1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja


Falsafada milliylik va umuminsoniylik tamoyili


Download 145.15 Kb.
bet8/57
Sana10.12.2021
Hajmi145.15 Kb.
#179743
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
Bog'liq
Лекция текст узб СБ ушын

Falsafada milliylik va umuminsoniylik tamoyili. Albatta, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma`lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o`tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog`liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o`z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo`ladi. O`z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg`uradi, ularni o`ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs Dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o`z navbatida, umuminsoniy fan bo`lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo`ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo`lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o`ralish, milliy mahdudlik degani emas.

Lekin sizning xayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bo`lishi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o`z mohiyati bilan umuminsoniy fandir, degan ta`rif ber ildi-ku?» – degan savollar charx urishi mumkin. Bu — o`ziga xos milliy taraqqiyot yo`lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo`lgan savollardir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan qaraydigan bo`lsak, O`zbekistonda bu yo`nalishni rivojlantirish zarurati etilganini anglaymiz.

Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo`lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o`zi etnik mahdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy g`oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo`ladi, deya milliy falsafani yo’qlab chiqadi.

Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud degan fikrga o`rganib qolganmiz. Aslida, ularning barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizatsiyaga uzviy qo`shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo`ladi. Eng muhimi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.

Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, ayrim milliy falsafalarning umuminsoniy ma`naviyat xazinasiga munosib hissa bo`lib qo`shilganini ko`ramiz. Masalan, Rim impyer iyasi zavolga yuz tutganidan keyin o`z milliy davlatchiligiga ega bo`lgan YYevropa mamlakatlarida, o`rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish imkoni tug`ildi. (O`rta asr YYevropa madaniyatiga bag`ishlangan mavzuda bu haqda atroflicha fikr yuritamiz). To`g`ri, ular umumYevropa hududida, qadimgi Yunoniston va Rim madaniyati negizida shakllandi. Ularda YYevropa xalqlariga xos umumiy jihat va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon avvalo, Italiya va Angliyada, so`ngra Frantsiyada yuz ber di. Bu falsafiy maktablarning F. Bekon va R. Dekart, B. Spinoza va J.J. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o`z mamlakatlari, balki YYevropa va jahon falsafasi tarixida o`chmas nom qoldirdi. Ular, avvalambor, o`z yurti, o`z millati sha`nu sharafini yuksaklikka ko`tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg`or g`oyalarni o`rtaga tashlagan, davr taqozo etgan mafkuraning shakllanishiga hissa qo`shgan.

Xuddi shunday, XVIII-XIX asrlarda milliylik va jahon falsafasining taraqqiyotiga nihoyatda katta ta`sir ko`rsatgan hudud Prussiya bo`ldi. Uzoq vaqt Avstriya-Vengriya impyer iyasi tarkibida bo`lgan bu o`lka mustaqillikka yer ishib, milliy davlatchiligini tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy in`ikosi o`laroq I. Kant, I. Hegel, Fixte, Shelling, Feyyer bax kabi donishmandlar tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Keyinchalik bu falsafa Nichshe, Freyd kabi ko`plab faylasuflar tomonidan rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli namoyandasi hisoblangan Hegel ta`limoti esa, Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsaning o`tkinchi ekanligini nihoyatda yaxshi biladigan, yangi zamonning Arastusi nomini olgan Hegel Pruss monarxiyasining o`tkinchi ekanligini bilmasmidi? Nima sababdan u dialektik ta`limoti emas, balki monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemasining mukammalroq bo`lishi uchun ko`proq kuch sarfladi? degan savollar haligacha faylasuflarni o`ylantirib keladi.

Xo`sh, nima sababdan Hegel bu yo`ldan bordi? Chunki, Hegel o`z davrining, o`z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy davlati — Pruss monarxiyasi davrining mahsuli, o`sha davr falsafasining namoyandasi edi. U «Faylasuflar osmondan yomg`ir kabi yog`ilmaydilar yoki yomg`irdan keyingi qo`ziqorinlardek yer dan o`sib chiqmaydilar, balki ularni xalq yaratadi» deganida aynan ana shuni nazarda tutgan edi. Hegel o`z ijodi va faoliyati bilan Pruss monarxiyasi, garchand monarxiya shaklida bo`lsada, nemis davlati ekanligini o`z millatining ongi va Dunyoqarashini tarkibiy qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuf edi. Uning «Aqlga muvofiq narsalarning barchasi voqedir, voqe bo`lgan narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir», degan so`zlarini ham ana shu ma`noda tushunish lozim. Hegelning bu masalada dialektik emas, balki metafizik usulga ko`proq e`tibor ber ganligining sababi ham ana shunda.

O`sha davrgacha, Rim impyer iyasi qulaganidan keyin ko`proq tarqoq hududlarga bo`linib, Avstriya-Vengriya imspyer iyasi tarkibida yashab kelgan nemis millati uchun Pruss monarxiyasi — milliy davlat edi. Uning shakli-shamoyili kelajakda o`zgarishi boshqa masala bo`lgani holda, bu davlatning Yevropada nemis milliy davlati tarzida saqlanib qolishi, uning millat falsafasiga aylanishi bilan bog`liq edi. Millat falsafasiga, uning Dunyoqarashiga aylangan milliy davlatchilik g`oyasi hech qachon so`nmaydi, garchand yurtni yovlar asrlar davomida bosib tursalarda, qachondir baribir qad rostlaydi va millatning davlati tarzida yana qayta namoyon bo`ladi. Hegel o`z millatining falsafasi va dunyo’qashiga o`sha davlatning shakli-shamoyilini va mazmun-mohiyatini singdirib keta olgan faylasuf darajasiga ko`tarilgani uchun ham bu millat tarixida va u orqali, jahon falsafasi tarixida abadiy qoladi. Milliylik va umumYevropa madaniyatidan bahra olgan bu falsafa haligacha o`z jozibasini yo`qotmaganligining sabablaridan biri ham ana shunda.

Shunga o`xshash vazifani, o`z davrida, millatimizning asl farzandi Alishyer Navoiy ham bajargan. U ozodlikka yer ishgan millat falsafasini adabiyot falsafasiga, mustaqil davlat tilini adabiyot tiliga aylantira olgan, o`z xalqining bu sohadagi dahosi buyuk ekanligiga, nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham ishontirib keta olgan edi. Navoiy va uning zamoniga, o`sha davrga xos o`zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qayta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero, har bir xalq, avvalo, o`zining tarixidan bugungi kun uchun tashbehlar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos bo`ladigan ma`naviy tamoyil, an`ana va qadriyatlarga murojaat qiladi.

Vatanimiz mustaqillikka yer ishganidan keyin milliy falsafani shakllantirish uchun imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug` ajdodlarimiz tamal toshini qo`ygan o`zbek milliy falsafasini rivojlantirishning obektiv va sub`ektiv shart-sharoitlari mavjud. Shu bilan birga, bugungi o`zbek falsafasining rivojini ta`minlashda quyidagi jihatlar alohida o`rin tutadi:

- xalqimizning o`z milliy an`analariga sodiqligi;

- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;

- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e`tiqodi;

- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.

O`zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning echimini topishga bog`liq:

- birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g`oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko`rsatib ber ishni taqozo qiladi. O`z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo`q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;



- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma`naviy myer osdan bahramand bo`lish va ulardan ijodiy foydalanishga to`siq bo`lmoqda;

- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g`oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo`shliqni yangi g`oyalar bilan to`ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.



Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug`ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas`uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz Dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o`zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta`sir ko`rsatadi.

Dunyoqarash tushunchasi. Har bir kishining dunyoga nisbatan o`z qarashi, o`zi va o`zgalar, hayot va olam to`g`risidagi tasavvurlari, xulosalari bo`ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma`noda, Dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to`g`risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o`zining undagi o`rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir.

Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual Dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos Dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy Dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy Dunyoqarash individual Dunyoqarashlar yig`indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy Dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim.

Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o`z-o`zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo`lgan qarashlar, tushunchalar, g`oyalar shakllanadi. Bu – Dunyoqarashning o`z-o`zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni ko`pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar.

Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo`lib, ongning sodda namoyon bo`lish shakllarini ham, oqilona va sog`lom fikrlarni ham o`z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy Dunyoqarashning o`ziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta`sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o`z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglashiladi. Demak, Dunyoqarash o`zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va etarli darajada asoslanmagan stixiyali xarakter ga ega. Shuning uchun ham ko`p hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni to`g`ri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur.




Download 145.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling