Moddiy iqtisodiy asoslar. Istiqlol yillarida bu sohada nihoyatda katta o‘zgarish ro‘y berdi, mulkchilikning xilma- xil shakllari vujudga keldi. Iqtisodiy plyuralizm va bozor munosabatlari bunda bosh yo‘nalish qilib olingan bo‘lsada, aholini ijtimoiy himoyalash ustivor jihat sifatida belgilandi. Ana shularning barchasi mamlakatimizda ma’naviy, jumladan falsafiy yangilanish borasida ham tub o‘zgarishlarning iqtisod bilan bog‘liq asoslarini yaratish imkonini berdi.
Ijtimoiy siyosiy asoslar. Falsafaning siyosiy asoslari mustahkam bo‘lishi zarurligi tarixiy taraqqiyot jarayonida ko‘p bor isbotlangan ijtimoiy haqiqatdir.Har qanday jamiyat va mamlakatda davlat xalqning turli qatlamlari, partiyalar, milliy- etnik birliklarning ijtimoiy ongini o‘zgartira olmasa, o‘zining pirovard maqsadlarini amalga oshirishi qiyin. Bugungi kunda jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylanagan O‘zbekistonda yangi mazmun va shakldagi siyosiy tizim hamda tuzilmalar vujudga keldi. Ana shularning barchasi yangi mazmundagi falsafani shakllantirishning ijtimoiy – siyosiy asoslarini yaratish imkoniyatini ochdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |