganishadi. Tekshirishlar natijasida toshlarga solingan 200 dan ortiq rasm aniqlandi. Lekin ulardan faqat o’ttiztasigina yaxshi saqlanib qolgan bo’lib, ibtidoiy jamiyat kishilari ovchilik bilan shug’ullanganliklaridan dalolat beradi.
Zarautsoy toshlaridagi rasmlarning nusxasi olingan bo’lib, ular viloyat o’lkashunoslik muzeyi fondida saqlanmoqda. Zarautsoydagi rasmlar tosh davriga, ya’ni paleolit, mezolit, neolit davrlariga mansubdir. Ba’zi rasmlar mezolit davrining oxirlarida yaratilgan bo’lsa, ba’zilari milodimizdan oldingi III II asrlarda kashf etilgan, ayrimlari milodimizning boshlanishiga yaqin bunyod etilgan bo’lsa ajab emas. Ming yillar o’tishi bilan rasmlar o’z rangi va sayqalini yo’qotgan bo’lsada, uzoq o’tmishdan saqlanib qolgan yodgorlik sifatida qimmatlidir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling