1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja


Download 0.62 Mb.
bet43/122
Sana19.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1709505
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122
Bog'liq
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org

Tyanch iboralar:Ong, jon, mushohada, ong, aql, ruh, Ong mohiyati, Ong va ongsizlik, Ong strukturasi,Bilish nazariyasi, predmeti, Gnoseologiy, bilishda sub'ekt va ob'ekt, Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish ,haqiqat, amaliyot , tarkibiy qismlari.


Ong - falsafaning subyektiv reallikni ifodalovchi g oyat keng kategonyasidir; odamning,
uning miyasi va psixikasining tashqi dunyoni ideal aks ettirishidir; insonning ma ’naviy dunyosidir, о ‘zining dunyoda borligini anglab yetishidir; uning tashqi dunyoga munosabatidir.
Odam — fikr yurituvchi, ongga ega mavjudotdir. Ong yordamida odam tashqi dunyoda faol harakat qiladi, uni biladi, u bilan subyekt-obyekt munosabatda bo'ladi. Ong tufayli shaxsning ma’naviy dunyosi, uning emotsiyalari, kechinmalari, tashvish va istaklari, orzu-umidlari, fantaziyalari mavjud. Xuddi shu ongi tufayli inson hayvonot dunyosidan farq qiladigan aqlli mavjudot sifatida mavjuddir. Insonning barcha hayvonlardan farqlantiruvchi xususiyati bo'lgan ong to'g'risida gapirar ekan, atoqli faylasuf al-Forobiy bunday deb yozgan edi: “ Inson o'zining alohida xususiyatlari bilan barcha hayvonlardan farq qiladi, chunki unda jon bor, undan tana a ’zolari vositasida ta’sir etuvchi kuchlar paydo bo'ladi, bundan tashqari, unda tana a ’zolarinmg vositasisiz ta’sir etuvchi kuch ham bor; bu kuch aqldir”1 .
Odamning ongi, inson ongining ichki dunyosi insonlar to'g'risidagi bir qator fanlarni: psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va oliy asab faoliyati fiziologiyasini o'rganish obyektidir. Bunda ong bilishga oid (gnoseologik), qiymatga oid (aksiologik), iroda va aloqaga oid (sotsial) parametrlari birligida namoyon bo'ladi.
Ong borliqning sotsial, ijtimoiy shaklining natijasi va tarixiy mahsulidir. Ongni tushunish kaliti - inson, insoniyat sotsiumi tarixidadir. Zero ong borliqning ijtimoiy shaklining faol, ijodiy xarakterini keltirib chiqaradi, insoniyat tarixiga o'z-o'zidan harakatga kelish xossalarini baxsh etadi. Alohida individning ongini ijtimoiy ongning rivojlanishisiz tasawur qilib bo'lmaydi va inson ongi undan ajralmasdir.
Fan va falsafada ong muammosi — bu pirovardida, muammosi psixologik, fiziologik va sotsial holatlaming o'zaro nisbati, munosabati masalasidir: agar inson aqli materiya evolyutsiyasining natijasi bo'lsa, fikr fikrlovchi materiyaning, inson bosh miyasining, miya katta yarim sharining oliy xossasidir.
Inson ongi til bilan uzviy bog'liqdir. Til fikming moddiy ko'rinishidir, shaklidir. Odam fikming mazmunini turli lisoniy tizimlar: og'zaki nutqlar va yozma matnlar, hozirgi zamon informatikasining sun’iy tillari yoki turli simvollar, kodlar, shifrlar, formulalar va hokazolar orqali bilib oladi. Ong fenomenini falsafiy tahlil qilishga materializm, idealizm, dualizm,gilozoizm, panteizm kabi falsafiy oqimlarda turlicha yondashuvlar mavjud.
Ong - insonning ruhiy faolligining oliy darajasi oliy shakli va reallikni hissiy va fikriy obrazlar shaklida aks ettirishning oliy shaklidir, bu esa odamning barcha xatti harakatlariga, amaliyoti va qilgan ishlariga ma’noli, muayyan maqsadga qaratilgan xarakter beradi. Ong, tafakkur, psixika - bu materiyaning eng asosida, negizida yotgan aks ettirish layoqatining muqarrar oqibatidir. Insonning ijtimoiy-tarixiy faoliyati sifatida amaliyotning paydo bo'lishi bilan in’ikosning faqat odamzotga xos bo'lgan oliy, psixik shakli - ong ham paydo bo'ladi. U ijtimoiy-tarixiy subyektning predmetli qurolli xatti-harakatini tushunchalar vositasida ideal, tafakkuriy shaklda takrorlaydi.
Ong jumbog'ini hal etish ongning moddiy manbai bo'lgan bosh miya faoliyatining ilmiy tahlili bilan bog’liqdir. Bosh miya bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan 14 milliarddan ortiq neyronlardan - asab hujayralaridan - iborat murakkab funksional tizimdir. Hozirgi zamon fanida odam miyasi neyronlarining bu majmuasi qanday qilib ong va tafakkurning paydo bo'lishiga, tushunchalaming shakllanishi va yechimlar qabul qilinishi jarayonlariga, murakkab, ongli harakat qilishga, o'rganish, xotirlash, prognozlashga olib kelganligi hanuzgacha ochiq muammoligicha qolmoqda. Odamning ongi, psixikasi, tafakkuri, miyaning, umuman inson organizmining, qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy olam bilan o'zaro aloqada bo'lgan subyektning funksional integral xossasi sifatida, ya’ni subyekt obyekt tizimining fundamental xossasi sifatida mavjuddir.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling