1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati
Download 1.91 Mb.
|
Falsafa maruzalar majmuasi
Yasaviya tariqati. SHayx Ahmad Yasaviy (vaf. 1166-67 y.) va uning shogirdlari nomi bilan bog’liqdir. Ahmad Yasaviy sufiylik tariqatining targ’ibotchisi bo’lish bilan birga shoir ham edi. Yasaviy g’oyalari bir necha marotaba turli tahrirda nashr etilgan «Devoni hikmat»da jamlangan. Ammo tadqiqotchilar orasida uning Yasaviyga taalluqliligi ilmiy muammo sifatida bahs etilayapti. Uning fikricha, dunyoning noz-ne’matlarini so’ragan kishi sufiy emas, balki zuhd va taqvoni ixtiyor etib, umrini toat-ibodatda hamda yig’i bilan o’tkazgan kishi asl sufiydir. Uning «hikmatlar»i xalq orasida keng tarqalgan.
By tariqat asoschisi Xoja Ahmad Yasaviy bugungi Qozog’istonning janubidagi CHimkent viloyati Sayram qishlog’ida dunyoga kelgan. Ba’zi manbalarga qaraganda, u Yasida (hozirgi Turkiston) tavallud topgan. Rivoyatlarga ko’ra, bu erda u Arslon-bob ismli mashhur shayxning xayrli duosiga erishgan. Oddiy xalq ommasi anglaydigan uslubda sufiyona hikmatlari, she’rlari bilan atrofdagi odamlarni xaq yo’lga chaqiradi, ularning ma’naviyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ahmad Yasaviy hayotligidayoq uzoq o’lkalarga muridlarini jo’natib, o’z tariqatini keng tarqatishga harakat qildi. Yasaviy riyozat, chilla, zikr va mujohadaga kuchli ahamiyat berib, hayotining aksari qismini chillaxonada o’tkazdi. Uning hayoti va karomatlari haqida ko’plab manoqiblar saqlanib qolgan. Yasaviy tariqatida jahriy zikr ijro etiladi. Zikr chog’ida darvishning tomog’idan arraning tovushi kabi ovoz chiqqani uchun Yasaviya zikriga «zikri arra», «zikri minshoriy» deyiladi. Bu zikr quyidagicha ijro etiladi: darvish ikki qo’lini tizzasi ustiga qo’yib, nafasini qorniga chiqarib «ha» deb, yana qorni tomonidan nafas olib bosh, bel, elka qimirlamagan holda «hayy» deydi va zikr shu tarzda davom etadi. Zikrning 12 zarb turi ma’lumdir. Yasaviylikda xilvatga ham katta ahamiyat beriladi. Bu tariqatda muhim o’rin tutgan asoslar quyidagilardan iborat: Allohni tanish (ma’rifatulloh), mutlaq jo’mardlik, rostgo’ylik, o’zini Allohga topshirish (tavakkul) va teran tafakkur. Yasaviya tariqati, asosan, sunniy e’tiqodiga amal qilish bilan birga Xuroson malomatiya maktabidan biroz ta’sirlangani sababli, terma madaniyat asosiga ega. Uning xususiyatlari keyinchalik yuzaga kelgan ko’plab tariqatlarda aks etgan. Hatto Naqshbandiyani Yasaviyaning bir shahobchasi deb biluvchilar ham bor. Ahmad Yasaviyning eng mashhur xalifalaridan Sulaymon Hakim ota Boqirg’oniy (vaf. 1186 y.), Sufiy Muhammad Donishmand az-Zarnuqiy va boshqalar ma’lum. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling