Falsafada shubhaning roli. Yuqorida keltirilgan ikkala gnoseologik yondashuvni taqqoslash va ularga baho berishda shubha muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat o‘rinli, balki ijodiy yo‘naltirilgan har qanday bilishning zaruriy elementi hisoblanadi. Suuningdek, falsafiy mulohazalar har qanday shak-shubhadan xoli bo‘lsa, notanqidiy idrok etiladigan o‘tmish va qadimda o‘zlashtirilgan qonun-qoidalarga so‘zsiz bo‘ysunish me’yorga aylanib qolsa, bu, dogmatizm, turg‘unlik va tanazzulga eltadi.
Bunga qadimdayoq antik faylasuflar: elladalik Pirron, Arkesilay va shubhani fikrlashning asosiy tamoyili, inson bilimini esa – nisbiy deb e’lon qilgan falsafiy yo‘nalish – skeptitsizmning boshqa asoschilari e’tiborni qaratgan. Skeptitsizm haqiqatga shak-shubhasiz egalik va narsalarni to‘g‘ri tushunishga da’vogar bo‘lgan falsafiy ta’limotlar hukmronligiga munosabat sifatida vujudga keldi va shu ma’noda, ijobiy rol o‘ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |