1-Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li


Download 0.61 Mb.
bet2/18
Sana09.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1469154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Маъруза матни

2.Falsafa taraqqiyoti uzoq tarixga ega. Falsafa-ijtimoiy ongning mahsus shakli xisoblanadi. Falsafa inson bilimining eng qadimiysi va eng qiziqarlisidir. Falsafa eng qadimiy fan bo’lib, uning vujudga kelishi qadimiy quldorlik davriga borib taqaladi. Manbalar shundan dalolat beradiqi, falsafa fan sifatida dastlab Xindistonda, Xitoyda, Gretsiyada, Markaziy Osiyo mamlakatlarida shaqillangan va rivojlangan. Falsafa, uning predmeti, o’rganish ob’ekti, falsafaning muammolari olimlarni qadimdan qiziqtirib kelgan masalalar bo’lib xisoblanadi. Dastlab falsafa (filosofiya) keng ma’noda qo’llangan va fanlar, nazariy fiqirlarni ifodalagan. Turli davrlarda faylasuflar «falsafa nima xaqda baxs yuritadi ?» degan savolga javob to’ishga uringanlar.
Dastlab falsafa kishilarning xayotiy kuzatishlaridan xosil qilingan bilimlai bilan bir qatorda, ularning o’zlari, olam xaqidagi o’y-fikirlarini xam qamrab olgan.
Falsafaning mavzusi, predmeti xaqidagi fikirlar davrlar o’tishi bilan uzgarib borgan, olamni falsafiy tushunish turli tuman shakllarda ifodalangan. Fanlar, ma’naviy madaniyat taraqqiyoti falsafaga o’zining ta’sirini ko’rsatgan.
Dastlab falsafa tushunchasi «fan»ning siymosi xisoblangan va keng ma’nodagi «Fan» tarzida qo’llangan. Qadimgi Yunonistonda falsafaning predmetini aniqlashga xarakat qilingan. Fanlar klassifiqatsiyasi bunga misol bo’la oladi.
Falsafaning baxs mavzui Markaziy Osiyo o’rta asrlarda yashagan mutafakkirlarning tomonidan yoritilgan.
Abu Nosir Farobiy «falsafani borliqning moxiyati; butun mavjud narsalarning mazmuni xaqidagi mukammal va to’liq; bilim beradigan fan» deb bilgan. Mavjudod xaqidagi bilim qo’lga kiritilsa, shu xaqda ta’lim berilsa, mavjudoddan bo’lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil va xujjatlar asosida shu narsa xaqida miyada bir turli ishonch va tassarvur paydo bo’lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz...
Farobiy falsafa, falsafiy muammolarga doir ko’pgina asarlar yaratgan. Bular «Substantsiya xaqida so’z»(«Kalom doil javxar»), «Qonunlar xaqida kitob» (« Kitob doil navomis»), «Falsafa tushunchasining ma’nosi xaqida so’z.» («Kamol doil ma’nosi ism as-falsafa»), «Falsafaning keraqligi xaqidagi kitob», «Ilimlarning kelib chiqishi va tasnifi» («Ijo-al-umum») kitoblar shular jumlasidandir.
Abu Ali Ibn Sino Farobiyning fikrini davom ettirib, falsafaning vazifasi barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishini tartibi, o’zaro munosabatlari, biridan ikkinchisiga o’tishini tekshiruvchi deb biladi.
Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy qarashlari «Kitob-ash-shifo», «Donishnoma», «Tabib ilimlari qonuni», shuningdek «Risola at-Tayir» («Qunt ilmi»), «Salomat va i’sol», «Xayit Ibn Yaqson» kabi badiiy qissalarida o’z ifodasini to’gan.
Abu Abdulox Al Xorazmiy falsafa ikki qisimdan, nazariy va amaliy qisimdan iborat deb biladi. Uning fikricha nazariy falsafaga tabiat ilimlari, iloxiyat ya’ni metofizika xamda mantiq kiradi.
Umuman olganda o’rta asirlarda falsafa fanlar fani degan qarash xuqumron edi.
Faylasuflar o’z ijodlarida falsafa o’rganadigan muammolarni aniqlaganlar. Lukretsiy Karning «Narsalar tabiati to’grisidagi», risolasi, D.Brunoning «Koinotning tuganlanmasligi» to’grisidagi, P.Golhbaxning «Tabiat tizimi», Ibn Sinoning «Tib qonunlari», Gegelg’ning «Tabiat falsafasi», shular jumlasidandir. Shunday qilib falsafa avvalo tabiat falsafasi sifatida shakillandi.
Faylasuflar o’z risolarlarida jamiyatni falsafiy tahlil etdilar.
Aflotunning «Davlat», «Qonunlar», Arastuning «Siyosat», Gobening «Grajdanlik to’grisida»gi, Gegelning «Xuquq falsafasi» shular jumlasidandir.
Faylasuflar ijtimoiy xayotni o’zgartirish bilan bir qatorda qanday qilib yaxshi jamiyatga erishish mumkin? degan savolga javob izlaydilar: adolat, insonparvarlik, xaqiqat, odamiylik, ma’rifat egalarini ilgari suradilar.
Falsafaning o’rganish obg’ektlaridan biri va eng asosiysi inson hisoblanadi. Inson, uning tabiati, olamga munosabati, tili, ahloqi, inson qobiliyatlarining namoyon bo’lish shakllari faylasuflarni qiziqtirib keldi. Suqrot (qadimiy greq faylasufi) falsafani xayotni tushunish deb ta’qidlagan. Arastu, Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Dekartlarning bir qator risolalari insonni falsafiy tushunishga bagishlangan. Abu Ali ibn Sinoning «Ilmlar to’grisida», Gegelg’ning «Dunyo falsafasi» asarlari shular jumlasidandir. Umuman olganda, falsafiy muammolar doirasiga dunyo, uning tuzilishi, tabiat, jamiyat, inson, insonning jamiyatda tutgan o’rni, insonning olamni anglashi kabilar kiradi. Shuning uchun xam qadimdan kishilar «dunyo nima?», «u qanday tuzilgan?», «uning chegarasi bormi?», «nima sababdan olamda turli-tuman o’zgarishlar yuz beradi?», «jamiyat nima?», «inson jamiyatda qanday o’rin tutadi?» qabi savollarni qo’yganlar va ularga javob izlaganlar. Bu esa, o’z navbatida ikki narsani aniqlashni talab etadi:
1.Insonning olamga bo’lgan munosabati
2. O’z-o’ziga munosabati.
Insonning olamga munosabati uning olamni anglashidir, o’z-o’ziga munosabati o’zini inson sifatida anglashida namoyon bo’ladi.
Falsafaning muammolari qanday tarzda namoyon bo’lmasin, uning asosida inson anglashiladi. Shuning uchun xam biz falsafaning baxs mavzui deganda, dastavval, insonni anglamogimiz lozim: «Falsafaning vazifasi insonni moxiyatini, borliqdagi o’rnini bilish » bu esa o’z navbatida insonni borliq taraqqiyotining oliy, noyob, betakror natijasi deb qarash, xamda insonning jamiyatdagi o’rni, munosabatlarini o’rganishni taqazo qiladi.
Falsafa doirasidagi muammolarni shartli ravishda 3 guruxga bo’lish mumqin. Inson nuqtai nazarida:

  1. Olam, borliqning moxiyati to’grisida muammolar.

2.Olamning qandayligi, xossa - xususiyatlari to’g’risidagi muammolar.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling