1-mavzu: falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 106.92 Kb.
|
1. mavzu
Falsafaning strukturasi. Falsafa o‘z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va ma’naviyatni, shuningdek, sababiy bog‘lanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va ratsionallik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va serqirraligi tufayli o‘sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim bo‘limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o‘tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan to‘ldirildi.
Falsafaning asosiy masalasi strukturasida ikki tomon ajratiladi. Ruh birlamchimi yoki tabiatmi, degan savol mazkur masalaning ontologik tomonini tashkil qiladi. Dunyoni bilish imkoniyati to‘g‘risidagi masala, «inson tafakkuri dunyoni haqqoniy bilishga qodirmi, u o‘zining haqiqiy dunyo haqidagi tasavvurlarida voqelikni to‘g‘ri aks ettirishga qodirmi», degan savol falsafa asosiy masalasining gnoseologik tomonini o‘zida ifodalaydi. «Dunyo – inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi predmetli – amaliy, gnoseologik, akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil munosabatlar bilan belgilanadi. Quyidagilar falsafiy bilimning strukturasi hisoblanadi: • ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim; • gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko‘ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi; • ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta’limot; • etika – axloq haqidagi ta’limot; • aksiologiya – qadriyatlar haqidagi ta’limot; • falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta’limot va boshqalar. Falsafa ularning muhim xususiyatlari, birinchi sabablari va asoslarini aniqlashdan manfaatdor. U yoki bu munosabatni dunyoga yondashuv mezoni sifatida tanlash (masalan, dunyoga uyg‘unlik, go‘zallik, mutanosiblik nuqtai nazaridan yondashish) u yoki bu falsafiy fanni (ayni holda estetikani) belgilaydi.
Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati - falsafa insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ma’naviy madaniyatning bir qismi bo‘lib, insonning o‘zi va borliq to‘g‘risidagi bir butun dunyoqarashi tizimidan iboratdir. Falsafa inson muammosini o‘zining asosiy o‘rganish mavzusi hisoblab, uning o‘ziga, borliqqa munosabatini falsafaning bosh masalasi deb qaraydi. SHu sababli uning asosiy maqsadi ham inson manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir.Falsafa o‘z tadqiqot mavzusi sifatida insonning mohiyati, jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy munosabatlarning asoslari va sabablari, borliq, materiya, tabiat taraqqiyotining eng umumiy muammolarini o‘rganadi. Falsafa qadim davrlardan boshlab kishilarning aqliy salohiyati o‘sishida, nazariy tafakkuri qaror topishida, axloqiy kamolatida muhim rol o‘ynab kelgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda falsafa fanining o‘rni beqiyos ahamiyatga egadir. Yoshlarimizning jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirishda falsafa fanining ahamiyatini ko‘rishimiz mumkin. Download 106.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling