1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet77/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

3. Xristianlik buddizm va islom dinlari qatorida jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri hisoblanadi. Ushbu din taravdorlarining miqdori boshqa dinlarga qaraganda eng ko’p bo’lib, bu ko’rsatkich dunyo aholisining deyarli uchdan birini (220 mamlakatda 2,4 mlrdni ) tashkil etadi.
Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida joylashgan Falastin erlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. YAngi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog’liq.
Milodning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog’liq og’ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan, Rim imperatori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan, Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko’mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o’rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo’ldi. Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. SHunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g’oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. YAhudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg’in qildilar. Isoni 33 yoshida fitnachilikda ayblab, qatl etishga hukm qildilar.
Isoning tarixi xususida diniy va diniy bo’lmagan manbalar orasida ixtilof mavjud: xristian manbalarida Isoning o’zi xudo bo’la turib, insoniyatning gunohlarini o’ziga olish uchun odam qiyofasida tug’ilgani, uning hayot tarzi, insonlar bilan muloqoti haqidagi ma’lumotlar qayd etilsa-da, diniy bo’lmagan manbalarda Iso nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxs deb hisoblovchilar ham bor.
Iso nomiga qo’shiluvchi “Masih” so’zi qadimiy yahudiy tili – ivritdagi meshiax so’zidan olingan bo’lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. YUnon tilida bu so’z «xristos» shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so’zlar bilan bog’liq. Bundan tashqari xristianlikni Iso Masihning tug’ilgan qishlog’i – «Nazaret» bilan bog’lab, nazroniya deb ham ataganlar. Keyinchalik bu nom nasroniya shaklini olgan.
Iso Masih o’z ta’limotini o’zining 12 o’quvchisi apostollar – havoriylarga o’rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining ta’limotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «YAngi Ahd» qismini tashkil etadi.
Xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. SHu bois xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ta’siri salmoqli bo’lgani, shubhasiz. Xristianlikning asosiy g’oyasi – Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo’lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.
Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – odam va xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya’ni Isoning o’zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqidagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik Ota-Xudo, o’g’il-Xudo va Muqaddas Ruh – Uch yuzlik Xudo (Trinity) to’g’risidagi ta’limotni, jannat va do’zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi.
Xristian jamoasining shakllanishi, aqidalarining tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi milodning IV asr boshlarida, yani 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so’ng amalga oshirildi.

  • 325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Lisiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini o’zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikeya shahrida I Butun Olam Xristian Soborini (o’tkazilgan 21 sobordan birinchisi) chaqirdi. Bu soborda «e’tiqod timsoli»ning (Credo) dastlabki tahriri qabul qilingan, Pasxani bayram qilish vaqti belgilangan, ariychilik qoralangan (Ariy Aleksandriya shahridan chiqqan ruhoniy; 318 yilda o’g’il-Xudo va Ota-Xudoning yagona mohiyati haqidagi cherkov ta’limotiga qarshi chiqib, Isoni ilohiy xususiyatlari va shon-shuhrati jihatidan Ota-Xudodan keyin turadi, chunki ota-xudo azaliy va abadiy, Isoni u yaratgan deb targ’ib qilgan). 20 ta kanon, jumladan, Aleksandriya, Rim, Antioxiya, Quddus mitropolitlarining imtiyozlari to’g’risidagi qoidani ishlab chiqqan. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo’lib o’tdi. Bu soborda Nikeyada qabul qilingan «e’tiqod timsoli»ga aniqlik kiritish, ariychilar, evnomiychilar, fotinianlar, savelianlar kabi adashgan firqalar bilan kurashish masalalari ko’rilgan. II Jahon sobori troisa (Trinity) haqidagi qoidani ishlab chiqqan va «e’tiqod timsoli»ni qonunlashtirgan. Konstantinopol patriarxi Rim patriarxi kabi barcha boshqa episkoplarga nisbatan imtiyozlarga ega degan qoidani kiritgan.

Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta’limoti katta ahamiyat kasb etdi.
Avgustinning taqdir haqidagi ta’limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan har bir kishi najot topganlar safidan o’rin egallashi mumkin, chunki imon taqdir taqozosidir.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling