1-Mavzu. Evolyutsion ta’limot faniga kirish Reja


Download 225.28 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.09.2020
Hajmi225.28 Kb.
#129791
Bog'liq
1-мав.эвол.


1-Mavzu. Evolyutsion ta’limot faniga kirish 

Reja: 

1.Evolyutsiya ta’limot fanining mazmuni, maqsad va vazifalari.  

2.Evolyutsion g’oyalar, tarixi, Aristotel.  

3.O’rta  Osiyoda  evolyutsion  fikrni  rivojlanishi.  Abu  Nasr  Forobiy.  Abu 

Rayxon Beruniyning evolyutsion qarashlari.  

4.Jan Lamark va uning evolyutsion konsepsiyasi. 

Evolyutsiya  nazariyasi  fani  –  nazariy  biologiyaning asosi, uning  o’ziga xos 

poydevoridir.  U  yevolyutsion  ta’limot  yoki  darvinizmning  tabiiy  tanlanish 

konsepsiyasi  negizida  shakllanib,  hozirgi  paytda  uni  biologiyaning  fundamental 

yo’nalishlari asosida boyitgan holda tiriklik haqidagi fanning nazariy poydevoriga 

aylangan. 

Evolyutsiya nazariyasi tiriklik tarixiy taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari 

va  harakatlanuvchi  kuchlarini  o’rganadi.  U  organik  olam  rivojlanishining 

qonuniyatlarini  aniqlash  asosida  mazkur  jarayonni  boshqarish  yo’llarini  qo’lga 

olishni o’z oldiga maqsad  qilib qo’ygan. 

Evolyutsiya  nazariyasining  asosini  Darvin  nazariyasi  (bosh  va  yagona 

yo’naltirilgan  evolyutsion  omil  –  tabiiy  tanlanishning  yetakchi  roli  haqidagi 

tasavvur) tashkil qiladi. 

Tiriklik  biologiyaning  hamma  yo’nalishlarida    tadqiq  etilayotgani  sababli, 

evolyutsiya  nazariyasi  biologik  fanlar  tizimidagi  barcha  xususiy  va  umumiy 

fanlarga tayanadi va ular bilan chambarchas bog’liq. 

Evolyutsion  yondashish  zamon  biologiyasi  dunyoqarashining  asosi 

bo’lganligi tufayli, evolyutsiya nazariyasi biologik fanlar tizimida markaziy o’rinni 

egallaydi. Zero, har qanday fakt va hodisani tabiiy-ilmiy evolyutsion yondashishsiz 

talqin  etilishi  mumkin  emas.  Shu  nuqtai  nazardan  evolyutsion  jarayonni  

o’rganishda  zamonaviylik  prinsipiga  tayanish  (zamonaviylik  o’tmishni  bilish 

uchun o’ziga xos kalit bo’lib xizmat qiladi) tarixiy prinsipning roli va ahamiyatini 

yanada yaqqolroq ko’rsatib beradi (zamonaviylikni chuqur bilish uchun o’tmishni  

o’rganish darkor). 


«Evolyutsiya»  atamasi  biologiyada  ilk  bor  XVIII  asrda  shvetsariya  olimi 

Sh.Bonne  tomonidan  qo’llanilgan  bo’lib,  bu  so’z  dastlab  «yoyilib  ochilish» 

ma’nosini  anglatgan  yedi.  (Masalan,  atirgul  g’unchasini  ochilishi  va  xokazo). 

Keyinchalik bu atama  fanning  turli tarmoqlarida qo’llaniladigan bo’ldi. 

Biologik  evolyutsiya  zamirida  makromolekulyar  va  tirik  organizmlarning 

o’z-o’zini  hosil  qilishning  ajoyib  jarayonlari  yotadi.  Ular  qator  avlodlarda  tirik 

organizmlarni qayta o’zgarib yangilanishi uchun cheksiz imkoniyatlarga ega. 

Biologik evolyutsiya tirik tabiatning takrorlanmaydigan va ma’lum darajada 

yo’naltirilgan  tarixiy  taraqqiyotidir.  U  populyasiyalarning  genetik  tarkibini 

o’zgarishi,  moslanishlarni  shakllanishi,  turlarni  hosil  bo’lishi  va  ularning  o’lishi 

bilan  bog’liq  bo’lib,  biogeosenozlarni  va  yoppasiga  biosferani  yangilanishiga 

sababchi  bo’ladi.  Rivojlanib  turuvchi  tirik  tizimlarni  hamisha  yashayotgan 

sharoitlarga mos kelishi biologik evolusiyaning asosiy natijasidir. 

Hozirgi  davrda  antropik  omillar  ta’sirida  biosferada  sodir  bo’layotgan 

o’zgarishlar insonlarni tashvishga solmoqda. Odamni tabiiy tizimlarning hayotiga 

o’ylamay qo’pol ravishda aralashuvi, biosfera evolyutsiyasi qonuniyatlarini yetarli 

darajada  bilmaslik  oqibatida  kurrai  zaminimizning  qator  hududlarida  tabiiy 

muvozanat  buzildi.  Natijada,  tiriklik  evolyutsiyasining  «illatlari»  sifatida 

zararkunandalik  va  boshqa  qator  ilgari  tabiat  bilmagan  biologik  hodisalar  kelib 

chiqdi. Agarda insonni biosfera  bilan  munosabatlari  ilmiy  asosda tashkil  etilmasa 

qayd  etilgan  holatlarning  oqibatlari  kelajakda  yanada  xavfliroq  bo’lishi  mumkin. 

Biosfera  evolyutsiyasining  o’tmishini,  o’ziga  xos  xususiyatlarini,  turlar 

majmualarining  hozirgi  zamonda  va  kelajakda  rivojlanish  qonunlarini  bilmasdan 

tabiatni saqlab qolishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni asoslab bo’lmaydi. 

Shunday    qilib,  evolyutsion  jarayon  qonuniyatlarini  chuqur    o’rganib,  uni 

mukammal  bilib  olish  asosida  boshqariladigan  evolyutsiyaga  o’tish  (tirik 

jonivorlarni  va  tabiatni  odamzod  talablariga  mos  ravishda  qayta  o’zgartirish) 

yangicha  ma’no  va  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Mazkur  muammoni  hal  qilish 

evolyutsiya nazariyasi fanining birinchi galdagi eng muhim vazifasidir. 


Evolyutsion  jarayonni  boshqarishga  erishish  orqali  insoniyat  oldida  turgan 

bosh  muammo  –  oziq-ovqat  bilan  ta’minlanish  muammosini  hal  etib,  odamzod 

tabiiy  oziqa  resurslaridan  foydalana  olishga  to’liq  erishadi.  (ma’lumki,  hozirgi 

paytda qishloq xo’jaligi yetkazib beradigan oziq-ovqatlar insonni bu mahsulotlarga 

bo’lgan talabini qondira olmayapti). 

Inson  salomatligiga  xavf-xatar  tug’diruvchi  qator  kasalliklardan  (ayniqsa, 

yuqumli  va  irsiy  kasalliklardan)  qutulish  tabiiy  evolyutsiyani  boshqarishga  o’tish 

orqali  erisxiladi,  chunki  ularning  kelib  chiqish  sabablari  tirik  tabiat  hayoti  bilan 

bog’liq. Qayd etilganlar boshqa evolyutsion hodisalar – tekinxo’rlik hamda uning 

asoratlari va hokazolar sabablarini tushunishga imkoniyat beradi. 

Tiriklik muammosi  tadqiqotchilarni qadimgi zamonlardan qiziqtirib kelgan. 

Tirik  tabiatning  rivojlanishi  haqidagi  dastlabki  g’oyalar  Hindiston,  Xitoy,  Misr, 

Gretsiya  olimlarining  ishlarida  hozirgi  eramiz  (milod)  dan  2000-1000  yil  ilgari 

aytilgan.  Tabiatning  birligi  haqidagi  g’oyani  ilgari  surgan  ulkan  «fikr  titani» 

Aristotel    o’zining  «mavjudotlar  narvoni»  misolida  jonsiz  tabiatni  minerallardan 

insongacha  bo’lgan  taraqqiyot  yo’lini  tasavvur  etishga  urinadi.  Bu  va  boshqa 

xildagi  qadimgi  olimlarning  qarashlari  biologiyada  tiriklik  taraqqiyoti  haqidagi 

keyingi g’oyalarni rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. 

Hozirgi  nazariy  biologiya  asoslarini,  jumladan  evolyutsiya  nazariyasining 

shakllanishiga  O’rta  Osiyo  olimlarining  qo’shgan  dastlabki  hissasi  beqiyosdir. 

O’rta asrlar boshlanishida O’rta Osiyo dunyo sivilizasiyasining o’choqlaridan biri 

bo’lgan.  «Sharq  Renessansi» davrida  bu yerda  ilm-fan  taraqqiyoti  natijasida  turli 

yo’nalishlarda,  jumladan  biologiya  soxasida  yirik    tadqiqotlar  o’tkazilgan.  O’rta 

Osiyoda  birinchi  Mamun  akademiyasi  («Donishmandlar uyi»)  ning faoliyati  Abu 

Rayxon  Beruniy,  Abu  Ali  Ibn  Sino  va  boshqa  yirik  olimlarning  ijodlari  bilan 

bog’liq. 

Abu  Nasr  Forobiy  (873-950  yillar)  tabiashunoslikni  taraqqiy  etishiga 

munosib  hissa  qo’shgan.  U,  Ch.Darvin  evolyutsion  ta’limotining  fundamental 

asosi hisoblangan tabiiy va sun’iy tanlash konsepsiyalarining mazmunini birinchi 

bo’lib tarifladi va ilmiy jihatdan asoslab berdi. Forobiyning qayd etishi bo’yicha, 



tabiat inson aralashuvisiz o’zi yaratgan va yaratadigan tanlash asosida o’simlik va 

hayvon  turlarini  vujudga  keltiradi.  Shu  bilan  birgalikda  inson  yordamida  su’niy 

turlar yaratiladiki, bu ikki xil tanlashning tan olinishini isbotidir. 

Insonni kelib chiqishi haqida fikr yurgizar ekan, Forobiy odamni tabiatdan – 

hayvonot dunyosidan ajraganligini o’qtiradi. Odam fikrlovchi inson qiyofasiga ega 

bo’lganligiga  qaramasdan,  unda  ajdodlari  –  hayvonlarning  ayrim  o’xshashliklari 

saqlangan.  Buni  odam  organizmidagi  hayvoniy  boshqarilish  (hayvonlarga  xos 

xislat)  bilan  bir  qatorda  aqlli  nutqiy  hususiyatni  bo’lishi  isbotlaydi.  Mazkur 

fikrlarni  evolyutsion ta’limot  yaratilishidan  9  yarim  asr  ilgari e`lon qilinganligini 

hisobga  olsak,  o’sha  darvda  fanni  naqadar  gullab  yashnaganligiga  va 

rivojlanganligiga tan berish mumkin. 

Buyuk  alloma  va  mutafakkir  Abu  Rayxon  Beruniy  (973-1048  yillar)  fan 

tarixida,  ayniqsa  tabiashunoslikda,  shu  darajada  iz  qoldirdiki,  uni  shak-shubxasiz 

Darvin  ta’limotining  bashoratchisi  deb  hisoblash  mumkin.  Yevropada  bundan 

ming yil ilgari ilm-fan, ma`rifat va madaniyat hali rivojlanishning ibtidoiy holatida 

turgan  bir  davrda,  Beruniy  hozirgi  biologiyaning  nazariy  poydevori  bo’lgan 

evolyutsiya nazariyasining asoslarini shakllantirishga muaffaq bo’lgan. 

O’zining  mashhur  «Saydana»  asarida  Beruniy  Yer  yuzining  o’zgarishini 

o’simlik  qoplami  va  hayvonot  olamining  o’zgarishiga  olib  kelishini  ko’rsatadi. 

Tirik  organizmlarning  yuzaga  kelishi  yerning  tarixi  bilan  bog’liq.  Yer  yuzasida 

yashagan  organizmlarni    o’rganishda  yer  qobig’i  muhim  tarixiy  manba  bo’lib 

xizmat qiladi. Abu Rayxon Beruniy Qoraqum va Qizilqum sahrolarida olib borgan 

paleontologik  qazilmalarni    o’rganish  asosida,  qumliklar  qazib  ko`rilganda 

chig’onoqlar  chiqadi,  mazkur  qumliklar  bir  vaqtlar  dengiz  tubi  bo’lgan  degan 

xulosaga keladi. 

«O’tmish  avlodlardan  qolgan  yodgorliklar»  hamda  «Hindiston»  asarlarida 

Beruniy  hayvon  va  o’simlik  organizmlarining  tarkibini  ularni  muhit  bilan  uzviy 

bog’liqligining  mahsuli  deb  hisoblaydi.  Uning  fikricha,  hozirgi  hayvonlarning 

shakllari  qadimgilardan  tubdan  farq  qiladi,  chunki  ularning  o’rtasida  uzoq  tarixiy 


davr yotadi. Bundan olamning oddiydan murakkabga qarab takomillashib borishi,  

organik dunyoning evolyutsion taraqqiyoti haqida xulosa chiqadi. 

Beruniy  odamning  kelib  chiqishi,  irsiyat  qonunlari  masalalarida  qator 

izlanishlar olib bordi. Odamlarning rangi, tashqi qiyofasi, tabiati va axloqining har-

xil  bo’lishining  sabablarini  tuproq,  suv,  havo  va  odamlar  yashaydigan  joylarga 

bog’ladi.  Tillarning  turlicha  bo’lishiga  sabab  olimning  aytishiga  qaraganda  –  bu 

odamlarning  guruhlarga  ajralishi,  bir-biridan  uzoqlashishi  hamda  ularning  har 

birida  turli  hoxishlarni  ifodalash  uchun  zarur  bo’lgan  so’zlarga  ehtiyoj 

tug’ilishidadir. 

Forobiyning  tabiiy  va  su’niy  tanlash  to’g’risidagi  g’oyasini  rivojlantirib, 

Beruniy ta’kidlaydiki, Yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab 

olganida,  hayvonning  ko’payishiga  ham,  daraxtning  o’sishiga  ham  o’rin  qolmas 

edi.  Shuning  uchun  ham,  dehqonlar  ekinlarini  o’toq    qilib,  keraksizlarini  yulib 

tashlashadi,  bog’bonlar  esa  daraxtlarning  yaroqsizlarini  kesishadi.  Asalarilar  o’z 

jinsidagi, ishlamay uyadan asalni bekorga yeb yotganlarini o’ldirishadi. Tirik tabiat 

xuddi  shunday  ish  tutadi.  Tabiat  ayrim  holda  yaxshini  yomondan  ajratishda 

hammasiga  bir  xil  ta’sir  etish  oqibatida  daraxt  barglarini  to’kib,  meva  hosil 

qilishdan qoldiradi va quritadi. 

«O’tmish  avlodlardan  qolgan  yodgorliklar»da  Beruniy  birinchi  bo’lib  yil 

fasllarining  almashishini  o’simlik  va  hayvonlarning  mavsumiy  o’zgarishlariga 

ta’sirini  tadqiq etadi, ularni orasida uzviy bog’liqlik mavjud ekanligini ko’rsatadi. 

Ko’rinib  turibdiki,  olimning  qayd  etilgan  ishlari  bundan  qariyib  ming  yil 

ilgari  evolyutsion  fikrni  teran  shakllanishiga  har  taraflama  xizmat  qildi.  Mazkur 

qarashlar deyarli ortiqcha o’zgartirilmasdan Ch.Darvinning «Tabiiy tanlanish yo’li 

bilan turlarni kelib chiqishi» asarida o’z o’rnini topdi va ular asosida evolyutsion 

ta’limot  yaratildi.  Ch.Darvin  Abu  Rayxon  Beruniyning  ishlaridan  xabardor 

bo’lganmi-yo’qmi,  bu  bizga  qorong’i,  lekin  Darvinni  shaxsiy  kuzatuv  va  

tadqiqotlar  asosida  Beruniy  bilan  bir  xil  fikr  va  xulosaga  kelganligi  hayratda 

qoldiradi.  Shunga  qaramasdan,  aytish  mumkinki,  Yevropada  Beruniyning  aynan 

shu fikrlarini tarqalmaganligi ehtimoldan holi emas. 



Yevropada  birinchi  evolyutsion  ta’limot,  aniqrog’i,  evolyutsion  kopsepsiya 

19 asrning boshida, Fransiyada e’lon qilindi. Uning muallifi yirik tabiashunos olim 

Jan Lamark bo’lib, bu  tadqiqotchi mazkur konsepsiya asosi sifatida organizmlarni 

o’z-o’zidan takomillashishiga qaratilgan harakatlarini hisobga oladi. 

Lamarkning  o’ylashicha,  barcha  jonivorlar  o’zining  tashkillanishi  bilan 

qanoatlanmasdan,  ayniqsa  muhitga  nisbatan  maqsadga  muvofiqligidan  «norozi 

bo’lganligidan»  hamisha  o’z  tuzilishi  va  hayotiy  xususiyatlarini  takomillashtirib, 

oliyroq,  murakkabroq  bo’lishiga  intilishadi.  Bu  ularning  abadiy  intilishlari  hech 

qachon  so’nmaydi  va  muhit  o’zgarishi  bilan  yanada  kuchayib  boradi.  Mazkur 

intilish  jonivorlarning  ichiga  Xudo  tomonidan  solib  qo’yilgan  bo’lib,  u 

evolyutsiyaning o’ziga xos mexanizmi sifatida tushunilishi kerak. Boshqacha  qilib 

aytganda,  muvofiqlashishga  olib  keluvchi  intiltiradigan  kuch  –  evolyutsiyaning 

harakatlantiruvchi  kuchi.  Lamark  uni  gradatsiyani  amalga  oshiruvchi  kuch  deb 

hisoblaydi. 

Lamarkning  shu  xilda  evolyutsiyaning  sabablarini  tushuntirishga  qaratilgan 

konsepsiyasi mexanistik harakterga ega bo’lib, ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul 

qilinmadi. Chunki bu konsepsiya, yoki o’ziga xos «ta’limot», evolyutsiyaning asl 

mexanizmini  tushuntirishga  ojizlik  qildi  va  uning  sabablarini  Xudoning  iloxiy 

qudratiga  bog’lab  qo’ydi.  Shu  sababdan  u  tan  olinmadi  va  ayovsiz  tanqidga 

uchradi. 

Shunga  qaramasdan  (evolyutsiyaning  mexanizmini  idealistik  tushunishga 

asoslanganligidan  qat`iy  nazar),  Lamarkning  konsepsiyasi  ilk  bor  evolyutsion 

qarashlarni  izchil  ta’limot  shakliga  tushirishning  urinishi  sifatida  o’ziga  xos 

qimmatga egadir. 



 

Download 225.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling