1-Mavzu: Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo`lg`usi pedagoglarda o`qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati Reja


Download 43.66 Kb.
bet5/12
Sana28.12.2022
Hajmi43.66 Kb.
#1008689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
F1

Metafizika – grekcha so`z bo`lib, lug’aviy ma`noda «fizikadan keyin» degan mazmunni ifodalaydi. Bu tushuncha, falsafa tarixida birinchi marta, Qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotelning «Ilk falsafa» deb atalgan asarlariga nisbatan ishlatilgan. Ko`p hollarda, dialektikaga qarama-qarshi deb talqin etiladigan metafizika olamdagi narsa va hodisalarni o`rganishda ularning muayyan vaqt davomida nisbatan o`zgarmasdan, alohida turgan holatiga diqqatni ko`proq qaratadigan usuldir. Bu usul qo`llanganida olamning namoyon bo`lish shakllari hamda ular bilan bog`liq bo`lgan jarayonlarning alohida qismi yoki holatiga asosiy e`tibor ber iladi. Voqea, hodisa va jarayonlarni doimiy o`zgarish holatida o`rganish nihoyatda qiyin bo`lganligidan, nafaqat faylasuflar, balki barcha fan mutaxassislari uning nisbatan tinch va o`zgarmay turgan holatini o`rganadilar, tadqiq etadilar.
Aslini olganda olam garchand dialektik o`zgarish va harakatda bo`lsada, bu jarayon doimo ham nihoyatda tez sodir bo`lavermaydi. Biz esa dunyodagi narsa, hodisa va odamlarga shunchalik metafizik tarzda o`rganib qolganmizki, go`yo kechadan bugunning farqi yo`qdek, kecha ko`rgan kishiga bugun duch kelganimizda unda hech qanday o`zgarishlar bo`lmaganday tuyuladi. Shu ma`noda, hayotda ko`p hollarda metafizik usulda fikr yuritamiz, nimalargadir ana shunday munosabatda bo`lamiz. Aslida esa ular ham azaliy o`zgarishlar jarayoniga tushgan narsa va kishilar ekanligini juda kamdan-kam hollarda o`ylab ko`ramiz. Xuddi shunday, bizning umrimiz ham kechadan ertaga qarab oqib turadigan dialektik jarayondir. Biz ham ana shunday o`zgarib boramiz, ammo ko`p hollarda bunga unchalik ko`p e`tibor berilavermaydi. Shu tariqa maktabni tugatib qo`yganimizni, ulg’ayganimizni, bolalikning ortda qolganini go`yoki bilmay qolamiz...
Alohida ta`kidlash lozimki, metafizik usulning ham hayotda, ilmiy izlanishlar va falsafiy tadqiqotlarda o`z o`rni bor. Bizda haligacha metafizikaning tushunchalari, kategoriyalari, tamoyillari va ilmiy mohiyati izohlangan yoxud tadqiq etilgan asarlar va tadqiqotlar yo`q. Qolavyer sa uni dialektika bilan butunlay qarshi qilib qo`yish va bu farqni mutlaq ziddiyat darajasiga ko`tarish ham maqsadga muvofiq emas. Aynan ana shunday yondashuv sobiq ittifoqda dialektikani mutlaqlashtirishga, metafizikani esa quruq va o`lik ta`limot sifatida qarashga, uning imkoniyatlaridan foydalanilmasligiga sabab bo`ldi.

Download 43.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling