1-Mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi. Reja


Download 98.47 Kb.
bet4/14
Sana22.10.2023
Hajmi98.47 Kb.
#1716409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-mavzu Sirtqi IQT

Materializm olamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot.
Idealizm — olamning asosida ruh yoki g‘oyalar (ideyalar) yota­di, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limot.
Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog‘liq masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis — bilish, logos — ta’limot) degan sohasi shug‘ullanadi. Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni — gnostiklar; olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz to‘g‘ri va aniq, haqiqat darajasiga ko‘tarila olmaydi deyuvchilarni esa — agnostiklar (yunon­cha — bilib bo‘lmaydi degan ma’noni anglatadi) deb yuritiladi.
Olamdagi o‘zgarish, rivojlanishi, umumiy aloqadorlik va taraqqiyotning qay tarzda amalga oshishi, qanday sodir bo‘lishi kabi masalalar ham falsafaning azaliy muammolari qatoriga kiradi. Falsafada ana shu mavzularga munosabat va ular bilan borliq muammolarni hal qilishga qarab farqlanadigan bir necha ta’limot, qarash, usul va metodlar bor. Dialektika, metafi­zika, sofistika, eklektika, dogmatika kabilar shular jumlasidandir. Ularning tarixi nihoyatda uzoq, bo‘lib, qadimgi Yunoniston va Rim davridan (miloddan oldingi VII — I asr) boshlanadi. Keyingi yillarda sinergetika ham falsafiy metod va ta’limot sifatida talqin etilmoqda. Falsafiy metodlar olam qonuniyatlarini tushunishga yordam beradi va bu usullardan faylasuflar o‘z tadqiqotlarini amalga oshirish yoki izlanishlarining natijalarini izohlashda foydalanadilar.
Falsafada milliylik va umuminsoiiylik tamoyili. Albatta, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma’lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o‘tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog‘liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o‘z ifodasini to­padi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo‘ladi. O‘z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg‘uradi, ularni o‘ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o‘z navbatida, umuminsoniy fan bo‘lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo‘ladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug‘ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o‘zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Download 98.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling