1-mavzu: Fаn ijtimoiy-madaniy hodisa. Reja: Fan tushunchasining tahlili
Download 378.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-Ma\'ruza
dunyo haqida haqiqiy, aniq bilim olish va yaratishga bo‘lgan muayyan ehtiyojiga
javob tariqasida yuzaga kelgan va o‘z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha jabhalari rivojlanishiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Fanga ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida qaralishi shu bilan izohlanadiki, uning asoslarini o‘rganish to‘g‘risida so‘z yuritilgan taqdirda bugungi kunda biz fan deb ataydigan hodisaning chegarasi «madaniyat» chegarasigacha kengayadi. Boshqa 1 Qarang: Bernar Dj. Nauka v istorii obshestva. – M., 1956. – 18-b. 2 Qarang: Xolton Dj. Chto takoe antinauka // Voprosi filosofii. 1992. №2. 3 Qarang: Agatssi E. Moralnoe izmerenie nauki i texniki. – M., 1998. – 12-b. tomondan, fan o‘zining dastlabki – faoliyat va texnologiya sifatidagi talqinida madaniyatning birdan-bir barqaror va «haqiqiy» poydevori roliga da’vogar bo‘ladi. Ijtimoiylik munosabatlarining o‘zi odamlarning odamlar xususidagi munosabatlari va odamlarning narsalar xususidagi munosabatlari sifatida tushuniladi. Bundan fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniy munosabatlarning barcha jabhalariga kirib boradi, u odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy negizlaridan ham, narsalarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq barcha faoliyat shakllaridan ham o‘rin oladi, degan xulosa kelib chiqadi. Hozirgi texnokratik asr qonuni shunday yangraydi: «Hamma narsa ilmiy, ilmiy asoslangan va ilmiy tekshirilgan bo‘lishi lozim». Fanning bunday yuksak maqomidan u inson hayotining barcha jabhalariga rasman faol kirib borishi kerak, degan xulosa kelib chiqadimi yoki, aksincha, bu fanga insoniyat hayotidagi barcha salbiy jarayonlar uchun mas’uliyat yuklaydimi? Bu savol ochiq qolmoqda. SHu narsa aniqki, fan, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida, doim jamiyatda shakllangan madaniy an’nalarga, qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga tayanadi. Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan jamiyat mulkiga aylangan va ijtimoiy xotirada saqlanayotgan bilimlarni o‘zlashtirmasdan rivojlana olmaydi. Fanning madaniy mohiyati uning axloqiy tamoyillar va qadriyatlar bilan boyib borishiga sabab bo‘ladi. Fan etosining yangi imkoniyatlari intellektual va ijtimoiy mas’uliyat muammosi, qarorlar qabul qilishning shaxsiy jihatlari, ilmiy hamjamiyat va jamoadagi ma’naviy muhit muammolarida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi fanni tushuntirishning mushkulligi shu bilan izohlanadiki, fan o‘z epirikligidan voz kechmaydi va ijtimoiy munosabatlar kontekstiga butunlay singib ketmaydi. Fan, hech shubhasiz, «kommunitar (kollektiv) korxona»dir. Biron-bir olim o‘z hamkasblarining yutuqlariga, odamzotning umumiy xotirasiga tayanmasligi mumkin emas. Fan juda ko‘p odamlarning hamkorligini talab qiladi, u intersub’ektivdir. Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan sivilizasion rivojlanish tipi bilan taqqoslashni nazarda tutadi. A.Toynbi taklif qilgan tasnifga ko‘ra sivilizasiyaning 21 tipi farqlanadi. Eng umumiy yondashuv sivilizasiyalarning ikki xili: an’anaviy va texnogen sivilizasiyalarni hisobga olib, umumiy sivilizasion farqlashni taklif qiladi. Texnogen sivilizasiyalar XV-XVII asrlarda Evropa mintaqasida texnogen jamiyatlar paydo bo‘lishi munosabati bilan yuzaga kelgan. Ayrim an’anaviy jamiyatlar texnogen jamiyatlarga qo‘shilib ketgan, ayrimlari esa, texnogen va an’anaviy mo‘ljallar o‘rtasida rivojlanib, aralash xususiyat kasb etgan. Texnogen rivojlanishning madaniy matritsasi uch bosqich: oldindustrial, industrial va postindustrial bosqichlardan o‘tadi. Texnika va texnologiyaning rivojlanishi uning muhim ko‘rsatkichiga aylanadi. Rivojlanishning texnogen tipi – bu tabiiy muhitning jadal sur’atlarda o‘zgarishi, uning odamlar ijtimoiy aloqalarining faol o‘zgarishi bilan birikishidir. Texnogen sivilizasiya yuzaga kelganiga 300 yildan sal ko‘proq vaqt bo‘lgan. U ancha agressiv bo‘lib, ko‘pgina eski madaniy an’analarning halokatiga sabab bo‘ladi. Tashqi dunyo inson faoliyati maydoniga aylanadi. Inson o‘zgartiruvchi va zabt etuvchi faoliyatga turtki beruvchi markaz sifatida amal qiladi. «Kuch» tushunchasi ishtirokidagi umumiy madaniy munosabatlar tavsifi shundan kelib chiqadi: ishlab chiqarish kuchlari, ilmiy kuchlar, intellektual kuchlar va h.k. An’anaviy va texnogen jamiyatlarda shaxs epirikligi muammosiga nisbatan munosabat ham har xildir. An’anaviy jamiyatga shaxs epirikligi umuman xos emas, shaxs imkoniyatlarini faqat muayyan korporasiyaga mansublik orqali, korporativ aloqalar elementi sifatida ro‘yobga chiqarish mumkin. Texnogen jamiyatda har xil ijtimoiy birliklar va madaniy an’analar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish imkonini beruvchi shaxs epirikligi himoya qilinadi. Inson faol mavjudot sifatida tushuniladi. Uning faoliyati ekstensiv bo‘lib, sirtga, tashqi dunyo va tabiatni bo‘ysundirish va o‘zgartirishga qaratiladi. Biroq tabiat har xil texnogen mashg‘ulotlar uchun tubsiz zahira bo‘lishi mumkin emas, chunki inson faoliyati azaldan biosfera dominanti emas, balki uning komponenti hisoblanadi. Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 1. Fan nima? 2. Fan funksiyalarining o‘zaro aloqadorligi va farqi 3. Hozirgi vaqtda fan avvalo qanday hodisa sifatida namoyon bo‘ladi? 4. Fanning madaniy-texnologik funksiyasining mohiyati va mazmuni nimada? Download 378.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling