1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja
Download 145.15 Kb.
|
Лекция текст узб СБ ушын
Zaruriyat va tasodif. Ob`ektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat – narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta`minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa – zaruriyatning namoyon bo`lish shaklidir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta`minlaydi. Shu nuqtai nazardan, zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil qilgan elementlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyatdan kelib chiqadi hamda ob`ektiv sabablar tizimiga asoslanadi. Masalan, O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tishi tarixiy obe`ktiv zaruriyatdir, uning «o`zbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning konkret namoyon bo`lishidir. Bunda tasodif «sub`ektivlashtirilgan» jarayon sifatida ko`zga tashlansa ham, ob`ektiv hodisadir. Chunki, O`zbekistonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy rivojlanishining milliy xususiyatlari, bozor munosabatlariga o`tishning xarakterini belgilab beradi.
Zaruriyat va tasodif, kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni aniqlash va baholashga muayyan sub`ekt ehtiyojlari, manfaatlari nuqtai nazaridan yondashiladigan bo`lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi. Masalan, sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy hodisa deb baholanib, uning zaruriy, ob`ektiv qonuniy xarakteri inkor etilmoqda. Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida hech qanday imperiyaning abadiy bo`lmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak, bunda biz zaruriyatni ko`rib turibmiz. Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog`lanishi shundaki, ular bir-birisiz mavjud bo`la olmaydi, ya`ni zaruriyatning muqarrarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda tasodiflarning muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyligini inkor qiluvchi qarashlar g`ayriilmiydir. Download 145.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling