1-mavzu: Fаn ijtimoiy-madaniy hodisa. Reja: Fan tushunchasining tahlili


Download 378.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana24.06.2023
Hajmi378.81 Kb.
#1653707
1   2
Bog'liq
1-Ma\'ruza

dunyo haqida haqiqiy, aniq bilim olish va yaratishga bo‘lgan muayyan ehtiyojiga 
javob tariqasida yuzaga kelgan va o‘z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining 
barcha jabhalari rivojlanishiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Fanga ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida qaralishi shu bilan izohlanadiki, uning 
asoslarini o‘rganish to‘g‘risida so‘z yuritilgan taqdirda bugungi kunda biz fan deb 
ataydigan hodisaning chegarasi «madaniyat» chegarasigacha kengayadi. Boshqa 
1
Qarang: Bernar Dj. Nauka v istorii obshestva. – M., 1956. – 18-b. 
2
Qarang: Xolton Dj. Chto takoe antinauka // Voprosi filosofii. 1992. №2. 
3
Qarang: Agatssi E. Moralnoe izmerenie nauki i texniki. – M., 1998. – 12-b. 


tomondan, fan o‘zining dastlabki – faoliyat va texnologiya sifatidagi talqinida 
madaniyatning birdan-bir barqaror va «haqiqiy» poydevori roliga da’vogar bo‘ladi.
Ijtimoiylik munosabatlarining o‘zi odamlarning odamlar xususidagi 
munosabatlari va odamlarning narsalar xususidagi munosabatlari sifatida 
tushuniladi. Bundan fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniy munosabatlarning 
barcha jabhalariga kirib boradi, u odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy 
negizlaridan ham, narsalarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol 
qilish bilan bog‘liq barcha faoliyat shakllaridan ham o‘rin oladi, degan xulosa kelib 
chiqadi. Hozirgi texnokratik asr qonuni shunday yangraydi: «Hamma narsa ilmiy, 
ilmiy asoslangan va ilmiy tekshirilgan bo‘lishi lozim». Fanning bunday yuksak 
maqomidan u inson hayotining barcha jabhalariga rasman faol kirib borishi kerak, 
degan xulosa kelib chiqadimi yoki, aksincha, bu fanga insoniyat hayotidagi barcha 
salbiy jarayonlar uchun mas’uliyat yuklaydimi? Bu savol ochiq qolmoqda. SHu 
narsa aniqki, fan, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida, doim jamiyatda shakllangan 
madaniy an’nalarga, qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga tayanadi.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan jamiyat mulkiga 
aylangan va ijtimoiy xotirada saqlanayotgan bilimlarni o‘zlashtirmasdan rivojlana 
olmaydi. Fanning madaniy mohiyati uning axloqiy tamoyillar va qadriyatlar bilan 
boyib borishiga sabab bo‘ladi. Fan etosining yangi imkoniyatlari intellektual va 
ijtimoiy mas’uliyat muammosi, qarorlar qabul qilishning shaxsiy jihatlari, ilmiy 
hamjamiyat va jamoadagi ma’naviy muhit muammolarida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi fanni tushuntirishning mushkulligi shu 
bilan izohlanadiki, fan o‘z epirikligidan voz kechmaydi va ijtimoiy munosabatlar 
kontekstiga butunlay singib ketmaydi. Fan, hech shubhasiz, «kommunitar (kollektiv) 
korxona»dir. Biron-bir olim o‘z hamkasblarining yutuqlariga, odamzotning umumiy 
xotirasiga tayanmasligi mumkin emas. Fan juda ko‘p odamlarning hamkorligini 
talab qiladi, u intersub’ektivdir.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan sivilizasion rivojlanish 
tipi bilan taqqoslashni nazarda tutadi. A.Toynbi taklif qilgan tasnifga ko‘ra 
sivilizasiyaning 21 tipi farqlanadi. Eng umumiy yondashuv sivilizasiyalarning ikki 
xili: an’anaviy va texnogen sivilizasiyalarni hisobga olib, umumiy sivilizasion 
farqlashni taklif qiladi. Texnogen sivilizasiyalar XV-XVII asrlarda Evropa 
mintaqasida texnogen jamiyatlar paydo bo‘lishi munosabati bilan yuzaga kelgan. 
Ayrim an’anaviy jamiyatlar texnogen jamiyatlarga qo‘shilib ketgan, ayrimlari esa, 
texnogen va an’anaviy mo‘ljallar o‘rtasida rivojlanib, aralash xususiyat kasb etgan.
Texnogen rivojlanishning madaniy matritsasi uch bosqich: oldindustrial, 
industrial va postindustrial bosqichlardan o‘tadi. Texnika va texnologiyaning 
rivojlanishi uning muhim ko‘rsatkichiga aylanadi. Rivojlanishning texnogen tipi – 
bu tabiiy muhitning jadal sur’atlarda o‘zgarishi, uning odamlar ijtimoiy 
aloqalarining faol o‘zgarishi bilan birikishidir. Texnogen sivilizasiya yuzaga 
kelganiga 300 yildan sal ko‘proq vaqt bo‘lgan. U ancha agressiv bo‘lib, ko‘pgina 
eski madaniy an’analarning halokatiga sabab bo‘ladi. Tashqi dunyo inson faoliyati 
maydoniga aylanadi. Inson o‘zgartiruvchi va zabt etuvchi faoliyatga turtki beruvchi 
markaz sifatida amal qiladi. «Kuch» tushunchasi ishtirokidagi umumiy madaniy 


munosabatlar tavsifi shundan kelib chiqadi: ishlab chiqarish kuchlari, ilmiy kuchlar, 
intellektual kuchlar va h.k. 
An’anaviy va texnogen jamiyatlarda shaxs epirikligi muammosiga nisbatan 
munosabat ham har xildir. An’anaviy jamiyatga shaxs epirikligi umuman xos emas, 
shaxs imkoniyatlarini faqat muayyan korporasiyaga mansublik orqali, korporativ 
aloqalar elementi sifatida ro‘yobga chiqarish mumkin.
Texnogen jamiyatda har xil ijtimoiy birliklar va madaniy an’analar bilan 
o‘zaro munosabatlarga kirishish imkonini beruvchi shaxs epirikligi himoya qilinadi. 
Inson faol mavjudot sifatida tushuniladi. Uning faoliyati ekstensiv bo‘lib, sirtga, 
tashqi dunyo va tabiatni bo‘ysundirish va o‘zgartirishga qaratiladi. Biroq tabiat har 
xil texnogen mashg‘ulotlar uchun tubsiz zahira bo‘lishi mumkin emas, chunki inson 
faoliyati azaldan biosfera dominanti emas, balki uning komponenti hisoblanadi.
 
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Fan nima?
2. Fan funksiyalarining o‘zaro aloqadorligi va farqi 
3. Hozirgi vaqtda fan avvalo qanday hodisa sifatida namoyon bo‘ladi? 
4. Fanning madaniy-texnologik funksiyasining mohiyati va mazmuni
nimada? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 378.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling