1-Mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati. Reja


Download 39.34 Kb.
bet5/13
Sana28.03.2023
Hajmi39.34 Kb.
#1303514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-семинар фалсафа Microsoft Word (2)

Materializm olamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot.
Idealizm — olamning asosida ruh yoki g‘oyalar (ideyalar) yota­di, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limot.
Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog‘liq masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis — bilish, logos — ta’limot) degan sohasi shug‘ullanadi. Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni — gnostiklar; olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz to‘g‘ri va aniq, haqiqat darajasiga ko‘tarila olmaydi deyuvchilarni esa — agnostiklar (yunon­cha — bilib bo‘lmaydi degan ma’noni anglatadi) deb yuritiladi.
Olamdagi o‘zgarish, rivojlanishi, umumiy aloqadorlik va taraqqiyotning qay tarzda amalga oshishi, qanday sodir bo‘lishi kabi masalalar ham falsafaning azaliy muammolari qatoriga kiradi. Falsafada ana shu mavzularga munosabat va ular bilan borliq muammolarni hal qilishga qarab farqlanadigan bir necha ta’limot, qarash, usul va metodlar bor. Dialektika, metafi­zika, sofistika, eklektika, dogmatika kabilar shular jumlasidandir. Ularning tarixi nihoyatda uzoq, bo‘lib, qadimgi YUnoniston va Rim davridan (miloddan oldingi VII — I asr) boshlanadi. Keyingi yillarda sinergetika ham falsafiy metod va ta’limot sifatida talqin etilmoqda. Falsafiy metodlar olam qonuniyatlarini tushunishga yordam beradi va bu usullardan faylasuflar o‘z tadqiqotlarini amalga oshirish yoki izlanishlarining natijalarini izohlashda foydalanadilar.
Falsafada milliylik va umuminsoiiylik tamoyili. Albatta, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma’lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o‘tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog‘liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o‘z ifodasini to­padi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo‘ladi. O‘z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg‘uradi, ularni o‘ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o‘z navbatida, umuminsoniy fan bo‘lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo‘ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo‘lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqda o‘ralish, milliy mahdudlik degani emas.
Lekin sizning hayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bo‘lishi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o‘z mohiyati bilan umuminsoniy fandir, degan ta’rif berildi-ku?» — degan savollar charx urishi mumkin. Bu — o‘ziga xos milliy taraqqiyot yo‘lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo‘lgan savollardir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga mil­liy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekistonda bu yo‘nalishni rivojlantirish zarurati etilganini anglaymiz.
Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo‘lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o‘zi etnik mahdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishning nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtamoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo‘ladi, deya milliy falsafani yoqlab chiqadi.
Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud degan fikrga o‘rganib qolganmiz. Aslida, ularning barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy stivilizastiyaga uzviy qo‘shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo‘ladi. Eng muhimi - falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.
Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ayrim milliy falsafalarning umuminsoniy ma’naviyat hazinasiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilganini ko‘ramiz. Masalan, Rim imperiyasi zavolga yuz tugganidan keyin o‘z milliy davlatchiligiga ega bo‘lgan evropa mamlakatlarida, o‘rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish imkoni tug‘iladi. (O‘rta asr evropa madaniyatiga bag‘ishlangan mavzuda bu haqda atroflicha fikr yuritamiz). Ular umumevropa hududida, qadimgi YUnoniston va Rim madaniyati negizida shakllandi. Ularda evropa xalqlariga xos umumiy jihat va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon avvalo, Italiya va Angliyada, so‘ngra Franstiyada yuz berdi. Bu falsafiy maktablarning F. Bekon va R. Dekart, B. Spinoza va J.J. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o‘z mamlakatlari, balki evropa va jahon falsafasi tarixida o‘chmas nom qoldirdi. Ular, avvalambor, o‘z yurti, o‘z millati sha’nu sharafini yuksaklikka ko‘tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun, ilg‘or g‘oyalarni o‘rtaga tashlagan, davr taqozo etgan mafkuraning shakllanishiga hissa qo‘shgan.
Хuddi shunday, XVIII-XIX asrlarda milliylik va jahon falsafasining taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatgan hudud Prussiya bo‘ldi. Uzoq, vaqt Avstriya- Vengriya imperiyasi tarkibida bo‘lgan bu o‘lka mustaqillikka erishib, milliy davlatchiligini tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsa­fiy in’ikosi o‘laroq I. Kant, V. Gegel, Fixte, SHelling, Feerbax kabi donishmandlar tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Keyinchalik bu falsafa Nitshe, Freyd kabi ko‘plab faylasuflar tomonidan rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli namoyandasi hisoblangan Hegel ta’limoti esa, Pruss monarhiyasining davlat mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsaning o‘tkinchi ekanligini nihoyatda yaxshi biladigan, yangi zamonning Arastusi nomini olgan Xegel Pruss monarxiyasining o‘tkinchi ekanligini bilmasmidi? Nima sababdan u dialektik ta’limoti emas, balki monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemasining mukammalroq bo‘lishi uchun ko‘proq kuch sarfladi? degan savollar haligacha faylasuflarni o‘ylantirib keladi.
Xo‘sh, nima sababdan Gegel bu yo‘ldan bordi? CHunki, Gegel o‘z davrining, o‘z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy davlati — Pruss monarxiyasi davrining mahsuli, o‘sha davr falsafasining namoyandasi edi. U “Faylasuflar osmondan yomg‘ir kabi yog‘ilmaydilar yoki yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinlardek erdan o‘sib chiqmaydilar, balki ularni xalq yaratadi” deganida aynan ana shuni nazarda tutgan edi. Gegel o‘z ijodi va faoliyati bilan Pruss monarxiyasi, garchand monarxiya shaklida bo‘lsada, nemis davlati ekanligini o‘z millatining ongi va dunyoqarashini tarkibiy qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuf edi. Uning “Aqlga muvofiq narsalarning barchasi voqedir, voqe bo‘lgan narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir”, degan so‘zlarini ham ana shu ma’noda tushunish lozim. Gegelning bu masalada dialektik emas, balki metafizik usulga ko‘proq e’tibor berganligining sababi ham ana shunda. O‘sha davrgacha, Rim imperiyasi qulaganidan keyin ko‘proq tarqoq hududlarga bo‘linib, Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida yashab kelgan nemis millati uchun Pruss monarxiyasi - milliy davlat edi. Uning shakli-shamoyili kelajakda o‘zgarishi boshqa masala bo‘lgani holda, bu davlatning evropada nemis milliy davlati tarzida saqlanib qolishi, uning millat falsafasiga aylanishi bilan bog‘liq edi. Millat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylangan milliy davlatchilik g‘oyasi hech qachon sunmaydi, garchand yurtni yovlar asrlar davomida bosib tursalarda, qachondir baribir qad rostlaydi va millatning davlati tar­zida yana qayta namoyon bo‘ladi. Gegel o‘z millatining falsafasi va dunyoqashiga o‘sha davlatning shakli-shamoyilini va mazmun-mohiyatini singdirib keta olgan faylasuf darajasiga ko‘tarilgani uchun ham bu millat tarixida va u orqali, jahon falsafasi tarixida abadiy qoladi. Milliylik va umumevropa madaniyatidan bahra olgan bu falsafa haligacha o‘z jozibasini yo‘qotmaganligining sabablaridan biri ham ana shunda.
SHunga o‘xshash vazifani, o‘z davrida, millatimizning asl farzandi Alisher Navoiy ham bajargan. U ozoddikka erishgan millat falsafasini adabiyot falsafasiga, mustaqil davlat tilini adabiyot tiliga aylantira olgan, o‘z xalqining bu sohodagi dahosi buyuk ekanligiga, nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham ishontirib keta olgan edi. Navoiy va uning zamoniga, o‘sha davrga xos o‘zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qayta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero, har bir xalq, avvalo, o‘zining tarixidan bugungi kun uchun tashbehlar izlaydi va ijtimoiy taraqiyoti uchun asos bo‘ladigan ma’naviy tamoyil, an’ana va qadriyatlarga murojaat qiladi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani shakllantirish uchun imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug‘ ajdodlarimiz tamal toshini qo‘ygan o‘zbek milliy falsafasini rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari mavjud. Bu borada, avvalo, Prezident Islom Karimov asarlarida O‘zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari ochib berilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Prezidentimiz falsafa oldidagi bugungi muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yo‘llariga alohida e’tibor bermoqda.
SHu bilan birga, bugungi o‘zbek falsafasining rivojini ta’minlashda qo‘yidagi jihatlar alohida o‘rin tutadi:
- xalqimizning o‘z milliy an’analariga sodiqligi;

Download 39.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling