Hakim at-Termiziy dahmasi — o’rta asrda Termiz atrofi mustahkam devor bilan o’ralgan bo’lib, saroylar va masjidlar qurilgan. Hunarmandlar va savdogarlar guzarlari barpo etilib, obodonlashtirilgan. Qal’aning etak tomonida Hakim at-Termiziy ansambli bunyod etilgan. XIII asrda Chingizxon qo’shinlari bostirib kirib, shaharni vayron yetganda shu ansambl’ omon qolgan.
Shayx Abu Abdulloh ibn Ali ibn Muhammad Hakim at-Termiziy IX asrning oxirida Termizda yashagan. U bir qancha ilmiy asarlar yaratgan (lekin ular bizgacha etib kelmagan). Arab tarixchilari va geograflarining ba’zi asarlarini ham tarjima qilgan. Hakim at-Termiziy 869 yilda vafot yetgan. X — XI asrlarga kelib uning qabri ustiga uncha katta bo’lmagan dahma qurilgan. Dahmaga turli xil rangda jilo berilgan. XII asrda dahma tamoman qaytadan qurilib, murakkab bezaklar bilan bezatilgan. Qabr ustiga oq marmartosh yotqizilib unga Qur’on oyatlari va biografik ma’lumotlar yozib qo’yilgan.
Sulton Saodat ansambli — o’rta asr me’moriy yodgorliklaridan biri, Surxon daryosiga yaqin yerda qad ko’tarib turibdi. X asrdan boshlab bu ansambl’ sayidlar qabristoniga aylanib qolgan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Termiz sayidlarining boshlig’i amir Husayn shu yerda dafn etilgan. Ma’lumki, sayidlar o’zlarini Muhammad payg’ambarning bevosita avlodlari deb hisoblab, Sharqiy mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o’ynaganlar. Temur ham sayidlarni o’ziga yaqin tutgan. XVI asrda Abdullaxon Pularni o’zi tarafiga og’dirib olish maqsadida sayidlar avlodlarining maqbaralarini ziyorat qilgan va ayrimlarini qayta tiklatgan.
Sayidlarni dastlabki vaqtlarda ochiq yerlarga dafn yetganlar. X asr oxirlaridan boshlab mozor tepasida maqbara qura boshlaganlar. Maqbaralar har xil katta-kichiklikdagi pishiq g’ishtdan ishlangan bo’lib, ularni ishlagan ustalarning xdr biri o’ziga xos yangi elementlar bilan boyitishga harakat qilganlar. Maqbaralarning old tomoni sharqiyqa qaratilgan bo’lib, turli shakldagi g’ishtlar bilan chiroyli qilib ishlangan. Amir Husayn maqbarasi bu jihatdan boshqalardan ajralib turadi. Umuman, Sulton Saodat ansambli Sharqiy me’morchiligi taraqqiyotining 700 yillik davrini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |