1-Mavzu. Evolyutsion ta’limot faniga kirish Reja
Download 225.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-мав.эвол.
1-Mavzu. Evolyutsion ta’limot faniga kirish Reja: 1.Evolyutsiya ta’limot fanining mazmuni, maqsad va vazifalari. 2.Evolyutsion g’oyalar, tarixi, Aristotel. 3.O’rta Osiyoda evolyutsion fikrni rivojlanishi. Abu Nasr Forobiy. Abu Rayxon Beruniyning evolyutsion qarashlari. 4.Jan Lamark va uning evolyutsion konsepsiyasi. Evolyutsiya nazariyasi fani – nazariy biologiyaning asosi, uning o’ziga xos poydevoridir. U yevolyutsion ta’limot yoki darvinizmning tabiiy tanlanish konsepsiyasi negizida shakllanib, hozirgi paytda uni biologiyaning fundamental yo’nalishlari asosida boyitgan holda tiriklik haqidagi fanning nazariy poydevoriga aylangan. Evolyutsiya nazariyasi tiriklik tarixiy taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari va harakatlanuvchi kuchlarini o’rganadi. U organik olam rivojlanishining qonuniyatlarini aniqlash asosida mazkur jarayonni boshqarish yo’llarini qo’lga olishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Evolyutsiya nazariyasining asosini Darvin nazariyasi (bosh va yagona yo’naltirilgan evolyutsion omil – tabiiy tanlanishning yetakchi roli haqidagi tasavvur) tashkil qiladi. Tiriklik biologiyaning hamma yo’nalishlarida tadqiq etilayotgani sababli, evolyutsiya nazariyasi biologik fanlar tizimidagi barcha xususiy va umumiy fanlarga tayanadi va ular bilan chambarchas bog’liq. Evolyutsion yondashish zamon biologiyasi dunyoqarashining asosi bo’lganligi tufayli, evolyutsiya nazariyasi biologik fanlar tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Zero, har qanday fakt va hodisani tabiiy-ilmiy evolyutsion yondashishsiz talqin etilishi mumkin emas. Shu nuqtai nazardan evolyutsion jarayonni o’rganishda zamonaviylik prinsipiga tayanish (zamonaviylik o’tmishni bilish uchun o’ziga xos kalit bo’lib xizmat qiladi) tarixiy prinsipning roli va ahamiyatini yanada yaqqolroq ko’rsatib beradi (zamonaviylikni chuqur bilish uchun o’tmishni o’rganish darkor).
«Evolyutsiya» atamasi biologiyada ilk bor XVIII asrda shvetsariya olimi Sh.Bonne tomonidan qo’llanilgan bo’lib, bu so’z dastlab «yoyilib ochilish» ma’nosini anglatgan yedi. (Masalan, atirgul g’unchasini ochilishi va xokazo). Keyinchalik bu atama fanning turli tarmoqlarida qo’llaniladigan bo’ldi. Biologik evolyutsiya zamirida makromolekulyar va tirik organizmlarning o’z-o’zini hosil qilishning ajoyib jarayonlari yotadi. Ular qator avlodlarda tirik organizmlarni qayta o’zgarib yangilanishi uchun cheksiz imkoniyatlarga ega. Biologik evolyutsiya tirik tabiatning takrorlanmaydigan va ma’lum darajada yo’naltirilgan tarixiy taraqqiyotidir. U populyasiyalarning genetik tarkibini o’zgarishi, moslanishlarni shakllanishi, turlarni hosil bo’lishi va ularning o’lishi bilan bog’liq bo’lib, biogeosenozlarni va yoppasiga biosferani yangilanishiga sababchi bo’ladi. Rivojlanib turuvchi tirik tizimlarni hamisha yashayotgan sharoitlarga mos kelishi biologik evolusiyaning asosiy natijasidir. Hozirgi davrda antropik omillar ta’sirida biosferada sodir bo’layotgan o’zgarishlar insonlarni tashvishga solmoqda. Odamni tabiiy tizimlarning hayotiga o’ylamay qo’pol ravishda aralashuvi, biosfera evolyutsiyasi qonuniyatlarini yetarli darajada bilmaslik oqibatida kurrai zaminimizning qator hududlarida tabiiy muvozanat buzildi. Natijada, tiriklik evolyutsiyasining «illatlari» sifatida zararkunandalik va boshqa qator ilgari tabiat bilmagan biologik hodisalar kelib chiqdi. Agarda insonni biosfera bilan munosabatlari ilmiy asosda tashkil etilmasa qayd etilgan holatlarning oqibatlari kelajakda yanada xavfliroq bo’lishi mumkin. Biosfera evolyutsiyasining o’tmishini, o’ziga xos xususiyatlarini, turlar majmualarining hozirgi zamonda va kelajakda rivojlanish qonunlarini bilmasdan tabiatni saqlab qolishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni asoslab bo’lmaydi. Shunday qilib, evolyutsion jarayon qonuniyatlarini chuqur o’rganib, uni mukammal bilib olish asosida boshqariladigan evolyutsiyaga o’tish (tirik jonivorlarni va tabiatni odamzod talablariga mos ravishda qayta o’zgartirish) yangicha ma’no va alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur muammoni hal qilish evolyutsiya nazariyasi fanining birinchi galdagi eng muhim vazifasidir.
Evolyutsion jarayonni boshqarishga erishish orqali insoniyat oldida turgan bosh muammo – oziq-ovqat bilan ta’minlanish muammosini hal etib, odamzod tabiiy oziqa resurslaridan foydalana olishga to’liq erishadi. (ma’lumki, hozirgi paytda qishloq xo’jaligi yetkazib beradigan oziq-ovqatlar insonni bu mahsulotlarga bo’lgan talabini qondira olmayapti). Inson salomatligiga xavf-xatar tug’diruvchi qator kasalliklardan (ayniqsa, yuqumli va irsiy kasalliklardan) qutulish tabiiy evolyutsiyani boshqarishga o’tish orqali erisxiladi, chunki ularning kelib chiqish sabablari tirik tabiat hayoti bilan bog’liq. Qayd etilganlar boshqa evolyutsion hodisalar – tekinxo’rlik hamda uning asoratlari va hokazolar sabablarini tushunishga imkoniyat beradi. Tiriklik muammosi tadqiqotchilarni qadimgi zamonlardan qiziqtirib kelgan. Tirik tabiatning rivojlanishi haqidagi dastlabki g’oyalar Hindiston, Xitoy, Misr, Gretsiya olimlarining ishlarida hozirgi eramiz (milod) dan 2000-1000 yil ilgari aytilgan. Tabiatning birligi haqidagi g’oyani ilgari surgan ulkan «fikr titani» Aristotel o’zining «mavjudotlar narvoni» misolida jonsiz tabiatni minerallardan insongacha bo’lgan taraqqiyot yo’lini tasavvur etishga urinadi. Bu va boshqa xildagi qadimgi olimlarning qarashlari biologiyada tiriklik taraqqiyoti haqidagi keyingi g’oyalarni rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Hozirgi nazariy biologiya asoslarini, jumladan evolyutsiya nazariyasining shakllanishiga O’rta Osiyo olimlarining qo’shgan dastlabki hissasi beqiyosdir. O’rta asrlar boshlanishida O’rta Osiyo dunyo sivilizasiyasining o’choqlaridan biri bo’lgan. «Sharq Renessansi» davrida bu yerda ilm-fan taraqqiyoti natijasida turli yo’nalishlarda, jumladan biologiya soxasida yirik tadqiqotlar o’tkazilgan. O’rta Osiyoda birinchi Mamun akademiyasi («Donishmandlar uyi») ning faoliyati Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqa yirik olimlarning ijodlari bilan bog’liq. Abu Nasr Forobiy (873-950 yillar) tabiashunoslikni taraqqiy etishiga munosib hissa qo’shgan. U, Ch.Darvin evolyutsion ta’limotining fundamental asosi hisoblangan tabiiy va sun’iy tanlash konsepsiyalarining mazmunini birinchi bo’lib tarifladi va ilmiy jihatdan asoslab berdi. Forobiyning qayd etishi bo’yicha, tabiat inson aralashuvisiz o’zi yaratgan va yaratadigan tanlash asosida o’simlik va hayvon turlarini vujudga keltiradi. Shu bilan birgalikda inson yordamida su’niy turlar yaratiladiki, bu ikki xil tanlashning tan olinishini isbotidir. Insonni kelib chiqishi haqida fikr yurgizar ekan, Forobiy odamni tabiatdan – hayvonot dunyosidan ajraganligini o’qtiradi. Odam fikrlovchi inson qiyofasiga ega bo’lganligiga qaramasdan, unda ajdodlari – hayvonlarning ayrim o’xshashliklari saqlangan. Buni odam organizmidagi hayvoniy boshqarilish (hayvonlarga xos xislat) bilan bir qatorda aqlli nutqiy hususiyatni bo’lishi isbotlaydi. Mazkur fikrlarni evolyutsion ta’limot yaratilishidan 9 yarim asr ilgari e`lon qilinganligini hisobga olsak, o’sha darvda fanni naqadar gullab yashnaganligiga va rivojlanganligiga tan berish mumkin. Buyuk alloma va mutafakkir Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yillar) fan tarixida, ayniqsa tabiashunoslikda, shu darajada iz qoldirdiki, uni shak-shubxasiz Darvin ta’limotining bashoratchisi deb hisoblash mumkin. Yevropada bundan ming yil ilgari ilm-fan, ma`rifat va madaniyat hali rivojlanishning ibtidoiy holatida turgan bir davrda, Beruniy hozirgi biologiyaning nazariy poydevori bo’lgan evolyutsiya nazariyasining asoslarini shakllantirishga muaffaq bo’lgan. O’zining mashhur «Saydana» asarida Beruniy Yer yuzining o’zgarishini o’simlik qoplami va hayvonot olamining o’zgarishiga olib kelishini ko’rsatadi. Tirik organizmlarning yuzaga kelishi yerning tarixi bilan bog’liq. Yer yuzasida yashagan organizmlarni o’rganishda yer qobig’i muhim tarixiy manba bo’lib xizmat qiladi. Abu Rayxon Beruniy Qoraqum va Qizilqum sahrolarida olib borgan paleontologik qazilmalarni o’rganish asosida, qumliklar qazib ko`rilganda chig’onoqlar chiqadi, mazkur qumliklar bir vaqtlar dengiz tubi bo’lgan degan xulosaga keladi. «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar» hamda «Hindiston» asarlarida Beruniy hayvon va o’simlik organizmlarining tarkibini ularni muhit bilan uzviy bog’liqligining mahsuli deb hisoblaydi. Uning fikricha, hozirgi hayvonlarning shakllari qadimgilardan tubdan farq qiladi, chunki ularning o’rtasida uzoq tarixiy
davr yotadi. Bundan olamning oddiydan murakkabga qarab takomillashib borishi, organik dunyoning evolyutsion taraqqiyoti haqida xulosa chiqadi. Beruniy odamning kelib chiqishi, irsiyat qonunlari masalalarida qator izlanishlar olib bordi. Odamlarning rangi, tashqi qiyofasi, tabiati va axloqining har- xil bo’lishining sabablarini tuproq, suv, havo va odamlar yashaydigan joylarga bog’ladi. Tillarning turlicha bo’lishiga sabab olimning aytishiga qaraganda – bu odamlarning guruhlarga ajralishi, bir-biridan uzoqlashishi hamda ularning har birida turli hoxishlarni ifodalash uchun zarur bo’lgan so’zlarga ehtiyoj tug’ilishidadir. Forobiyning tabiiy va su’niy tanlash to’g’risidagi g’oyasini rivojlantirib, Beruniy ta’kidlaydiki, Yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olganida, hayvonning ko’payishiga ham, daraxtning o’sishiga ham o’rin qolmas edi. Shuning uchun ham, dehqonlar ekinlarini o’toq qilib, keraksizlarini yulib tashlashadi, bog’bonlar esa daraxtlarning yaroqsizlarini kesishadi. Asalarilar o’z jinsidagi, ishlamay uyadan asalni bekorga yeb yotganlarini o’ldirishadi. Tirik tabiat xuddi shunday ish tutadi. Tabiat ayrim holda yaxshini yomondan ajratishda hammasiga bir xil ta’sir etish oqibatida daraxt barglarini to’kib, meva hosil qilishdan qoldiradi va quritadi. «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar»da Beruniy birinchi bo’lib yil fasllarining almashishini o’simlik va hayvonlarning mavsumiy o’zgarishlariga ta’sirini tadqiq etadi, ularni orasida uzviy bog’liqlik mavjud ekanligini ko’rsatadi. Ko’rinib turibdiki, olimning qayd etilgan ishlari bundan qariyib ming yil ilgari evolyutsion fikrni teran shakllanishiga har taraflama xizmat qildi. Mazkur qarashlar deyarli ortiqcha o’zgartirilmasdan Ch.Darvinning «Tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarni kelib chiqishi» asarida o’z o’rnini topdi va ular asosida evolyutsion ta’limot yaratildi. Ch.Darvin Abu Rayxon Beruniyning ishlaridan xabardor bo’lganmi-yo’qmi, bu bizga qorong’i, lekin Darvinni shaxsiy kuzatuv va tadqiqotlar asosida Beruniy bilan bir xil fikr va xulosaga kelganligi hayratda qoldiradi. Shunga qaramasdan, aytish mumkinki, Yevropada Beruniyning aynan shu fikrlarini tarqalmaganligi ehtimoldan holi emas. Yevropada birinchi evolyutsion ta’limot, aniqrog’i, evolyutsion kopsepsiya 19 asrning boshida, Fransiyada e’lon qilindi. Uning muallifi yirik tabiashunos olim Jan Lamark bo’lib, bu tadqiqotchi mazkur konsepsiya asosi sifatida organizmlarni o’z-o’zidan takomillashishiga qaratilgan harakatlarini hisobga oladi. Lamarkning o’ylashicha, barcha jonivorlar o’zining tashkillanishi bilan qanoatlanmasdan, ayniqsa muhitga nisbatan maqsadga muvofiqligidan «norozi bo’lganligidan» hamisha o’z tuzilishi va hayotiy xususiyatlarini takomillashtirib, oliyroq, murakkabroq bo’lishiga intilishadi. Bu ularning abadiy intilishlari hech qachon so’nmaydi va muhit o’zgarishi bilan yanada kuchayib boradi. Mazkur intilish jonivorlarning ichiga Xudo tomonidan solib qo’yilgan bo’lib, u evolyutsiyaning o’ziga xos mexanizmi sifatida tushunilishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, muvofiqlashishga olib keluvchi intiltiradigan kuch – evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchi. Lamark uni gradatsiyani amalga oshiruvchi kuch deb hisoblaydi. Lamarkning shu xilda evolyutsiyaning sabablarini tushuntirishga qaratilgan konsepsiyasi mexanistik harakterga ega bo’lib, ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilinmadi. Chunki bu konsepsiya, yoki o’ziga xos «ta’limot», evolyutsiyaning asl mexanizmini tushuntirishga ojizlik qildi va uning sabablarini Xudoning iloxiy qudratiga bog’lab qo’ydi. Shu sababdan u tan olinmadi va ayovsiz tanqidga uchradi. Shunga qaramasdan (evolyutsiyaning mexanizmini idealistik tushunishga asoslanganligidan qat`iy nazar), Lamarkning konsepsiyasi ilk bor evolyutsion qarashlarni izchil ta’limot shakliga tushirishning urinishi sifatida o’ziga xos qimmatga egadir. Download 225.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling