1-Mavzu: Fanni ta’rifi, mohiyati va o’qitish maqadi va vazifalari. Axborot tushunchasi va xususiyatlari Reja


Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roli


Download 0.82 Mb.
bet4/4
Sana21.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1219412
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu-1

3.Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roli
Insonlar, jamoalar va tashkilotlarning faoliyati hozirgi kunda borgan sari mavjud axborotlardan samarali foydalanishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Bunga erishish uchun avvalom bor axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va taqdim etish borasida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Turli sohalarda optimal qarorlar qabul qilish uchun katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash talab qilinadi, bu esa maxsus texnik vositalarni jalb qilmasdan hal qilib bo‘lmaydi.
Axborot hajmining ortib ketishi XX-asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Insonga axborotlar oqimi oqib kela boshlab, unga axborotlardan to‘liq holda foydalanish imkoniyalarini chegaralab qo‘ydi. Har kuni kelayotgan axborotlar oqimida oriyentir olish qiyinlashib bordi. Vujudga kelayotgan katta hajmdagi axborotlarni quyidagicha izohlash mumkin:
 ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarini aks etgan hujjat, hisobot, dissertatsiya, doklad va boshqalarning sonini keskin ortib borishi;
 inson faoliyatining turli sohalari bo‘yicha davriy nashrlar sonining doimiy ravishda ortib borishi;
 kommunikatsiyalar tizimiga o‘tkazib bo‘lmaydigan magnit lentalarida ham axborotlarning ko‘payganligi.
Yuqoridagi keltirilgan omillar asosida axborot portlashi vujudga kelib, u quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:
 axborotlarni qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha insonning chegaralangan imkoniyatlari bilan saqlanayotgan katta hajmdagi axborotlar o‘rtasida qarama-qarshilik vujudga keladi. Oldinlari bilimlar hajmi asta-sekinlik bilan o‘zgargan bo‘lsa, 1900 yilga kelib har 50-yilda, 1950 yilda esa har 10-yilda, 1970-yilga kelib har 5-yilda va 1990 yildan boshlab har yili ikki barobarga ortib bormoqda;
 axborotlarni iste’mol qiluvchilar uchun mavjud axborotlar tarkibida ortiqcha bo‘lgan axborotlar miqdori ham kattadir;
 axborotlarni tarqatish borasida ma’lum bir iqtisodiy, siyosiy va boshqa ijtimoiy to‘sqinliklar ham mavjud. Masalan, axborotning maxfiyligi tufayli turli tashkilot xodimlari ulardan foydalana olishmaydi.
Jahonda judayam katta miqdordagi axborotlarning yig‘ilganiga qaramas-dan, ulardan insonlar imkoniyatlarining chegaralanganligi uchun to‘liq foydalana olishmayapti.
Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling