1-mavzu: fan va uning paydo bo’lishi. Fanning sistema ekanligi(esse yozish) O’zbek tilining izohli lug’atida fan tushunchasi haqida quyidagicha izoh beriladi
-MAVZU: TILSHUNOSLIKNING IJTIMOIY FANLAR BILAN ALOQASI(darslik va o’quv qo’llanmalarni tahlil qilish va maruza tayyorlash)
Download 41.71 Kb.
|
M.T.Tilshun.tabiiy f
4-MAVZU: TILSHUNOSLIKNING IJTIMOIY FANLAR BILAN ALOQASI(darslik va o’quv qo’llanmalarni tahlil qilish va maruza tayyorlash)
Reja: Tilshunoslik va tarix Tilshunoslik va adabiyot Kishi o‘z tafakkur tarziga, farqlash qobiliyati va imkoniyatlariga qarab so‘zlaydi – lisoniy imkoniyatlardan foydalanadi. Bu uning bilim va madaniy saviyasiga, hayotiy ko‘nikma, tajriba va dunyoqarashiga bog‘liq. Qolaversa, har bir inson xarakteri va didi, ma'naviy olami, tafakkur ko‘lami va madaniy saviyasi, ichki ruhiy dunyosi va iste'dodi, yashash muhiti, jamiyatining taraqqiyot darajasi kabi yuzlab omillar ta'sirida turli nutqqa ega, ya'ni lisoniy imkoniyatlardan har xil daraja, saviya va maqsadda foydalanadi. Shu tufayli so‘zlovchining nutqidan uning madaniy saviyasi, ijtimoiy mavqyei, tafakkur tarzini sezish qiyin emas. Bu omilni Alisher Navoiy “Muhokamatul lug‘atayn”da alohida ta'kidlab o‘tadi. Xalqimiz ham “suratiga emas, siyratiga boq” maqolida insonning tashqi qiyofasiga emas, ichki olamiga e'tibor berish lozimligini ta'kidlaydi. Yusuf xos Hojib “Qutadg‘u bilig”ning til mohiyatiga bag‘ishlangan boblarida so‘z (til, nutq) insonning ichki olamini – saviyasi va ruhiyati, tafakkur tarzini yuzaga chiqaruvchi eng muhim vosita deb baholaydi. Xuddi shunday ta'rifni til va nutqqa – faqat XVIII va undan keyingi asrlarda yevropaning buyuk olimlari Frans Bopp, Avgust Shleyxer, Yakob Grimm, Hyerman Paul, Vilhyelm Humboldt, Karl Marks, Ferdinand de Sossyur kabilar ham takrorlashdi. Inson va til (nutq qobiliyati) kabi til va jamiyat ham ajralmasdir. Til – ijtimoiy hodisa ekan, hamisha jamiyat bilan birga rivojlanishda. Tilning davriy hamda mintaqaviy bo‘linishi va o‘zgarishi sizga dialektologiya, arealogiya, til tarixi o‘quv fanlaridan ma'lum. Lekin ayni bir jamiyatning o‘zidagi har qanday holat – hatto bir hudud va davrda jins, yosh, kasb-korga ko‘ra bo‘linishlar ham tilda o‘zini namoyon qiladi. V.A.Zveginsev fikricha, jamiyatning ijtimoiy tafovutiga ko‘ra til hodisalari 3 guruhga bo‘linadi: 1. Tillarning ijtimoiy va maxsus ishlatilishi. 2. Maxsus tillarning yaratilishi. 3. Ommaviy(milliy) tilning ijtimoiy va kasbiy farqlanishi. Bizni qurshab turgan olam sistemaviy xususiyatga ega bo‘lganidek, olamning bir uzviy qismi bo‘lgan insoniyat olami ham sistemadir. Avvalo, insoniyat olami insonlar va ularning o‘zaro munosabatidan tashkil topadi. Demak, insoniyatni tashkil etgan inson o‘zi alohida yashay olmaydi. Inson boshqa inson bilan munosabatda yashaydi. Ana shu munosabat ijtimoiy, ya'ni insonlar munosabatidan tashkil topgan muayyan jamiyatga xos munosabatlar sanaladi. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy munosabatlarni o‘rganuvchi fanlar ijtimoiy fanlar hisoblanadi. Shu bilan birgalikda ma'lum jamiyatga xos individlarning o‘ziga xos ruhiyati, badiiy-estetik olami, nutqiy xususiyati kabi jihatlari borki, bu tomonlar gumanitar fanlarning tekshirish ob'ekti sanaladi. Ijtimoiy fanlar bilan gumanitar fanlar o‘rtasida katta to‘siq, chegara mavjud emas. Ayni bir fan ham ijtimoiy va ham gumanitar fanlarga aloqador bo‘lishi mumkin. Masalan, tilshunoslik tilning aloqa vositasi sifatidagi vazifasini, ijtimoiy mohiyatini ochish bilan ijtimoiylik xususiyatiga ega bo‘lsa, muayyan individ nutqining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bilan gumanitarlik kasb etadi. Shuningdek, psixologiya ham individual shaxslar psixologiyasini o‘rganish bilan birgalikda jamiyatga xos bo‘lgan umumiy psixologiyani o‘rganadi (etnopsixologiya). Bu esa ijtimoiy fanlar bilan gumanitar fanlar o‘rtasida o‘zaro zich aloqa mavjud ekanligini, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Shu bois har ikki tarmoq umumiy holda ijtimoiy-gumanitar fanlar deb yuritiladi. Ijtimoiy fanlar tarkibiga, falsafa, mantiq, iqtisodiy nazariya, pedagogika, psixologiya, tarix adabiyot kabi bir qancha fanlar kiradi. Tilshunoslik ijtimoiy fanlar sistemasiga mansub bo‘lib, bu sistema tarkibidagi barcha fanlar bilan muayyan munosabatdadir. Til o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha hodisalar bilan qanchalik uzviy aloqada bo‘lmasin, u eng avvalo, ijtimoiy hodisadir. Chunki u jamiyatning aloqa-aralashuv ehtiyojini qondirish talabi bilan yuzaga kelgan va ana shu jamiyatning taqdiri, tarixiy taraqqiyoti, turmush tarzi, madaniyati va hokazolari bilan bog‘liq ravishda rivojlanadi. Download 41.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling