1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro’yxati


Download 1.91 Mb.
bet60/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro’yxatini shakllantiradi;

  • idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik monitoringini amalga oshiradi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini ko‘radi;

  • Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda har yilgi idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarini tasdiqlaydi;

  • har yili Idoralararo komissiyaga tegishli organlar va tashkilotlar faoliyatida, shu jumladan, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish orqali korrupsiya xavf-xatarlariga barham berish bo‘yicha takliflarni kiritadi.

    Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yganliklari yuzasidan shaxsan javobgar bo‘ladi.
    1-sentyabrdan boshlab ta’lim muassasalarida yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tatbiq etilishi lozim. Bundan tashqari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytiriladi.
    Uch oy muddatda, shu jumladan, texnik infratuzilmani va zarur dasturiy ta’minotni yaratishga oid zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda muayyan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi lozim.
    1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshiriladi. 2020-yil 1-apreldan boshlab loyiha boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.
    Qo‘shimcha ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi ishlab chiqiladi. Unda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Oliy Majlis palatalari oldidagi hisobdorligi tartibini takomillashtirish, qarorlar qabul qilish jarayonida fuqarolar ishtirokining shaffof va samarali usullarini joriy etish ko‘zda tutilgan.
    Hozirda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi mamlakatda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini taʼminladi. Misol uchun, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash to‘g‘risida”gi, “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Davlat rahbarining bir qator Farmonlari qabul qilindi.
    Olib borgan tahlillar korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga institutsional yondashuv bir qator ijobiy jihatlarga ega bo‘lishini ko‘rsatdi. Mazkur muammoga kompleks yondashuvni amalga oshirish, jamiyatda mavjud korrupsiya darajasini pasaytirish borasidagi vazifalarni samarali hal etish imkonini beradi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlarning muvaffaqiyat qozongan uchta asosiy faoliyatini misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin:
    1) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi chora-tadbirlarni olib borish;
    2) tergov vakolatlari, nazorat funksiyalari;
    3) boshqa idoralardan mustaqil ravishda o‘z faoliyatini olib borish, faqat davlat hokimiyatining oliy organlariga hisobdor bo‘lish.
    Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi xalqaro tuzilma – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tadqiqotiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari vakolatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘p maqsadli idoralarning modeli kompleks yondashuvning eng yorqin namunasidir. Ushbu turga tegishli bo‘lgan idoralar quyidagi:
    – tergov faoliyatini olib borish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘ziga xos siyosatni ishlab chiqish, tahliliy faoliyat, jinoyatlarning oldini olishda ko‘maklashish, fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik qilish, maʼlumotlarni to‘plash va tahlil qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining bajarilishini monitoring qilib borish kabi vazifalarni bajaradi.
    Bunday modelni Gonkongning korrupsiyaga qarshi kurashish Mustaqil komissiyasi va Singapurning korrupsiya faoliyati bo‘yicha tergov Byurosi bilan tenglashtirish mumkin. Singapur Byurosi o‘z ichiga – tergov, maʼlumot va axborot, ko‘maklashish bo‘limlarini oladi. Bo‘limlar ichida eng kattasi Tergov bo‘lib, u Byuro tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun masʼul sanaladi. Singapur tajribasi bir qator mamlakatlarda joriy etildi. Jumladan, 2005 yilning dekabr oyida Polsha politsiya (jinoyatni fosh qilish) hamda axborot-tahliliy funksiyalarni bajaruvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish markaziy byurosini tashkil etish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Byuro faoliyati Polsha maxsus organlari ishlari bo‘yicha Seyma komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi.Bu haqda maʼlumot maxfiy xarakterga ega.
    Eʼtirof etish kerakki, shunga o‘xshash tajriba Latviya, Litva va Ukraina kabi sobiq ittifoq mamlakatlarida ham qo‘llanilgan. Xususan, Latviyada korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha Byuro mavjud. Bunda qonun chiqaruvchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilikka qatʼiy rioya qilish hamda Byuro faoliyati ustidan parlament nazoratining g‘oyatda samarali mexanizmi nazarda tutilgan. Shuningdek, bunda deputatlik so‘rovlarining umumeʼtirof etilgan amaliyoti, yuqorida qayd etilgan huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlarini maxsus parlament qo‘mitalariga taklif qilish, maxsus “ad hoc”komissiyalarini tuzish va boshqalar qo‘llanilib kelinmoqda.
    Mazkur muammoga kompleks yondashuvni amalga oshirish, jamiyatda mavjud korrupsiya darajasini pasaytirish borasidagi vazifalarni samarali hal etish imkonini beradi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlarning muvaffaqiyat qozongan uchta asosiy faoliyatini misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin.
    Yuqorida taʼkidlab o‘tilganidek, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organning korrupsiyaning oldini olish borasidagi vazifalari ham faoliyatning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Taʼkidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini oldini olishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlar faoliyatini yuritishda katta tajribaga ega bo‘lgan Fransiya, Ruminiya, Hindiston, Koreya Respublikasi, Finlyandiya, Norvegiya, Daniya kabi qator mamlakatlar mavjud. Masalan, bunga Fransiyada Fransiya Adliya vazirligi shafeligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha idoralararo organ bo‘lgan Markaziy xizmatning tashkil etilishi mantiqiy javob bo‘ladi. Finlyandiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bilan Adliya ombudsmani shug‘ullanadi, u Finlyandiya Prezidenti tomonidan tayinlanadi va boshqa davlat organlaridan mutlaqo mustaqil hisoblanadi.
    Korrupsiyaga qarshi kurashish organining samarali faoliyatida mahalliy bo‘linmalarning roli muhim ahamiyatga ega. Xususan, Germaniya va Avstriya tajribasi ham korrupsiyaga qarshi kurashishda mahalliy tuzilmalarning muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Germaniyaning davlat apparatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy bo‘g‘ini, bu, federal va yer vazirliklari, idoralaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar (odatda bo‘limlar)dir. Avstriyada korrupsiyaga qarshi kurashish bilan maxsus prokuratura shug‘ullanadi. Uning shtab-kvartirasi Vena shahrida bo‘lib, Avstriyaning barcha yirik shaharlarida o‘z filiallariga ega.
    Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan organ vakolat, hokimiyat organlari tuzilmasidagi qoidalar, muassasa rahbarini tayinlash va olib tashlash tartibi, ichki tashkiliy tuzilma, vazifalar, yurisdiksiya, huquq va majburiyatlar, byudjet, kadrlar tarkibini shakllantirish qoidalari (xodimlarni tanlash qoidalari, ayrim hollarda ularning immunitetlari to‘g‘risidagi qoidalar va boshqalar), boshqa institutlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish (ayniqsa, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari), hisobdorlik hamda hisobot berish tizimi va hokazolar aniq belgilab berilgan qonunchilik bazasiga ega bo‘lishi zarur.
    O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bevosita Prezidentga bo‘ysunadi va mamlakat parlamentiga hisobdor bo‘ladi. 
    Farmon bilan Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, Agentlik mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlaydi. 
    Agentlik korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga va xalqaro imidjiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi.
    Agentlikka, shuningdek, quyidagi bir qator huquqlar berildi:
    • byudjet mablag‘larining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bog‘liq materiallarni talab qilish, olish va o‘rganish;
    • jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish; 
    • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish;

    • ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarnikiritish.
    Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart.
    O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.


    O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Farmonga ko‘ra, agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik Prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor.
    Farmon bilan agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, agentlik mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlaydi.
    Agentlik korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga va xalqaro imijiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi. Shuningdek, agentlikka quyidagi bir qator huquqlar berildi:

    • budjet mablag‘larining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bog‘liq materiallarni talab qilish, olish va o‘rganish;

    • jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;

    • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish;

    • ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni kiritish.

    Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart.
    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi. 2020-yilning 11-fevralida mazkur organni tashkil etish masalalari bo‘yicha Prezident raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi.
    Davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash jarayonidagi asosiy vazifalardan biri ham aynan korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik hamda bunday salbiy illatga qarshi samarali kurash olib borishdan iboratdir.
    Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tizimga aloqador sohalarda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
    2020yil 12 - dekabr kuni vazirlik tizimidagi tashkilotlar, hududiy transport boshqarmalari vakillari ishtirokida "Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish" mavzusida videokonferensiya aloqa shaklida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi, Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Hisob palatasidan vakillar ishtirok etishdi.
    2020-yilda, COVID-19 pandemiyasi jahonning boshqa davlatlari singari O'zbekistonda ham vujudga keltirgan sog'liqni saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi muammolarning ko'pligi inobatga olinsa, korrupsiyaga qarshi kuchli vositalar va mexanizmlarning mavjudligi har qachongidan ham muhimroqdir.
    Korrupsiya rivojlanish bo'yicha barcha sa'y-harakatlarni susaytiradi, ammo hozirda esa har qachongidan ham ko'proq, chunki tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish, vaksinalarni tarqatish va ijtimoiy himoya choralarini tezda ishga tushirish jarayonlarida misli ko‘rilmagan darajada korrupsiya xavfi mavjud. Har yili jahon miqyosda korrupsiya tufayli 2,6 trillion AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar, sog'liqni saqlash sohasidagi korrupsiya tufayli esa kamida 500 milliard AQSh dollari yo‘qotilmoqda, bu butun jahonda sog'liqni saqlashga sarf etiladigan xarajatlarining umumiy qiymatidan ham ko'proqdir. COVID-19 pandemiyasi davridagi korrupsiya esa, e’tibordan chetda qolish xavfi yuqori bo'lganlar uchun hayot va mamot masalasiga teng bo'lishi mumkin.” – deb aytadi BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim o‘ziningkirish so'zi davomida.
    BMTTD bugungi kunda butun dunyo bo'ylab mamlakatlar bilan hamkorlikda 16-BRM (Tinchlik, adolat va kuchli institutlar)ga asosiy e’tiborni qaratgan holda, tadbirkorlikda halollik va ijtimoiy hisobdorlik hamda texnologiyalar va innovatsiyalarning tegishli qo‘llanilishi masalalarini COVID-19dan tiklanish davrida va undan so‘ng ham korrupsiyaga qarshi kurashish tashabbuslari ichiga kiritish borasida ish olib bormoqdalar. Eng muhimi, mavjud korrupsiyaga qarshi kurashish idoralarini qo'llab-quvvatlash va ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish zarur. Ushbu faoliyatning umumjahon darajasidagi yo’nalishlarida ham BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan loyihalar amalga oshirilmoqda.
    Eng muhimi, "O'zbekistonda samarali hisobdor va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaning oldini olish" (PCEAT) loyihasi 2018-yildan buyon ishlab kelmoqda. BMTTD, Adliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu o‘ta muhim loyiha butun mamlakat bo'ylab korrupsiyaning ham tushunchasini ham o‘zini yo’q qilish maqsadiga qaratilgandir.
    Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari Qonunning 16, 17, 18-moddalarida o‘z ifodasini topgan. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.
    Oʻzbekistonda keyingi yillarda juda katta islohotlar amalga oshirilyapti. Baʼzi vazirlik va idoralar “bizda korrupsiya yoʻq, unga barham berdik” deb maqtanishyapti ham, koʻkrak kerishyapti. Yoʻq, aslida bunday emas. Afsuski, oddiy fuqarodan soʻrasangiz, “hali korrupsiya hamma joyda bor”, dey­di. Biz vaziyatga kompleks yondashish kerakligini tushunib yetyapmiz.
    Bulardan xulosa qilish mumkinki, korrupsiyaning oldini olishga kompleks yondashmasak, hech qachon biz bu illatni yenga olmaymiz. Faqatgina bitta sohani tanlab, bir yoʻnalishda, masalan, qonunchilik yoʻnalishi boʻyicha kurashadigan boʻlsak, korrupsiya zanjirini uzib boʻlmaydi.
    Biz korrupsiyaga qarshi kurashishni faqatgina DXX, prokuratura yoki ichki ishlar idoralarining vazifasi, deb bilar edik. Prezidentimiz taklifiga koʻra, endi barcha idoralarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tuzilmasini tashkil etish vazifasi qoʻyilmoqda. Chunki barcha idoralarda, aksariyat davlat xizmatchilarida korrupsion moyillik bor.
    Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Hisob palatasi va bosh­qa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining 26 tasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini (“komplayens nazorat”) joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqildi.
    Oʻrni kelganda, korrupsiyaga zamin yaratayotgan yana baʼzi omillarni ham aytish kerak. Bu yerda faqat davlat xizmatchilarini ayblash ham adolatdan emas. Demak, omillardan asosiysi – oylik maoshning kamligi, fuqarolarimiz uchun ijtimoiy himoya, ijtimoiy imkoniyatlar yetarli emasligi. Oddiygina aholiga tibbiyot, taʼlim tizimidagi imkoniyatlarini taʼminlab bera olmas ekanmiz, hech qachon korrupsiyani yenga olmaymiz. Buni xorij taj­ribasi ham koʻrsatib turibdi.
    Bu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlar koʻmagida Janubiy Koreya, Sloveniya va Singapurdan ekspert-maslahatchilarni jalb qilingan.
    Oldimizda turgan eng muhim vazifalardan yana biri – keyingi yildan boshlab korrupsiya­ning darajasini baholovchi milliy indeksni ishlab chiqish. Xabaringiz boʻlsa, bu boradagi xalqaro indeksda hozircha 180 davlat ichida Oʻzbekiston 153-oʻrinda turibdi. Endi biz oʻzimizning milliy indeksimizni ishlab chiqamiz. Shu tariqa mamlakatdagi qaysi vazirlik, qaysi idorada, qaysi sohada korrupsion holatlar koʻpligi, qaysi davlat xizmatchilari korrupsiya­ga koʻproq moyilligi toʻgʻrisida jamoatchilikni tanishtirib boramiz. Bu jarayonda davlat idoralari rahbarlarining reytingi ham shakllanadi.
    3. Korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatining shakllantirish hozirgi davrning end dolzarb vazifalaridan biridir. Bu sohada juda katta va keng miqyosli amaliy ishlar olib borilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 2021 yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan Milliy maslahdtlashuv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
    Yig‘ilishda O‘zbekiston Respubltasi Oliy Majlisi Senati Raisi. Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Norboeva kirish so‘zi bilan qatnashdi. SHuningdek. tadbirda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili M. Dimovska. Oliy Majlis palatalari. vazirlik va idoralar. nodavlat noshjorat tashkilotlari. ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
    Keyingi yillarda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosagi darajasiga ko‘garildi. Jumladan. mamlakat va jamiyat kurilishining barcha sohasida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan 70 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar kabul qilinib, hayotga tatbiq etilmokda. SHu bilan birga.
    Korrupsiyasiz soha loyihalari. “Yo‘l xaritasi” va dasturlar tasdiqlandi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bu borada esa Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy ken­gashi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati. ayniqsa. samarali bo‘labtir.
    SHu say-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish bo‘yicha davlatimizning yaqin va o‘rta istiqboldagi asosiy ustuvor vazifalarini yo‘naltirishga qaratilgan yana bir muhim hujjat — Korrupsiya­ga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2025 yil­larga mo‘ljallangan milliy strategiya loyixasi ishlab chiqildi. U istiqboldagi besh yillikda korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab beruvchi. bu boradagi harakatlarni birlashtiruvchi va muvofiqlashtiruvchi hujjat ekanpigi bilan hdm alohida ahamiyatga ega.
    Milliy strategiya loyihasida yurtimizning korrupsiyaga karshi kurashish borasidagi hozirgi holati. kamchiliklar. davlat siyosatining kelgusidagi asosiy yo‘nalishlari aks ettirilishi ko‘zda tutilgan. Ayni chogda bu vazifalar bajarilishini monito­ring qilish va moliyalashtirish mehanizmini belgilash hamda amalga oshirilgan ishlardan kutilayotgan natijalar o‘rin olishi ham rejalashtirilgan.
    Senatning Sud-huquq masalalari va korrup­siyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarovning aytishicha. mazkur strategiya ijrosi natijasida milliy qonunchiligimiz takomillashtiriladi, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy tizim yaratiladi. parlament hamda jamoatchilikning samarali nazorati taminlanadi, aholining huquqiy ongi va madaniyati yuksaladi hamda Vatanimizning xalqaro reytinglar va indekslardagi ko‘rsatkichlari yanada yaxshilanadi.
    Hozirgi globallashuv zamoni, mintaqalar va davlatlararo integratsiya jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya barcha mamlakatlarda ham qator muammolarni keltirib chiqarib, jamiyatni ich-ichidan emirib, parokanda qilib tashlash xavfini solmoqda. Binobarin, bugun kattami-kichikmi, boymi-kambag‘almi, qudratlimi-kuchsizmi bironta davlatni korrupsiyadan xoli hudud, deb aytolmaymiz. BMT va Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti korrupsiya tufayli yiliga 1,5-2,6 trillion dollargacha zarar ko‘rmoqda.
    SHu bois mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini ta’minladi. Misol uchun, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.
    Prezidentimiz kuni kecha imzolagan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmon bu boradagi izchil sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, eng yuqori darajadagi qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirish va mustahkamlashga qaratilgan.
    Mazkur Farmon bilan 2019—2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilinib, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
    Farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari ham belgilab berildi. Jumladan, sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish shart-sharoitlarini istisno etish, davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o‘tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish kabi masalalar shular jumlasidandi
    10. 1-ilova

    10. 2-ilova



    10.3-ilova

    10.4ilova





    Download 1.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   155




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling