1-mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli


Download 79.57 Kb.
bet9/14
Sana05.11.2023
Hajmi79.57 Kb.
#1750008
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1 мавзу Фалсафа маъруза

Falsafaning strukturasi. Falsafa o‘z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va ma’naviyatni, shuningdek, sababiy bog‘lanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va ratsionallik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va serqirraligi tufayli o‘sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim bo‘limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o‘tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan to‘ldirildi.
Falsafaning asosiy masalasi strukturasida ikki tomon ajratiladi. Ruh birlamchimi yoki tabiatmi, degan savol mazkur masalaning ontologik tomonini tashkil qiladi. Dunyoni bilish imkoniyati to‘g‘risidagi masala, «inson tafakkuri dunyoni haqqoniy bilishga qodirmi, u o‘zining haqiqiy dunyo haqidagi tasavvurlarida voqelikni to‘g‘ri aks ettirishga qodirmi», degan savol falsafa asosiy masalasining gnoseologik tomonini o‘zida ifodalaydi.
«Dunyo – inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi predmetli
amaliy, gnoseologik, akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil munosabatlar bilan belgilanadi.
Quyidagilar falsafiy bilimning strukturasi hisoblanadi:
ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim;
gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko‘ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi;
ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta’limot;
etika – axloq haqidagi ta’limot;
aksiologiya – qadriyatlar haqidagi ta’limot;
falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta’limot va boshqalar.
Falsafa ularning muhim xususiyatlari, birinchi sabablari va asoslarini
aniqlashdan manfaatdor. U yoki bu munosabatni dunyoga yondashuv mezoni sifatida tanlash (masalan, dunyoga uyg‘unlik, go‘zallik, mutanosiblik nuqtai nazaridan yondashish) u yoki bu falsafiy fanni (ayni holda estetikani) belgilaydi.
Dunyoga uni bilish imkoniyatlari va qonuniyatlari nuqtai nazaridan yondashish bilish nazariyasi – gnoseologiyani vujudga keltiradi. «Inson – dunyo» tizimiga hokimiyat munosabatlari nuqtai nazaridan yondashish siyosatshunoslikning predmetini tashkil etadi. Munosabatlar o‘zagini axloqiy me’yorlar tashkil qilgan taqdirda esa tadqiqotchi etika sohasiga qadam qo‘yadi.
Shunday qilib, falsafaning asosiy masalasi strukturasi falsafaning o‘z strukturasini aks ettiradi, falsafa esa o‘z asosiy masalasining keng nazariyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, falsafaning asosiy masalasi xususida mulohaza yuritish jarayonida biz borliq nima, tafakkur nima degan savollarga turli xil javoblar olamiz. Vaqt o‘tishi bilan bu javoblar o‘z dalillar tizimi, metodologik tamoyillarini shakllantiradi va falsafiy yo‘nalishlarga aylanadi.

Download 79.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling